— deydi 100 yoşli otaxon Anorboy Jalilov

Keksalarni qadrlaş, ularning har bir sözini hayot asosi sifatida qabul qilib, duolarini oliş  xalqimizning qon-qoniga singib ketgan qadriyatlardan hisoblanadi. “Qarisi bor uyning parisi bor” degan maqol bejiz aytilmagan. Negaki, hayotning qançalab sinovlaridan omon ötgan, taqdir zarbalaridan özini yöqotmay, maqsad manziliga yetib kelib, elning duogöyiga aylangan insonlarni, çin maʼnoda, fariştalarga qiyoslaş mumkin. 

Piru badavlat, tabarruk nuroniylarimizdan biri, joriy yilning fevral oyida asr bilan yuzlaşgan Anorboy ota Jalilovni ana şunday insonlardan biri deyiş mumkin.

Parkent tumani hokimi Elmurod Pölatov boşçiligida tuman taşkilot va idoralar mutasaddi rahbarlari, Mudofaa bölimi xodimlari va bir guruh faol nuroniylar otaxonni tabriklaş uçun ularning qutluğ xonadonida böldilar. Mehmonlar şonli hayot va mehnat yölini bosib ötib, tabarruk yoşga yetgan va  tumanning faxriga aylangan otaxonni samimiy muborakbod etar ekanlar, öz ezgu tilaklarini bildirdilar. Qizğin suhbat çoğida otaxon öz bosib ötgan şonli yillari, tarixiy şaxslar, turfa voqealarni yodga oldilar. Yoşlarga ibrat tarzida hayotiy hikoyalardan aytib berdilar.

1926 yil 12 fevralda Toşkent viloyatining Parkent tumani Nomdanak qişloğida tuğilgan Anorboy ota Jalilov qişloq maktabida 7-sinfni bitirgandan söng öqişini davom ettiriş uçun Angrenga yuboriladi. Angrenda Özbekistonning öşa vaqtlardagi rahbari Yöldoş Oxunboboyev bilan körişadi. Tirişqoq va mehnatkaş yigitçani yelkasiga qoqib, maqtab qöygani haliyam esida. Ikkinçi jahon uruşi boşlangan paytlarda voyaga yetmagan bolakaylar  front ortida zarbdorlik bilan mehnat qildilar. Albatta, ular orasida Anorboy Jalilov ham bor edi.

U 1944 yil 21 oktyabrda uruşga ketdi. 1-Belorussiya frontida bölib, mardona jang qildi. Uruş tugagandan keyin ham Germaniyaning Frankfurt şahrida qolib, xizmatini davom ettirdi. 1950 yilda Vataniga qaytib kelib, maktabda öqituvçilik qila boşlaydi. Toşkent pedagogika texnikumini sirtdan tamomlagan. Öqiş bilan bir vaqtda, boşlanğiç sinflarga ham dars bergan. 32 yillik pedagogik faoliyatidan söng 1986 yilda nafaqaga çiqqan. Nafaqa paytida ham uyda ötirib qolmadi. Kattagina boğidagi daraxtlar, xususan, anoru uzumlarni parvariş qilişga tuşdi. Çorboğida kartoşka, sabzi, şolğom kabi sabzavotlarni yetiştirar, tinim bilmay harakat qilardi.

Otaxon turmuş örtoği Zinnat momo bilan köp yillar birgalikda hayot keçirganlar. Onaxon 2013 yilda vafot etgan. Otaxonning öğli Abdulatif Abdurahmonov tuman obodonlaştiriş boşqarmasida işlaydi. Tört nafar nevara, 8 nafar evarasi bor. Hammasi hayotda öz örnini topgan.

Otaxonning fidoyi xizmatlari davlatimiz tomonidan munosib eʼtirof etilib, qator orden-medallar bilan taqdirlangan. 1945 yilda “Germaniya ustidan ğalaba”, 1967 yilda “Ğalabaning 30 yilligi” medallari, 1970 yilda “Xalq maorifi aʼloçisi” kökrak nişoni, 1984 yilda “Mehnat veterani”, 2020 yilda “Jasorat” medallari va yana qator nişonlarni misol qiliş mumkin.

Otaxon va uning oilasini mahalliy hokimiyat mutasaddilari,  “Nuroniy” jamğarmasi vakillari, mahalla faollari  muntazam yöqlab turadilar. Möʼtabar nuroniyga soğligini tiklaş uçun sanatoriylarga yöllanmalar berilib, dori-darmon vositalari bilan taʼminlab boriladi.

Anorboy ota Jalilov uzoq umr köriş sababini söraganlarga har doim şunday maslahat beradilar:

— Inson hayotda har doim nekbin bölib yaşaşi kerak. Çunki xursandçilik va xuşçaqçaqlik uzoq umr garovidir. Ovqatlanişga eʼtiborli böliş kerak, kam yesang, uzoq yaşaysan. Jismoniy harakatda faol böl, xoh mehnat bölsin, xoh oddiy harakat bölsin, farqi yöq, muhimi, töxtab qolma! Albatta, boğ yarat, çorva mollari boq. Bular ham harakat qilib turişingga asos böladi. Ham dasturxoning tökin, ham kerakli vitaminlarga töyasan.

Otaxonning bunday bebaho maslahatlarini tinglar ekanmiz, 100 yoşdan oşgan bölsalar-da, ulardagi tetiklik hamda bardamlikning asosiy sabablarini anglagandek bölamiz.

Asolat AHMADQULOVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan