Oq römoli öziga yaraşgan, nigohlaridan mehr yoğilib turgan örta böyli onaxon darvozadan çiqib, mahalla içkarisiga qarab odimlaydi. Uning har bir qadamida xayrli bir maqsad mujassam: balki qaysidir mahalladoşining çigal muammosini hal etişga oşiqayotgandir, balki qöşni xonadondagi töy xarajatlarini meʼyorga solişga yoki arazlab ota uyiga kelib qolgan kelinni oilasi bağriga qaytarişga şoşilayotgandir…
Nima bölganda ham, bu ona bekordan-bekor yölga çiqmaydi. Gap Farğona viloyati Qöştepa tumani “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi aʼzosi, tumandagi “Qumtepa” mahallasi “Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari Möʼtabarxon aya Yusupova haqida bormoqda. Sakson yoşni qarşilagan hoji ona hamon jonkuyar va fidoyi.
Onaxonni yaqindan taniganlar uning Farğona davlat institutida tahsil olgan talabalik yillarida ham, rus tili öqituvçisi bölib işlagan mehnat jamoasida ham aynan şunday faol bölganini eslaşadi. Möʼtabar onadagi bu olijanob fazilatlar, avvalo, Quvasoydagi oilaviy muhitda şakllangan. Keyinçalik Qöştepaning el tanigan mehnatkaş brigadiri Halimaxon Mirzaqandovaning xonadoniga kelin bölib tuşgaç, bu fazilatlar yanada çarxlandi. Turmuş örtoği — Marğilon pedagogika bilim yurtida rus tilidan saboq bergan rahmatli Yorqinbek ota bilan keçirgan ibratli hayot yöli, olti qizni voyaga yetkaziş masʼuliyati uni faqat özini emas, elu yurt manfaatini öylab yaşaşga undadi.
Aynan şu jonkuyarligi sababli uni turli yillarda maktab direktori, jamoa xöjaligi raisi örinbosari, qişloq kengaşi raisi hamda tuman xotin-qizlar qömitasi raisi — hokim örinbosari kabi masʼuliyatli lavozimlarga munosib körişdi. Odamlar oğirini yengil qiliş, xonadonlarga xotirjamlik ulaşiş onaxon uçun umr mazmuniga aylandi. Möʼtabar onaning 80 yillik yubileyi munosabati bilan taşkil etilgan tadbirda u bilan yelkama-yelka mehnat qilgan qadrdonlari yiğildi. Tumanning sobiq hokimi Möydinxöja Ahmadxöjayev, rayijroqöm masʼul kotibi bölgan Isroiljon Ismoilov, jamoa xöjaligi raisi Karomatxon Ummatqulova, xalq taʼlimi bölimining sobiq mudiri Yusufjon Roziqov hamda “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Sidiqjon Yöldoşev onaxon faoliyati va samimiyligi haqida tölqinlanib sözladilar.
— Ajraşiş yoqasida turgan oilalarni yaraştirişda Möʼtabar opaning tajribasiga tan berasiz, — deydi Isroiljon Ismoilov. — Buni qarangki, arazlaşgan er-xotin haqiqatan ham, murosaga kelganiga işonç hosil qiliş uçun kelinni qaytarib olib borgan xonadonda tunab qolgan kunlari ham bölgan. Bunday fidoyilikni har kimda ham uçratavermaysiz.
Mustaqillikning ilk yillarida viloyat hokimining qaroriga köra, milliy qadriyat va anʼanalarimizni tarğib qilişga bağişlangan körik-tanlov ötkazildi. Öşa paytda tuman hokimi örinbosari bölib işlayotgan Möʼtabar opa boşçiligida Qöştepa tumanining “Mehrigiyo” jamoasi 19 ta şahar va tuman jamoalari orasida ğolib çiqib, mustaqilligimizning ikki yilligi tantanalarida poytaxtdagi nufuzli sahnaga çiqiş imkoniyatini qölga kiritadi. Tanlov şartiga köra, sahnada özbekona töy marosimi namoyiş etilişi kerak edi. Opa rahbarligida “Mehrigiyo” jamoasining poytaxtdagi markaziy sahnada Prezident va davlat mehmonlari oldidagi çiqişi katta muvaffaqiyat bilan ötadi.
Farğonaga qaytişgaç, uşbu sahnada iştirok etgan kelin-kuyovlar Adhamjon va Möʼtabar opaning qizi Lolaxonning tantanali töy marosimi ötkaziladi. Bugun muallima Lolaxon va tadbirkor Adhamjonlarning oilasi qişloqdagi eng namunali va farovon xonadonlardan biri. Ular uç farzandni voyaga yetkazib, el-yurt içida hurmat topişdi. Möʼtabar onaning qolgan farzandlari — Irodaxon, Umidaxon, Raʼnoxon, Şavkatxon va Malikaxonlar ham tarbiyaçi, hamşira, iş yurituvçi hamda tadbirkor sifatida el xizmatida. Ular oila atalmiş sulola maktabini şaraf bilan ötab, farzandlariga munosib tarbiya berişmoqda. Bugungi kunda Möʼtabar ona 15 nafar nabiraning suyukli va jonkuyar buvijoni.
— Men jamiyatga kerakligimni his qilib yaşaşni istayman, — deydi Möʼtabarxon hoji ona qutluğ yoşi nişonlangan davrada. — Taʼlim va tarbiya bergan şogirdlarim, oilasini tiklab bergan hamqişloqlarim uçraşib qolganda qilgan yaxşiliklarimizni eslaşsa, xuddi qayta tuğilganday bölaman.
Ha, yaxşilikka intilgan qalb heç qaçon qarimaydi. Sakson yoşni qarşilagan Möʼtabar onaning ham har bir kuni manfaatli va xayrli amallar bilan bezanmoqda.
Xadiçaxon KARIMOVA,
Farğona viloyati.