Respublika “Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari Mirzajonova Xayriniso Xolmatovnani butun mamlakatimizda yaxşi tanişar edi. Davlat va jamoat boşqaruvi tizimlarida uzoq yillar samarali mehnat qilgan uşbu fidoyi inson el-yurtimiz manfaatlari yölida bor kuç-imkoniyatlari, bilim va tajribasini safarbar etgan faol yurtdoşlarimizdan biri edilar. 

Xayriniso Mirzajonova 1947 yil 10 mart kuni Toşkent viloyatining Örta Çirçiq tumanida tuğilgan. 1969 yilda hozirgi Nizomiy nomidagi TDPUni tamomlagan. Öz faoliyatini maktab öqituvçiligidan boşlab, Toşkent viloyati Örta Çirçiq tumani 9-maktab direktori,  Narimonov şahar xalq taʼlimi bölimi mudiri, Bektemir tumani xalq deputatlari Kengaşi raisining birinçi örinbosari, Bektemir tumani xokimi örinbosari, Özbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qömitasi boş mutaxassisi, “Milliy tiklaniş” demokratik  partiyasi Markaziy kengaşi raisi örinbosari, “Nuroniy” jamğarmasi Respublika Boşqaruvi bölim boşliği, rais örinbosari, Respublika “Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari vazifalarida sidqidildan mehnat qilgan.

Xayriniso Xolmatovnaning mehnatlari davlatimiz tomonidan eʼtirof etilib, “Şuhrat” medali, Özbekiston Respublikasi Prezidentining Faxriy yorliği bilan taqdirlangan.

— Xayriniso Xolmatovna “Buvijonlar maktabi” guruhining barça faollariga örnak edilar, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Samarqand viloyati bölimi “Buvijonlar maktabi” guruhi rahbari Gulbahor Xusainova.  —  Mahallalarda hamjihatlik muhitini asraş, oilalarda totuvlikni taʼminlaş, qizlarimizni milliy qadriyatlarimiz ruhida, zamonaviy, ilmli, kasb-hunarli qilib tarbiyalaşda hamişa öziga xos taşabbuslarni ilgari surardilar. Har bir masalaga mulohaza bilan yondaşib,  muammolar yeçimini topişda barçamizga örnak bölardilar. Xayriniso Xolmatovnaning  oçiq çehraligi, şirinsözligi, insonlarga samimiy muomala-munosabati, yoşlarning kelajagiga xayrixohligi, atrofidagilarga qölidan kelgança yaxşilik qilişga urinişdek fazilatlari biz uçun katta maktab edi. Ham işda, ham oilada masʼuliyatni birdek zimmalariga olib, el-yurt, insonlar roziligi yölida olib borgan halol va fidoyi mehnat faoliyatlari, öziga xos insoniy fazilatlari barçamizga ibrat hamda namunadir.

Xayriniso Mirzajonova, çin maʼnoda, ibratli umr yölini bosib ötdi. Hayotini el-yurt ravnaqiga hissa qöşişdek ezgu işga bağişlagan onaxonimizning porloq xotirasi qalblarimizda mangu yaşaydi.

Tahririyat.

 

Qaşqadaryolik eng keksa faxriy vafot etdi

Joriy yilning 21iyunida Qamaşi tumanining “Manğit” mahallasida  yaşovçi Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi  Röziboy ota Sattorovning 116 yoşda vafot etgani haqidagi noxuş xabar mamlakatimiz böylab tarqaldi.

Röziboy otaning yoşlik yillari kolxozlaştiriş paytlariga töğri keldi. Ot-arava bilan qişloq xöjaligini rivojlantiriş uçun astoydil işladi. Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç, köplar qatori Röziboy Sattorov ham uruşga safarbar etildi.   Rossiya örmonlarida bir oy jangga tayyorlanişgaç, uruşga kirdi.  Janglarning birida Röziboy Sattorov öng oyoğidan yaralanib, 8 oy mobaynida harbiy gospitalda davolandi. Uning oyoğidagi jarohati töliq bitmasdan yana uruşga ketdi. Qişning izğirinli sovuği, örmonlardagi zax uning oyoğidagi jarohatni qaytalab, yana gospitalda yotib davolandi. 1941 yildan 1945 yilning 25 sentyabriga qadar harbiy xizmatda bölib, 1945 yilda Berlingaça borib, 8 oy mobaynida öşa yerda jang qildi. 9 may kuni uruş yakuniga yetgani rasman eʼlon qilingaç, 1948 yilda soğ-omon Ğalaba bilan uyiga qaytdi. Uruşdan qaytgaç, Ğuzor tumani xöjaliklarida, söng Yakkaboğ tumanidagi kolxozda aravakaş bölib işladi…

Röziboy boboning  köksini töldirgan orden-medallar Ikkinçi jahon uruşining har bir kunini, otaning jasoratlarini  kişi yodiga solib turgandek bölardi.

— Röziboy bobo Sattorov nafaqat tumanimiz, balki Qaşqadaryoning faxri edi, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Qamaşi tumani bölimi raisi Normömin Imomov. — “Manğit” mahallasi yoşlari Röziboy bobo bilan uçraşuvlar ötkazib turişar, boboning mazmunli hayot yöli, körsatgan jasorati bilan haqli ravişda faxrlanişardi. Bugun Özbekistondagi eng yoşi katta bölgan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisini sönggi manzilga kuzatib qöydik. Uning jasorati yoşlar uçun haqiqiy ibrat maktabidir.

Uruşdan qaytgandan söng Röziboy Sattorov mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi uçun öz mehnatini ayamadi. 5 nafar farzandni voyaga yetkazib, uyli-joyli qildi. Bugun bobo oramizda bölmasa-da, uning pok ruhi doimo qalblarda yaşaydi. Siz doimo qalbimizdasiz, Röziboy bobo!

Şavkat SULTONOV,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan