yoxud buvijonim haqida xotiralarim…
Muhabbat hoji buvimizning olamdan ötganlariga 4 yil böladi. Aslida ular eng katta ammam, ammo biz uçun buvimizdek mehribonimiz edi. Hammamizning kamol topişimizda buvimning aslo örnini töldirib bölmaydigan mehr-muhabbatlari bor edi.
Boş farzand bölganligi uçun ota-onadan keyin butun masʼuliyat Muhabbatxon buvimning zimmasiga tuşgan. Ota-onadan ayrilgani yetmaganday, yakka-yu yolğiz farzandi, közining nuri, qalbining qöri — öğlidan judo bölgan buvim garçi taqdirning beşafqat gurzisidan bir muddat esankirasa-da, huşini yöqotmadi, tezda özini qölga oldi. Yetmagandek turmuşi ham köngildagidek keçmadi.
Turmuş tarozisining pallasi baribir ota-onasiz qolgan, katta opasiga suyangan va unga umid, işonç közlari bilan boqib turgan jigarlari sari bosdi. Axir, ukalari, singillarini joy-joyiga qöyişi kerak edi. Ukalari-yu singillariga ham ota, ham ona bölib qolgan buvim qariyb qirq yil öqituvçilik qildi.
Bu yillar davomida taqdir buvimni kuçli sinov bilan imtihon qilgandi. Xayrullaxon ismli bitta-yu bitta öğli bölib, nihoyatda kelişgan yigit edi. Karate bilan şuğullanar epçil, çapdast, haqiqiy sportçi kamtar, samimiy, döstlariga, yaqinlariga jonini beradigan mard öğlon edi rahmatli. Yaratgan egam uni ayni kuçga tölgan, navqiron vaqtida huzuriga çorlab oldi. Jarohati oqibatida kelgan dard sabab bu yoruğ dunyoni tark etdi…
Jigarbandini tupoqqa topşirgan buvim bor irodasini jamlab, özini yaqinlari va el-yurtning xizmatiga baxş etdi. Pensiyaga çiqqanda ham yoş avlod taʼlim-tarbiyasiga masʼullikni tark etmadi. “Men neça yil öqituvçilik qildim, böldi, şu işlarimning özi ham yetadi”, demasdan mahalla-köyning, yurtning vijdoniga aylanib bordi. Qurʼon va Hadis ilmi saboqlarini oldi. Buvimni qişloqning otinoyisi etib tayinlaşdi. Avval oilada, keyinroq yaqinlarning issiq-sovuq maʼrakalarida aholiga, yoşlarga, ayniqsa, xotin-qizlarga ilm-maʼrifat saboğini örgatadigan buvimni sörab keladigan, ilmidan, ziyosidan foydalanib, duosini oladigan insonlar köpaydi.
Buvimning alohida xonasi bor edi. Yoruğ va şinam bölib, undan özgaça bir nur taralib turardi. Uzun xontaxta. Uning atrofida gulli körpaçalar solingan. Devorlarga qizil baxmal yostiqlar suyab qöyilgan. Xontaxta ustidagi vazalarga yonğoq, pista, mayizdan tortib, barça mevalar solingan, mehmonlar uçun muntazir turardi. Bu xonadan keça-kunduz mehmon arimasdi. Kim buvimdan maslahat, kim esa duo olgani kelardi…
Siymosida özgalar, ayniqsa, jigarlari uçun borini fido qilgan jafokaş ona, opa siymosini köraman. Keçagiday esimda. Bir kuni mahalla masjididan: “Hajga sizning navbatingiz keldi, harakatingizni qilsangiz böladi!” deyişganiga guvoh böldim. Buvim öyçan, xuddi tönğiç bolasiga söylaganday gapirdilar:
— Bolam, körib turibsan. Dadang kenja ukam bölişiga qaramay, xuddi bolamday katta böldi. Onamning mehriga, otamning diydoriga töymadi. Bolam, bötam, qilib katta qildim uni. Endi u buyrak operatsiyasini boşidan ötkazişi kerak. Ukam mana şunday holatda turganda, men qanday qilib Hajga bora olaman? Yaxşisi, ana şu yiqqan pulimni ukamning operatsiyasiga sarflayman…
Şunday böldi. Buvim hajga boriş uçun yiqqan pulini dadamning operatsiyasiga sarfladi. Yillar ötdi. Yana şunday imkon keldi. Bir kuni uyga masjidning muazzini Murodjon hoji aka keldi. U ham buvimga öğil tutingan, duolarini olgan baxtiyor farzandlardan biri edi. Qarangki, u ham buvimizni Haj ibodatiga borişlarini duolarida sörab yurgan ekan. Avvalo, Allohning marhamati va şu insonning taşabbusi bilan buvimiz davlatimiz tomonidan imtiyozli ravişda umra ziyoratiga boradigan böldilar. Öşanda buvimning yuz-közlaridagi quvonçni körsangiz edi. Men bu holatni mohir yozuvçi yoki musavvir bölgan taqdirimda ham tasvirlab berolmagan bölardim. Şu tariqa buvimizni umra ziyoratiga kuzatdik. Buvim ziyoratdan yanada nurga tölib qaytdilar.
Ertalab işga ketayotganimda, buvimning mayin ovozda qurʼon öqiyotgan ovozlarini eşitaman. Ketişga hozirlangan biz, nevaralarni, asta qiroatdan töxtab, duo qiladilar “Pullaring bormi?” deb söraydilar. Biz esa pulimiz bölsa ham, bersalar olaveramiz, çunki buvimizniki — tabarruk. Sözga çeçan kenjatoyimiz Saidaʼzamxon esa baʼzan puli tugab qolsa, erkalanib söz öyini qiladi: “Buvijon, “mehr” kerak!”. Buvimiz kuladilar-da, ukamning peşonasidan öpadilar va “Mehr ham bor bölsin-da”, deb qöyadilar.
Işdan keç qaytgan vaqtimda, hatto uzun tunlari ham buvim uxlamas, keçalarni bedor ötkazib, qurʼon tilovatida, ibodatda, duoda bölardilar. Buvim nafaqat farzandu nabiralari, balki butun yurtimiz, zaminimizga tinçlik-omonlik, insonlarga baxtu saodat sörardilar.
Daryo suvining çanqoğini undan uzoqlaşganingda bilarkansan. Biz ham buvimizning hayotligida ularning bağrida erkalanib, mehridan yaşnab, göyoki ular ölmaydilar, har doim biz bilan birga, deb yurarkanmiz. Qandli diabet dardi oxiri buvimizni yiqitdi. Buvimiz bu vaqtda Qurʼoni karimni neçançi martadir xatm qilib, tugallaş arafasida edilar…
Hoji buvimiz olamdan ötganlarida hovliga odam siğmadi, janozaga jam bölganlar köçalarga ham çiqib ketdi. Şunda bildimki, buvimiz bitta bizga emas, butun Xalqobod qişloği, butun Yangiyöl tumaniga ona-yu buvi ekanlar.
Qişloğu tumanda buvimizning şogirdlari son-sanoqsiz, ular hamişa ustozlari haqiga duoi salom yöllaydilar. Tumandagi köplab otinoyilar, nuroniy onaxonlar Muhabbat hoji buvimizning şogirdlari, heç bölmasa, bir marta beğaraz dakkisi-yu daşnomlarini eşitganlar, desak, xato qilmagan bölamiz.
Buvimni eslasam nur taralib, kulib turgan çehralari köz oldimga keladi. Ular toza qalb bilan, hammaga yaxşiliklar ilinib yaşadilar. Ularning hikmatga töla saboqlari, ibratli ögitlari bilan umrimiz ziynatli ötmoqda.
Said KAMOL,
Yangiyöl tumani.