Özbekistonda xizmat körsatgan iqtisodçi Töraqul Yöldoşev
hayot bölganida 90 yoşga tölar edi
Şunday insonlar borki, ular el-yurt farovonligini taʼminlaş va mamlakat rivojini mustahkamlaş yölida sidqidildan xizmat qiladi. Özbekistonda xizmat körsatgan iqtisodçi Töraqul Yöldoşev ham şunday insonlardan biri edi.
U ötkir zehni, notiqlik mahorati, yuksak taşkilotçilik qobiliyati va odamlarni ezgu maqsadlar yölida birlaştira oliş salohiyati bilan boşqalardan ajralib turardi. Taniqli davlat arbobi Şarof Raşidov atrofida şakllangan rahbarlar va şogirdlar orasida Töraqul Yöldoşevning ham alohida örni bor edi.
Men uçun haqiqiy ustoz bölgan bu fidoyi inson şogirdlarining yutuqlaridan çin dildan quvonar, xatolarimizni körsatib, töğri yölga boşlar, nohaq tuhmatlar va asossiz ayblovlarga qarşi qatʼiy himoya qilardi. Yaşirib nima qildim, Töraqul akaning nomi tilga olinganda, köz oldimda, avvalo, halollikni hayot mezoni deb bilgan, Vatan va xalq manfaatini hamişa ustun qöygan, odamlarga mehr-oqibat bilan munosabatda bölgan, kasbiga sadoqat bilan xizmat qilgan inson gavdalanadi. Bu inson yuzlab iqtidorli kadrlarni kaşf etiş, tarbiyalaş, hayotiy tajribasini ular uçun safarbar qilişda sobitqadam böldi.
Yaxşi eslayman, Töraqul aka 25 yoşida Iştixon tumanidagi oğir iqtisodiy ahvolga tuşib qolgan sobiq “Kuybişev” nomli jamoa xöjaligini boşqarib, qisqa fursatda oyoqqa turgizgan edi. Uning şijoati va taşabbuskorligi el orasida eʼtirof etilib, xizmat pillapoyalaridan jadal kötarildi: tuman va viloyat qişloq xöjaligi boşqarmalariga rahbarlik qildi, Samarqand viloyati rejalaş komissiyasi raisi böldi. 1975 yilda viloyat qişloq xöjaligida erişilgan yuksak natijalar, yangiça tajribalarni amaliyotga dadil joriy etgani va taşkilotçiligi uçun unga “Özbekistonda xizmat körsatgan iqtisodçi” unvoni berildi.
1977 yil oxirida Töraqul Yöldoşev Paxtaçi tumanining birinçi rahbari, Mehnat Qahramoni Zulayho Norqulova bilan televideniyeda makkajöxoriçilikni rivojlantiriş tajribalari haqidagi körsatuvda qatnaşib, öz fikrlarini bildiradi. Uşbu körsatuvni Şarof Raşidov körib, uni Qişloq xöjaligi vazirining iqtisodiyot böyiça örinbosari etib tayinlaydi. Bir yildan söng esa Markazqöm qişloq xöjaligi bölimi mudiri örinbosari vazifasiga ötkazadi.
Viloyat qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği bölganida, Kattaqörğon va Jomboydagi majmualarda çorva mollari topşirişda tarozidan uriş kabi qallobliklarni foş etdi. Masala viloyat partiya qömitasi byurosida muhokama qilinib, aybdorlar qattiq jazolandi. Markazqömda işlagan yillarida ham köplab telekörsatuvlarda dolzarb mavzularni kötarib çiqdi. 1985 yildan boşlab u 5 yil davomida Özbekistonning sobiq ittifoq Vazirlar Kengaşi huzuridagi doimiy vakili bölib işladi. Bu uning faoliyatidagi eng masʼuliyatli va qaltis davr edi.
“Paxta işi” avj olgan, xalqimiz şaʼniga tuhmatlar yoğdirilgan öşa oğir yillarda u Moskvada Özbekiston manfaatlarini qatʼiy himoya qildi. Bir vaqtning özida sirtdan aspiranturada öqib, 1986 yili Kiyevda ilmiy işini himoya qildi va iqtisod fanlari nomzodi böldi. 1989 yil noyabrida u Iştixon tumaniga birinçi rahbar etib tayinlandi. Bu davrda tumandagi 18 ta xöjalik qarzga botgan, ijtimoiy-maʼnaviy muhit va millatlararo munosabatlar izdan çiqqan edi. Töraqul aka 200 ga yaqin qişloqni aylanib, aholi bilan oçiq muloqotlar ötkazdi va aniq çora-tadbirlar dasturini tuzdi. Rahbarlikka önlab halol, taşkilotçi yoşlarni olib keldi va keyinçalik masʼuliyatli kadrlar bölib yetişişida ularga ustozlik qildi.
Agrotexnik tadbirlar öz vaqtida bajarilib, Namangandan hosildor “S90-45” paxta navi olib kelindi. Esimda, ustozning özi raislar va agronomlarni boşlab, dalalarni şaxsan körikdan ötkazar edi. Natijada 1990 yilda tuman respublikada birinçilardan bölib paxta rejasini bajardi. Hosildorlik 25 sentner örniga 32 sentnerni taşkil etdi, rejadan taşqari 6 ming tonna paxta yetiştirildi. Rejadan ortgan mahsulot xöjaliklar ixtiyorida qoldirilgaç, maxsus assotsiatsiya tuzildi. U orqali Vengriyaga pilla, xorijga paxta tolasi sotildi. Litvada 500 tonna tola qayta işlanib, 1,5 mln. metr gazlama va kiyim-keçak olib kelindi hamda dala mehnatkaşlariga tarqatildi. Çigitni qayta işlaş orqali har bir işçiga 100 kilogrammdan yoğ berildi, tuşgan daromadning bir qismi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga ajratilib, qolgani mukofot puli sifatida tarqatildi.
Töraqul Yöldoşev rahbarligida uç yil içida qişloqlarning 75 foiziga tabiiy gaz tortildi, toza içimlik suvi tarmoqlari va Metan daştidagi 5,5 ming gektar maydonda uzumzorlar barpo etildi. Bu uzumzorlar bugungi kunda ham aholi uçun asosiy daromad manbalaridan biridir.
Töraqul aka mard, adolatparvar va odamlar fikrini qadrlaydigan rahbar edi. 1991 yil avgustida paxta dalalarini defolyatsiya qiliş böyiça ötkazilgan seminarda Alişer Navoiy nomidagi jamoa xöjaligi raisi sifatida paxta hali pişmaganini aytib, defolyatsiya qilişga qarşi çiqdim. Hamma menga tanbeh berilişini kutgan edi. Ammo ustoz ertasi kuni dalalarni şaxsan közdan keçirgaç, barça masʼullarni yiğib: “Donoqulning ota-bobosiga rahmat. Agar u haqiqiy ahvolni aytmaganida, hosilni boy berardik”, dedi va defolyatsiyani töxtatdi. Bu voqea ustozning iş manfaatini hamma narsadan ustun qöyişini yana bir bor isbotladi.
“Asl aynamas, oltin zanglamas” deydilar. Jamiyatimizda uçrab turadigan körolmaslik va hasadgöylik kabi illatlar, afsuski, ustoz hayotini ham çetlab ötmadi. Uning şaʼniga tinimsiz iğvo va tuhmatlar yoğdirildi, biroq Töraqul aka mustahkam irodasi va sabr-bardoşi bilan bulardan yoruğ yuz bilan ötdi. 1994 yilda tuman hokimi lavozimidan ozod qilingan bölsa-da, el-yurt qalbidagi “haqiqiy rahbar” degan yuksak maqomini heç kim tortib ololmadi.
Vaqtlar ötdi. Muhtaram Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda Inson qadri uluğlanişi tufayli Töraqul Yöldoşev nomi ham poygakdan yana törga kötarildi. Bugungi kunda uning xotirasiga ham yuksak hurmat-ehtirom körsatilmoqda.
Töraqul aka turmuş örtoği Anora ona bilan farzandlarini munosib tarbiyaladi. Bugun ular turli sohalarda sidqidildan mehnat qilib, ota nomini va xonadon şaʼnini oqlayapti.
Maʼlumotlarga köra, ustoz mustabid tuzum davrida xarobaga aylantirilgan Iştixondagi “Oqqörğon” masjidini turli qarşiliklarga qaramay, maşaqqat bilan poydevoridan qayta tikladi. Guvohlarning aytişiça, quriliş tugaguniga qadar turmuş örtoği bilan masjid hovlisidagi qayrağoç tagida yaşab, bino bitgaç, uni davlat röyxatidan ötkaziş va munosib imom-xatib tayinlaş uçun fidoyilik körsatdi.
Şuningdek, özi tuğilgan qişloğidagi ota-onasi va ajdodlari yotgan qadimiy qabristonni obod qildi, atrofini örab, darvoza örnatdi. El uçun tibbiy punkt qurib berdi, kam taʼminlangan oilalar farzandlarining sunnat töylarini ötkazib, köplab insonlarni iş bilan taʼminladi. Eng muhimi, Töraqul ota qilgan bu ezguliklarini heç qaçon minnat qilmas edi. U şunday ibratli umr yölini bosib ötdi…
Donoqul TOŞBOYEV,
“Nuroniy” jamğarmasi
Samarqand viloyati bölimi
raisi örinbosari.