Taniqli tarixçi olim Sulaymon Inoyatovni xotirlab…

Inson hayotida yillar şunçaki vaqt ölçovi emas, balki qalbga muhrlangan xotiralar silsilasidir. Tarix fanlari doktori, professor Sulaymon Inoyatov bilan keçirilgan oltmiş tört yil ana şunday maʼnoli va barakali umr yöli böldi. Bu yillar oilamiz uçun nafaqat turmuş, balki maʼrifat va insonparvarlik maktabi ham edi. U kişi bilan bosib ötilgan har bir kun bugun xotiralarimda nurli bir sahifa bölib yaşamoqda.

Sulaymon Inoyatov 1938 yil 12 mart kuni Şexon qişloğida Inoyatxöja Atoullayev (1890-1987) va Supiya Inoyatova (1900-1983) oilasida tuğilgan. Oilaning kelib çiqişi Buxorodagi maşhur Xöjayevlar sulolasiga borib taqaladi.

Maktab taʼlimidan söng 1956-1961 yillarda Buxoro davlat pedagogika institutida tarix-filologiya fakultetini tamomlagan. 1966-1969 yillarda Alişer Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti aspiranturasida öqib, 1969 yil 9 oktyabrda Toşkent davlat universiteti tarix fakultetidagi Ilmiy kengaşda tarix fanlari nomzodi ilmiy darajasini oliş uçun dissertatsiya yoqlagan.

Umr yöldoşim yuksak aql-zakovat sohibi edilar. Ularning fikrlaş tarzi, mulohazalari va hayotga munosabati atrofdagilarni ham öylaşga, izlanişga undardi. Nozik didli, kamtar va bağrikeng inson sifatida el orasida alohida hurmat qozongan edilar. Men sabrni, odamlarni qadrlaşni va ilmga sadoqatni, avvalo, u kişidan örgandim. Farzandlarimiz uçun mehribon va masʼuliyatli ota böldilar. Ular farzandlarining çuqur bilimli, halol, Vatanga naf keltiradigan insonlar bölib kamol topişi uçun bor kuç va imkoniyatlarini safarbar etdilar.

Oilamizda kitobga muhabbat, mehnatga hurmat va yurtga sadoqat tuyğusi aynan turmuş örtoğim yaratgan muhitda şakllandi. Şuning uçun ham farzandlarimiz, nevaralarimiz bugun öz yölini topgan, el xizmatiga intiluvçi insonlar bölib yetişdi. Garçi Şuhratjonim hamda Lolaxonim biz bilan hamnafas bölmasa-da, ularning ezgu amallari tildan-tilga köçib yuribdi.

Professorning hayoti ilm bilan çambarças boğliq edi. U kişi tarix ilmining maşaqqatli yölida zahmatli mehnat qildilar.

Köplab tadqiqotlar, maqolalar va ilmiy işlar orqali milliy tariximiz xazinasiga munosib hissa qöşdilar. Ustozning maʼruzalarini tinglagan talabalar bugun ham u kişining fikrlarini eslaydilar.

Şogirdlari uçun daryodil ustoz edilar. Turmuş örtoğim yoşlarga işonar, ularni ruhlantirar va har bir iqtidor egasini qöllab-quvvatlaşga harakat qilar edilar. Hayot esa baʼzan eng aziz insonlarni oğir sinovlar bilan imtihon qiladi. Sulaymon aka oğir dard bilan yetti oy davomida kuraşdilar. Bu kunlar oilamiz uçun ğoyat oğir va iztirobli davr böldi. Şunday bölsa-da, döstlari, hamkasblari va şogirdlarining mehri bizga katta tasalli berdi.

Afsuski, oğir dard 2024 yil 21 oktyabr kuni turmuş örtoğimni hayotdan olib ketdi. Öşa kun faqat oilamiz uçun emas, balki u kişini tanigan köplab insonlar uçun ham katta yöqotiş böldi.

Haqiqiy olim va yaxşi inson Sulaymon Inoyatovdan boy ilmiy va maʼnaviy meros qoldi. Ularning kitoblari, ilmiy qaraşlari va ezgu amallari kelajak avlodlarga xizmat qilişda davom etsa, ajabmas. Eng muhimi, u kişidan inson qalbini yoritadigan yaxşiliklar qoldi.

Roza AHTAMOVA,

mehnat faxriysi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan