Şörçilik Abduhamidovlar oilasida 40 tup pista yetiştirilmoqda
Qurğoqçil şaroitda ham yaxşi ösib-rivojlanadigan, iqtisodiy jihatdan yuqori daromad keltiruvçi va ekologik ahamiyatga ega mevali daraxt — xandonpista respublikamizning deyarli barça toğ va toğoldi hududlarida uçraydi. Ayni paytda Surxondaryo viloyatining turli tumanlarida ham ösimlik maydonlarini kengaytirişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Xususan, Şörçi tumanining “Qoqaydi” mahallasida yaşovçi Alyor Abduhamidov va Oysara Vohidova mana, 8 yildirki, öz tomorqasining 6 sotix maydonida Eron pistasining maşhur “Ahmadiy” navini parvarişlab kelmoqda. Olti yillik mehnat va sabr-toqatdan söng tomorqadagi 40 tup pista daraxti hosilga kirdi.
— Pista ekiş haqida öylaganimizda köpçilik bu işning natijasini uzoq kutişga töğri kelişini aytgandi, — deydi Oysara Vohidova. — Lekin biz tavakkal qildik va sabr bilan har bir köçatni alohida parvarişladik. Dastlabki yilda har bir daraxtdan örtaça 4-5 kilogrammdan, jami 120 kilogrammga yaqin hosil oldik. Endigi maqsadimiz — hosildorlikni yanada oşiriş va pista köçatçiligini rivojlantiriş. Mahallamizdagi yoşlarni ham uşbu mehnatga jalb etib, daromad olişlariga kömaklaşmoqçimiz. Şu bois, seleksiya işlarini olib borib, iqlimga moslaşgan ming tupdan ortiq pista köçatlarini tayyorlayapmiz.
Oilaning bu muvaffaqiyati va izlanişlari haqida jurnalist Nigina Şoyeva şunday deydi:
— Oysara Vohidova xonadonini uzoq yillardan buyon taniyman. Ularning matonati va tadbirkorlikka xos yondaşuvi hamqişloqlari orasida haqli ravişda hurmat qozongan. Pista parvarişi oson keçmaydi — u muntazam suğoriş, kasalliklardan himoya qiliş va tuproqqa alohida işlov berişni talab etadi. Bugungi kunda Oysara opaning yaşnab turgan tomorqasi va ilk hosil — oilaning maşaqqatli mehnati hamda kelajakka bölgan işonçining munosib mukofotidir. Bu xonadon tajribasi tomorqadan samarali foydalaniş va qişloq joylarda barqaror daromad manbaini yaratişning yorqin namunasi böla oladi.
Mutaxassislarning taʼkidlaşiça, keyingi yillarda aholi tomorqalari va dehqon xöjaliklarida pista yetiştirişga qiziqiş jadal ortib bormoqda. Bu bejiz emas. BMTning Oziq-ovqat va qişloq xöjaligi böyiça taşkiloti (FAO) maʼlumotlariga köra, jahon bozorida xandon pista mevasi yonğoq va bodomdan 3-4 baravar qimmat baholanadi.
Masalan, Italiyada xandon pistaning 1 tonnasi 13371 dollar, Fransiyada 10263 dollar, Turkiyada esa 10156 AQŞ dollari atrofida sotiladi. Uşbu davlatlarda yetiştirilgan mahsulot boşqa mamlakatlarnikiga qaraganda 2-3 baravar baland baholanişi ham sohaning juda katta eksport salohiyatiga ega ekanini körsatadi.
Polizdagi möʼjiza: möljal — 40 kilogrammlik oşqovoq…
Dunyoning barça qitʼasida birday sevib isteʼmol qilinadigan qovoqning foydalari va şifobaxş xususiyatlari haqida qadimda Pliniy va Abu Ali ibn Sino risolalarida batafsil yozilgan. Xitoyning qadimgi qölyozmalarida qovoq “ösimliklar malikasi” deb uluğlangan.
Qadimşunoslarning Peru, Meksika, Şimoliy Afrika va boşqa joylarda olib borgan qazilmalar asosidagi xulosalariga köra, insoniyatning qovoqdan oziq-ovqat mahsuloti sifatida foydalanib kelayotganiga uç (baʼzi manbalarda beş) ming yildan oşgan. Hosili, bandi, hatto öz-özidan qurib tuşib ketadigan guli ham şifobaxş xususiyatga ega bölgan qovoqning yuzga yaqin navi bor.
Qovoqning ana şunday möʼjizaviy mahsulot ekanligini yaxşi anglagan mirişkor dehqon — Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida istiqomat qiluvçi Xolboy ota Qurbonov öz tomorqasida parvarişlagan oşqovoqlari bilan köpçilikni hayratga solmoqda. 2022 yilda otaxon 35 kg.lik oşqovoq yetiştirib, köpçilikni hayron qoldirgandi. Endi esa…
Hozirça dehqon bobo yetiştirayotgan oşqovoqlar taxminan 32 kilogrammni taşkil qiladi. Kuz faslida pişib yetiladigan oşqovoq esa 40 kilogrammga yetsa ajab emas…
Ha, barçamiz sevib tomoşa qiladigan “Abdullajon” filmidagi ulkan qovun-tarvuzlar aks etgan maşhur sahnalar hali-hamon yodimizda. Öşa lavhalarni körar ekanmiz, “Bu hayot emas, kino-ku”, — deb özimizni ovutgandik öşanda…
Ammo hayotning özi ham baʼzan kinodan-da ajoyib möʼjizalarni yarata olişi şubhasizdir.
Mirişkor dehqon buvaga esa “Xirmonga baraka!” deb qolamiz.
Dilşoda ALIMOVA,
“Nuroniy” jamğarmasi Şörçi tumani bölimi mutaxassisi.