Yurtimizda davlat va jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qöşgan marhum insonlar xotirasiga ehtirom körsatiş ezgu qadriyatlarimizdan biri sanaladi. Şu maʼnoda, “Mehnat faxriysi” kökrak nişoni bilan taqdirlanganlar safida taniqli jurnalist, şoir va tarjimon marhum Karim Bahriyevning ham borligi yurtimiz jamoatçiligini behad quvontirdi. Boisi, uşbu eʼtirof isteʼdodli ijodkorning milliy matbuotimiz, adabiyotimiz va tarjima sanʼati rivojiga qöşgan ulkan hissasiga berilgan munosib bahodir.

Maʼlumot örnida keltiriş joiz, Karim Bahriyev 1962 yil 15 iyulda Samarqand viloyati Urgut tumanining Ğös qişloğida tuğilgan. Samarqand davlat universiteti hamda Moskva davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan. Turfa qirrali ijodkor va jamoat arbobi sifatida u 1990 yildan 1995 yilgaça Özbekiston Oliy Kengaşining XII çaqiriq deputati bölib faoliyat yuritdi. Keyinçalik Oliy sudning “Xöjalik va huquq” hamda “Migratsiya va xavfsizlik” jurnallarining boş muharriri, “Oltin meros” xalqaro xayriya jamğarmasining “Meros-nyus” axborot xizmati rahbari, Jurnalistlar uyuşmasi jamoatçilik kengaşi raisi lavozimlarida samarali mehnat qildi.

Bundan taşqari, “Özbekiston adabiyoti va sanʼati”, “Maʼrifat” gazetalarida, “Jahon adabiyoti” va boşqa yetakçi bosma naşrlarda jonbozlik körsatdi. Yurtimizda demokratik tamoyillarni qaror toptirişda muhim örin tutgan “Hurriyat” gazetasining taşkil etilişi va şakllanişiga uning ilk boş muharriri sifatida katta hissa qöşdi. Yozuvçilar uyuşmasi va Özbekiston Jurnalistlar uyuşmasi aʼzosi bölgan Karim Bahriyev umrining sönggi yillarida Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Media huquqi va etikasi kafedrasi öqituvçisi sifatida yoş kadrlarga ustozlik qildi.

Ijodkordan boy va rangba-rang adabiy hamda ilmiy meros qoldi. U “Sabr kosasining siniqlari”, “Tomçidil”, “Toqat” şeʼriy kitoblari, şuningdek, “Demokratiya va inson huquqlari”, “Jurnalistning huquqlari, majburiyatlari va masʼuliyati”, “Ommaviy axborot vositalari faoliyatining huquqiy asoslari”, “Haqiqat talabgorimiz” nomli ilmiy-ommabop asarlar muallifidir. Uning “OAV va saylovlar” (“SMI i vыborы”) qöllanmasi özbek, rus va ingliz tillarida çop etilgan “Söz erkinligi haqida söz” siyosiy-ijtimoiy kitobi, “Media huquqi” darsligi hamda “OAV qonunçiligidan 100 savolga 100 javob” qöllanmasi soha mutaxassislari uçun muhim manbaga aylandi. Muallifning “Betoqat” kitobida iqtisodiyot, adabiyot, jurnalistika, jamiyat va madaniyat mavzularidagi ötkir maqolalari jamlangan bölib, ularda milliy mafkura, umuminsoniy qadriyatlar, raqamli iqtisodiyot, korrupsiyaga qarşi kuraş, söz erkinligi va til siyosati masalalari teran tahlil etilgan.

Karim Bahriyev özbek tarjima maktabini yuksak bosqiçga kötargan yirik tarjimon edi. U Seneka, Platon, Volter, Monten, Paskal, Vovenarg, Laroşfuko, Labryuyer kabi jahon faylasuflarining asarlarini ona tilimizga mahorat bilan ögirdi. Genri Fordning “Mening hayotim”, Jorj Oruellning “1984” va “Molxona”, Malkolm Gladvellning “Zukkolar va landovurlar”, Svetlana Aleksiyeviçning “Çernobil tavallosi”, Abdurahmon Avtorxanovning “Kreml qirolligi” asarlarini, şuningdek, Çingiz Aytmatov, Dino Butssati, Jovanni Papini, Korrado Alvaro va Marçello Venturi ijodidan namunalarni özbek kitobxoniga tuhfa etdi. Uyğur şoiri Temur Davomatning, ozarbayjonlik maşhur ijodkor Ramiz Ravşanning şeʼr va dostonlarini yuksak did bilan tarjima qildi.

Adibning uç jildlik “Dunyo şeʼriyati” antologiyasida dunyoning 144 mamlakatidan qariyb 500 nafar şoirning asarlari jamlangan bölib, bu özbek madaniyati tarixida misli körilmagan voqea böldi. Uning maşaqqatli tarjima mehnati mahsullari “Turkiy adabiyot durdonalari” 100 jildligining beşta jildidan hamda “Rus adabiyoti durdonalari” 100 jildligining uçta jildidan munosib örin oldi. Karim Bahriyevning yorqin xotirasi, u qoldirgan ulkan maʼnaviy xazina va milliy matbuotimiz rivoji yölidagi xizmatlari el-yurtimiz qalbida mangu yaşaydi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan