Hayotda şunday kişilar borki, ular özlarining xayrli işlari, solih amallari, pandu nasihatlari bilan doimo odamlarning hurmat-eʼtiborida bölişadi. Xorazm viloyatining Qöşköpir tumani Özbekyop qişloğidagi “Qorovul” mahallasida yaşovçi 101 yoşni qarşilagan Vapo ota Iskandarov ham ana şunday el hurmatiga erişgan nuroniylardan biridir.

— Tumanimizda 16 ming nafarga yaqin nuroniy istiqomat qiladi, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Qöşköpir tumani bölimi raisi Sultonnazar Örazmetov. — Ikki nafar 100 yoşdan oşgan nuroniy — tumanimiz faxri. “Döstlik” mahallasida umrguzaronlik qilayotgan 106 yoşni qarşilagan Bakpoşşa aya Sapoyeva hamda Vapo ota Iskandarovning mazmunli umr yöllari yoşlar uçun ibratdir.

Vapo ota Iskandarov 1925 yilda Qöşköpir tumanida tuğilib voyaga yetgan. Uning yoşlik yillari Ikkinçi jahon uruşi davriga töğri keldi. Maktabni tugallagaç, tuman harbiy komissariatidan çaqiruv qoğozi kelganida endigina 18 yoşni qarşilagan Vapo 1943 yilning mart oyida harbiy xizmatga çaqirilib, bir muddat harbiy tayyorgarlikdan ötgaç, frontga yuborildi. Ukraina, Polşada davom etgan uruşda qatnaşdi. Körsatgan jasorati uçun bir neça orden va medallar bilan taqdirlandi.

1946 yilda harbiy xizmatdan qaytgaç, 1960 yilgaça qolxoz (xöjalik)da işladi. 1960-1961 yillarda kasb-hunar bilim yurtida öqidi. Ekskavatorçilik kursini bitirgaç, uzoq yillar şu kasbda işlab, obrö-eʼtibor topdi. 1985 yilda pensiyaga çiqqan otaxon ayni paytda keksalik gaştini surmoqda.

Vapo otaning bir-biridan zukko farzandlari bobo atrofida parvona. Ayni paytda kenja farzandi Faxriddin Iskandarov xonadonida istiqomat qiladi. Kelini Marğuba Sobirova 29 yildan buyon Vapo otaning xizmatida. Otaxon 20 nafar nabira, 25 nafar evaraning suyukli bobosi. Farzandlari Bahodir uzoq yillar  Köşköpir tumanidagi 28-maktabda işlab, pensiyaga çiqdi. Farhod fermer xöjaligi rahbari, qizi Dilorom tumandagi “Amirqum” mahallasidagi maktabgaça taʼlim taşkiloti rahbari. Nargiza uy bekasi. Faxriddin Iskandarov şifokor, Urganç tuman tibbiyot birlaşmasida travmatolog bölib işlamoqda.

Hayot sinovlardan iborat. Tönğiç farzandi Sobirjonning bevaqt vafoti Vapo otaning qaddini bukib qöydi. Farzand doğini kötara olmagan Solijon aya 2020 yilda 86 yoşida omonatini topşirdi…

Köksini şoda-şoda orden va medallar bezab turgan Vapo bobo Iskandarov xonadonidan mehmonlar arimaydi. Katta hayotiy tajribaga ega bölgan otaxon uzoq-yaqindan kelganlarga özining pandu nasihatlarini beradi.

“Nuroniy” jamğarmasi Xorazm viloyati bölimidan olingan maʼlumotga köra, ayni paytda viloyatda 20 nafar 100 va undan oşgan nuroniy otaxon va onaxonlar  istiqomat qilib, ular bugun izzat-eʼtiborda. Viloyat hokimi Jörabek Rahimov, “Nuroniy” jamğarmasi Xorazm viloyati bölimi raisi  Rustam Sultonovlar vaqti-vaqti bilan uluğ yoşdagi nuroniylar huzurida bölib, ularning holida boxabar bölişmoqda.

— Prezidentimizning nuroniylarga körsatayotgan ğamxörliklaridan çeksiz minnatdormiz, — deydi Vapo otaning kenja farzandi — şifokor Faxriddin Iskandarov. — Zero, uluğlarimizning bosib ötgan umr yöllari yoşlarimiz uçun ulkan hayot dorilfununidir.

Şavkat SULTONOV,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan