Ikkinçi jahon uruşida frontda qon keçib jang qilgan, janggohlar ortida mardona mehnat qilib, ğalabaga öz hissasini qöşgan, har qança qiyinçilik va oçlikni yengib, bugungi dorilomon kunlarga yetib kelişimiz uçun öz hissasini qöşgan har bir insondan umrbod minnatdormiz, albatta.

Şunday fidoyi kişilardan sanoqlilarigina bugungi kunda hayot, garçi yoşlari 100 dan ötgan bölsa ham, ular hamon tetik,  duogöy,  beğaraz maslahatçilarimiz bölib, yonimizda umrguzaronlik qilmoqdalar. Afsuski, vaqt ötgani sayin ularning safi siyraklaşib, borgan sari tansiqlaşib, aziz va möʼtabar ekanliklarini yanada eslatayotgandek tuyuladi. Ularni ziyorat qilişga şoşiliş, qimmatli xotiralarini tinglaş, bebaho nasihatlarini eşitişga ulgurib qoliş lozimligini tobora his qilib bormoqdamiz. Şunday tabarruk otaxonlarimizdan biri Mahmud bobo Isayevdir.

Mahmud bobo Isayev 1924 yil 1 iyulda Samarqand viloyati Narpay tumani “Ğalaba” jamoa xöjaligida tuğilgan. 1938 yilda yangi taşkil etilgan “Pobeda” kolxozida 14 yoşidan iş faoliyatini boşlagan. Ikkinçi jahon uruşi boşlangan davrlarda barça yigitlar frontga ketib, iş, asosan, yoş bolalar, ayollar, qariyalarga  qolgan edi. Keyinçalik uruşdan nogiron bölib qaytganlar ham ular safiga qöşildi. Oğir mehnat, töyib ovqat yemaslik, töyib uxlamaslik odamlarning rosmana tinkasini quritar edi. Lekin ertangi kunga bölgan işonç, umid ularni yana oyoqqa turişga undardi. Bor topgan-tutganlarini frontga jönatsalar-da, askarlarga oziq-ovqat yetmayapti, degan xabarlar kelardi tinmay… Qand lavlagi ekiş, buğdoy, arpa ekiş uçun hökizlarda omoç bilan yer haydardilar. Sillasi qurigan hökizlarga rahm qilib, özlari ham omoç tortardilar. Özlari qattiq sovuqlarda yupun kiyingan bölsalar ham issiq kiyimlarini frontga yuborardilar.

Uruş ğalaba bilan yakunlanib, oradan ikki yil ötgandan söng frontdan qaytgan jangçilar va yoş-yalanglar bilan birga, Mahmud bobo Isayev ham köngillilar safida Kattaqörğon suv omborini qazişga borganlar. Haşarçilar qoplarga tuproq töldirib, yelkasiga ortib, tepaga olib çiqqança ming maşaqqat bilan mehnat qilgan holda, suv omborini bitkazganlar. Öşa paytda suv ombori qurilişini “Ikkinçi front” deb nomlagan edilar.

Mahmud bobo partiyaga aʼzo bölganliklari uçun sʼyezdlarga deputat qilib saylanganlar. Ularning köp yillik mehnatlari munosib baholandi. Jumladan, otaxon 1984 yilda “Mehnat veterani” nişoni, 1994 yilda “Şuhrat” medali, 1995 yilda “Ğalabaning 50 yilligi”, 2025 yilda “Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi” yubiley nişonlari bilan taqdirlangan.

Otaxon bugun 6 nafar öğil, 30 dan ortiq nabira, evaralar qurşovida umrguzaronlik qilmoqda. Mahmud bobo farzandlari, nabira-yu evaralari jam bölgan damlarda  uzun va maşaqqatli umr hikoyalaridan aytib beradilar. Yoşlarga bugungi kunga şukrona keltiriş, qadriga yetişni uqtiradilar. Holidan xabar olib turadigan mahalla faollari, nuroniylar, ziyoratga kelib turuvçi insonlardan minnatdor böladilar va duolarga qöl oçadilar. El-yurtga tinçlik, xotirjamlik, xalqimizga farovonlik tilab çarçamaydilar.

Asolat AHMADQULOVA,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan