Mamlakatimiz böylab uzoq yillar davomida jamiyatimizning turli sohalarida fidokorona mehnat qilgan tabarruk faxriylarga “Mehnat faxriysi” kökrak nişonini topşiriş marosimlari davom etmoqda.
Bunday maʼrifiy tadbirlar faxriylarga yuksak ehtirom körsatiş bilan birga, avlodlar örtasidagi maʼnaviy riştalarni mustahkamlaşga xizmat qilmoqda. Şu bilan birga, eʼtirof va eʼzoz jamiyat yuksalişi yölida faol qatnaşayotgan nuroniylarga yangiça şijoat va ğayrat bağişlayotgani ham ayni haqiqat.
Özbekiston Prokuratura organlari tizimida uzoq yillar fidoyilik bilan xizmat qilgan faxriylarga ham “Mehnat faxriysi” kökrak nişonlari tantanali topşirildi. Boş prokuraturaning majlislar zalida bölib ötgan mazkur tantanali marosimda 1-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan Uzakov Şuhrat Şarapoviç va Açilov Ilhom Kalandaroviç, 2-darajali “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan Jörayev Eşmurod Qarşiyeviç taqdirlandilar.
Tadbirda Özbekiston Respublikasi harbiy prokurori — Boş prokuror örinbosari Qahramon Isroilov, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev, Prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi raisi Botir Kalonov hamda Prokuratura organlari faxriylari iştirok etişdi.
Tadbirdan söng “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari Şarof Ubaydullayev Prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi raisi Botir Kalonov hamda Prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş jamoatçilik markazi raisi örinbosari Ilhom Açilov hamrohligida prokuratura tarixi muzeyi bilan yaqindan tanişdi.
Mehmonga Özbekiston prokuraturasi tarixi muzeyining taşkil etiliş tarixi, ekspozitsiyalarning ilmiy konsepsiyasi hamda prokuratura organlarining köp yillik faoliyatini yorituvçi arxiv materiallari va tarixiy eksponatlar haqida maʼlumot berildi.
Mazkur muzey dastlab 2009 yilda taşkil etilgan bölsa-da, qisqa muddatdan söng öz faoliyatini töxtatgan edi. Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining 2020 yil 27 yanvardagi farmoyişi bilan prokuratura organlarining köp yillik tarixini aholiga xolis va haqqoniy tarzda yetkaziş maqsadida, muzeyni qayta taşkil etiş, uning ekspozitsiyasini boyitiş va bu borada tadqiqotlar olib borişga kirişilgan.
Özbekiston Respublikasi prokuraturasining 30 yilligi nişonlangan 2022 yilda zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan hamda nodir tarixiy eksponatlar bilan boyitilgan Özbekiston prokuraturasi tarixi muzeyi davlat muassasasi sifatida rasman faoliyat boşlagan. Muzeyning birinçi bölimida Markaziy Osiyo hududida ilk davlatlar şakllanişidan to hozirgi kungaça bölgan davrni qamrab olgan prokuratura tarixi aks etgan. Muzeyning mazkur ekspozitsiyasi 7 bölim, 36 ta stenddan iborat bölib, körgazmani yaratişda 5 mingga yaqin hujjat, 7 mingdan ortiq foto va videomateriallar, 2 mingga yaqin eksponat jamlangan.
Muzeyning “Yangi Özbekiston prokuraturasi faoliyati” nomli bölimidan sönggi yillarda davlatimiz rahbari taşabbuslari bilan prokuratura sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar, şu jumladan, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlar haqida maʼlumot beruvçi eksponatlar joy olgan.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2023 yil 31 avgust kuni “Şahidlar xotirasi” xiyobonida berilgan konseptual fikrlar va topşiriqlarni sözsiz taʼminlaş böyiça tegişli tadbirlar, 2023 yil 11 sentyabr kuni “Qatağon qurboni bölgan prokuratura organlari xodimlarining xotirasini tiklaş va abadiylaştiriş” yuzasidan Boş prokurorning 40-F-son Farmoyişi ijrosi böyiça olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida Özbekiston prokuraturasi tarixi muzeyida Qatağon qurboni bölgan prokuratura xodimlari xotirasini abadiylaştirişga bağişlangan yangi ekspozitsiya öz faoliyatini boşladi.
Muzeyning qatağon qurboni bölgan prokuratura fidoyilariga bağişlangan bölimida qatağonga uçragan prokuratura xodimlarining hayoti va faoliyatini aks ettiruvçi 20 ga yaqin stend, 30 ga yaqin maxsus mulyaj hamda zamonaviy texnologiyalar asosida aks ettirilgan ovozli-körgazmali tasvirlar mavjud. Şuningdek, muzeyda sobiq mustabid tuzum davrida turli soxta ayblovlar, tuhmat va iğvolar bilan qatağon qilingan 160 dan ortiq prokuratura xodimining taqdiri haqida tarixiy hujjatlar saqlanmoqda. Özbekiston prokuraturasi tarixi muzeyining yana bir öziga xos jihati şundaki, uning tarkibida axborot-kutubxona markazi ham taşkil etilgan.
Tomoşabinlar eng sönggi texnologiyalar yordamida yaratilgan “Adolat — hamişa ğolib” nomli prokuratura sohasi tarixiga bağişlangan mapping şou bilan tanişişadi.
Maʼrifiy tadbir yakunida muzeyning maʼnaviy-maʼrifiy ahamiyati, xususan, yoş avlodni tarixiy xotira va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaşdagi örni xususida fikr almaşildi.
Hamroxon MUSURMONOVA.