Keksalarni eʼzozlaş, ularning duosini oliş, hayotiy tajribasini amalda keng tatbiq qiliş — milliy qadriyatlarimizning muhim mezoni. Qolaversa, bugungi kunda nuroniylarning ijtimoiy faolligini oşiriş, ularni qöllab-quvvatlaşga ustuvor vazifalardan biri sifatida qaralayotgani islohotlarimizning samaradaorligini oşirişda öziga xos omillardan bölmoqda.

Toşkent viloyati Çinoz tumanidagi “Çorvador” mahallasida yaşovçi 100 yoşli Salimjon ota Mirzajonov xonadonida “Uç avlod uçraşuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri taşkil etildi. Unda tuman hokimligi, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bölimi, madaniyat bölimi vakillari, 42-maktab öquvçilari iştirok etdilar.

Tadbirda tabarruk otaxonning hayot yöli, sabr-matonati, bugungi yoş avlod uçun ibrat böladigan fazilatlari alohida eʼtirof etildi.

Salimjon ota Mirzajonov 1926 yil 20 mayda Namangan viloyati Çust tumanidagi Olmos qişloğida tuğilgan. Maktabda bor-yöği 4-sinfgaça öqigan. Rözğorga yordam beriş uçun öqişni taşlab, mehnat qilişga majbur bölgan.

Keyinçalik işçi yoşlar uçun taşkil etilgan keçki maktabni işdan ajralmagan holda öqib bitiradi. 18 yoşidan boşlab, Olmos qişloğida taşkil etilgan jamoa xöjaligida traktorçi bölib işlagan. 1966 yilda Toşkent viloyati Çinoz tumaniga oilaviy köçib kelişgan. Dastlab dehqonçilik bilan şuğullanişgan, sovxozda boğ taşkil etilgandan söng otaxon boğ brigadiri lavozimida işlagan. Uzoq yillar Çinozda boğlar barpo etilişiga hissa qöşgan.  Yangi navlar yaratib, payvandlab, sara mevalar yetiştirişga asos solgan. Salimjon ota yaratgan boğlarning mevalaridan bugungaça tuman ahli bahramand bölib kelmoqda.

Otaxonning 25 nafar nabirasi, 49 nafar çevarasi, 2 nafar evarasi bor. 8 nafar farzandidan bugungi kunda uç nafari hayot. Bevaqt vafot etgan farzandlarining bolalari, nabiralarini ham öz qaramoğiga olib, heç kimdan kam qilmay qatorga qöşgan otaxon halollik har doim insonga obrö-eʼtibor, rözğoriga qut-baraka olib kelişini taʼkidlaydilar. Otaxonni ziyorat qiliş uçun mahalla faollari, faol nuroniylar, qöni-qöşnilar tez-tez kelib, duolarini olib turadilar.

Tadbirda jam bölganlarga otaxon minnatdorlik bildirar ekan, özi guvoh bölgan, boşidan ötkazgan oğir yillar haqida gapirib berdi. Bugungi dorilomon kunlarning qadriga yetiş, ona Vatanimiz ravnaqi uçun bor kuç va ğayratlarini berib işlaşlari lozimligini uqtirdi.

Uçraşuvda tuman hokimi örinbosari Ş.Nizomitdinov “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi tomonidan yuborilgan tabrikni öqib eşittirdi. Şundan söng otaxonga tuman hokimligi, “Nuroniy” jamğarmasining esdalik sovğalari topşirildi.

Darhaqiqat, hayot sinovlariga uzoq yillar doş berib, tabarruk yoşga yetgan otaxonu onaxonlarimizning har bir sözi — hikmat, har bir qadami — ibrat. Ayni haqiqatni yoş avlodga uqtiriş, bu kabi tadbirlarni mazmunli taşkil qilgan holda, avlodlar örtasidagi riştalarni yanada mustahkamlaş — barçamizning ustuvor vazifamiz.

Asolat AHMADQULOVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan