Yurtimizda yuz bilan yuzlaşib, tobora tabarruklaşib, xalqimizning fayzu fariştasiga aylangan nuroniylarimiz köpçilikni taşkil qiladi. Ularning oltinga teng ögitlari-yu duolari bugun barçamizning yöllarimizni bamisoli quyoşdek yoritib kelmoqda, desak aslo mubolağa qilmagan bölamiz.
Ana şunday yurtdoşlarimizdan biri bugungi kunda özining tabarruk 100 yoşini nişonlayotgan Jöra bobo Abdimurodov 1926 yilda Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida tavallud topgan. 14 yoşida maktabning 7-sinfini tugatib, kolxozda aravakaşlik qilgan bolakay aslo mehnatdan qoçmadi. Ğalla örilgan paytda buğdoyni omborga, paxta terimida esa hosilni zavodga taşidi. Yugurib-yelib, arava haydab yurgan kunlari yomon xabar keldi: Uruş! Sobiq Ittifoq sarhadlariga faşistlar bostirib kirdi. Şum xabar odamlarni qattiq qayğuga solib qöydi. Birin-ketin hammayoqni töldirib yurgan yigitlar, erkaklar frontga ketdilar. Işlar, asosan, yoş-yalanglaru keksalarga qoldi. Oldinlari havas uçun yugurib-yelib işlagan qahramonimiz endi masʼuliyatni his qilib işlardi. Endi jangga ketgan akalaru otalar uçun ham işlaşi kerakligini his qildi.
Ikkinçi jahon uruşi davrida front ortida xizmat qilgan, uruşdan keyin ham tiklaniş davrida boşi mehnatdan çiqmagan Jöra Abdimurodov 1955 yilda turmuş qurdi. Rafiqasi bilan birga 4 nafar öğil, 3 nafar qiz farzandlarni voyaga yetkazdi. Bugungi kunda farzandlari ham nafaqa yoşida bölib, keksalik gaştini surmoqdalar. Boboning 32 nevara, 38 çevarasi hamda 10 nafar evarasi bor.
Jöra bobo uruş yillari, uruşdan keyingi tiklaniş vaqtida, tinçlik-tökinlik zamonida ham halol mehnat qilib, barçaga örnak böldi. Otaxon 9 may — Xotira va qadrlaş kunida Mudofaa vazirligi tomonidan “Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 80 yilligi” esdalik yubiley medali bilan taqdirlangan.
Fidoyi bobo hozirgi kunda Surxondaryo viloyati Şörçi tumanidagi “Kakan” MFY Şotörayev köçasi 43-uyda istiqomat qiladi. Mahallasi, özi yaşab turgan hududda obrö-eʼtiborga, hurmatga ega nuroniy sifatida eʼzozlanib keladi.
Bugun otaxonni yöqlab keluvçilar köp. Otaxon ularni duo qilar ekan, bugungi tinç va farovon kunlar uçun Yaratganga şukronalar aytib, davlatimiz rahbariga ulkan minnatdorlik bildiradi. Öz navbatida, kaftlarini nurli duolarga oçib, yurtimizda bugungidek dorilomonlik abadiy bölişini tilaydi.
Asolat AHMADQULOVA.