Muborak Ramazon oyida yoshi ulug' nuroniylarimizni yo'qlash, ularning fayzli suhbatlaridan bahramand bo'lish, oltinga teng duolarini olish barchamizga ko'ngil xotirjamligini bag'ishlaydi.

Hozirda yurtimizda ana shunday yo'qlov, ziyorat tadbirlarining amalga oshirilayotganligi elimiz o'rtasida mehr-oqibat, bag'rikenglik, saxovat tuyg'ularini yanada mustahkamlamoqda.

Namangan viloyatining Pop tumanidagi “O'rta Xonabod” mahallasida yashovchi 103 bahorni qarshilagan Qunduzoy aya Boltaboyeva, Chodak hududi, “Istiqlol” MFYda yashovchi 102 yoshni qarshilagan Mo''tabarxon aya Buzrukovani tuman ahli yaxshi taniydi. Bu ikki nuroniy onaxon uzoq yillar yurtimiz manfaatlari yo'lida fidoyi mehnat qilgan bo'lib, hozirda keksalik gashtini surmoqdalar.

Tuman hokimligi rahbariyati, “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi  mutasaddilari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ikki onaxonning xonadonlarida bo'lib, ularning holidan xabar olishdi va bayram munosabati bilan viloyat hokimi tabrigini yetkazishdi.

O'z muxbirimiz.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan