“Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” qizğin davom etmoqda

2026 yil — Mahallani rivojlantiriş va jamiyatni yuksaltiriş yili hamda Özbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan  respublikamiz böylab bir qator amaliy saʼy-harakatlar boşlab yuborilgan. Xususan, “Yagona Vatan, yagona xalq bölib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ğoyasi keng tarğib etilib, yurtdoşlarimiz bunyodkorlik, yaratuvçilik, kökalamzorlaştiriş va obodonlaştiriş kabi ezgu işlar atrofida birlaşmoqda.

Jumladan, yurtimiz mustaqilligining 35 yillik töyiga munosib tayyorgarlik köriş, bayramni kötarinki ruhda ötkaziş maqsadida “Mahallada obodlik va mehr-oqibat oyligi” qizğin davom etayotir. Öz navbatida, joylarda taşkil etilayotgan haşarda yurtimizning katta-yu kiçigi munosib faollik körsatmoqda. Bu jarayonda nuroniylarning iştirokini alohida qayd etiş joiz. Ular mamlakat böylab uyuşqoqlik bilan ötkazilayotgan obodonlaştiriş işlarining ahamiyatiga urğu berar ekan, buning ortidan yurtimiz qiyofasining yangilanişi hamda mahallalarda ahil qöşniçilik, birdamlik muhiti, şuningdek, aholi yaşaşi uçun bir qator qulayliklarning yuzaga kelayotganini xursandçilik bilan taʼkidlaşmoqda.

— Bandixon tumani “Örğilsoy” mahallasida 30 yildan beri yaşab kelyapman, — deydi surxondaryolik mehnat faxriysi Toşturdi ota Sattorov. — Oldin ayrim köçalar qişda loyga, yozda çang-tuproqqa belanib yotardi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida şu va şunga öxşaş boşqa muammolar bartaraf etilmoqda. Buning uçun hurmatli Prezidentimizga alohida minnatdorlik bildiramiz. Bu kabi ijobiy özgarişlar mahalla ahliga manzur kelmoqda, ravon, tekis köçalar bolajonlar qiyqiriği bilan tölmoqda.

Namangan viloyati Yangi Özbekistonning çiroyiga çiroy qöşayotgan hududlardan biri sanaladi. Tabiiyki, yurtimiz böylab keng quloç yozgan umummilliy harakatga mazkur vodiy aholisi ham öz hissasini qöşyapti. Viloyatning Töraqörğon tumanida oylik doirasida olib borilayotgan işlarning natijalarini yaqqol köriş mumkin. Maʼlumki, poytaxt bilan boğlaydigan temir yölning 19 kilometri uşbu tuman hududidan ötgan. Sayyohlar va boşqa mehmonlarning poyezd xizmatidan foydalanişlari hisobga olinib, yönalişda doimiy ravişda obodonlaştiriş işlari qatʼiy nazoratga olingan. Şunga qaramay, yöl çetlariga yana bir bor eʼtibor qaratilib, çiqindilarni yiğib, taşib ketiş, ariq va ariq böylarini begona ötlardan tozalaş, eskirgan paxsa devorlarni yangilaş kabi yumuşlar bajarilyapti. Haşar natijalari bir kunning özidayoq közga taşlanmoqda.

Şuningdek, köça va xonadonlarda soğlom turmuş tarzini yölga qöyiş, tozalik va ozodalikni mustahkamlaş böyiça işlar davom ettirilmoqda.

Xuddi şunday obodonlaştiriş işlari Pop tumanining “Muqimiy” mahallasida ham olib borilmoqda. Jumladan, 1800 metr piyodalar yölagi, 1600 metr zamonaviy velosiped yölakçasi, 800 metr sifatli asfalt yotqiziş işlari, mahallaning körkiga körk qöşuvçi muhtaşam arka, 43 ta tortqida 86 ta tungi yoritkiç (800 metr tarmoq), örindiqlar, yoşlar va sportsevarlar uçun zamonaviy vorkaut maydonçasi, yangi mahalla binosi, ilm-fan va kelajak maskani bölgan Öquv markazi hamda “Ayollar salomatlik markazi” qurilişi davom etayotir.

Poytaxtimizning Yunusobod tumanida mahallalar hududini tozalaş hamda mevali, manzarali daraxt, şuningdek, gul köçatlarini ötqaziş işlari jadallik bilan davom ettirilmoqda. Mahallalar qiyofasi hamda undagi ijobiy muhit Yangi Özbekistonni bunyod etişda muhim omil ekani inobatga olinsa, obodonlaştiriş va kökalamzor­laştirişning tabiat va jamiyat uçun neçoğli ahamiyatga ega ekanini anglaş mumkin.

Navoiy viloyati miqyosida mustaqillik bayramiga tayyorgarlik puxta amalga oşirilmoqda. Keksa nuroniylar boşçiligida joylarda haşarlar taşkil etilib, köçalarga fayz kirmoqda. Xususan, Navbahor tumani “Qiziloy” mahallasida ommaviy haşar taşkil qilindi va unda faol nuroniylar ham iştirok etib, mahalla islohoti, yurt tinçligi va obodligi yölida har bir mahalla, köça, xonadon ahli özida masʼuliyat va daxldorlikni his qilişi zarurligini taʼkidladi.

Şuningdek, davlatimiz mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan boşlab yuborilgan saʼy-harakatlar Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida, Qoraqalpoğistonning Beruniy, Qoraözak, Möynoq tumanlarida qizğin davom ettirilmoqda. Holat birgina Boysun misolida körib çiqilsa, haşarda 400 nafarga yaqin fuqaro faol iştirok etib, hududdagi qabristonda tozalaş, begona öt va butalarni yöqotiş, daraxtlarga şakl beriş, qabrlarni suvoqlaş, yölaklarni tartibga keltiriş hamda umumiy obodonlaştiriş işlarini amalga oşirdilar.

Hududlarda bayramga tayyorgarlik köriş maqsadida ezgu ğoya atrofida birlaşib, uyuşqoqlik bilan harakat qilayotgan yurtdoşlarimiz faolligi birdamlik va hamjihatlik namunasi bölayotir. Şuni alohida taʼkidlaş kerakki, mahallalarda hukm surayotgan tinçlik, özaro birlik hamda ahil qöşniçilik munosabatlari uzoq yillik saʼy-harakatlar, xalqimiz irodasining natijasi bölib, mustaqillik arafasida boşlab yuborilgan ezgu va xayrli işlar misolida öz aksini topmoqda.

Suğdiyona Sobirova,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan