Öz davrida uluğ xalqimizning uluğ yölboşçisi böla olgan davlat arbobi

9 may — Xotira va qadrlaş kuni arafasida Toşkent viloyati Yangiyöl şahrida Özbekistonga eng oğir yillarda rahbarlik qilgan, uning rivojiga ulkan hissa qöşgan, köplab şogirdlar tarbiyalagan, qançadan-qança isteʼdodlarni kaşf etgan taniqli davlat va jamoat arbobi Usmon Yusupov xotirasiga bağişlangan uç avlod uçraşuvi bölib ötdi.

Yangiyöl şahridagi “Usmon Yusupov uy-muzeyi”da bölib ötgan tadbir avvalida mutasaddi taşkilotlar tomonidan tayyorlangan gulçambarlar keksa, örta va yoş avlod vakillari iştirokida Usmon ota poyiga qöyilib, u kişining pok ruhiga ehtirom bajo keltirildi. Mehmonlar uy-muzey faoliyati bilan yaqindan tanişdilar, Usmon Yusupovning özbek xalqi farovonligi, Özbekiston manfaatlarini taʼminlaş yölidagi fidoyi xizmatlari yodga olindi. Toşkent viloyati hokimi maslahatçisi Farhod Mirzayev, Usmon Yusupovning jiyani Komila Sadikova, uy-muzey direktori Sayyora Mamadaliyevalar sözga çiqib, Usmon Yusupovning hayoti va faoliyatiga doir noyob maʼlumotlarni yoşlarga taqdim etişdi.

Tadbirda, şuningdek, akademik Aziz Qayumov qalamiga mansub “Usmon ota” nomli kitob taqdimoti ham bölib ötdi. “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi tomonidan kitobning bir nusxasi Usmon Yusupov uy-muzeyi direktori Sayyora Mamadaliyevaga tuhfa qilindi.

Taqdimotda mazkur kitobning yaratilişi tarixi, Usmon Yusupovning davlatimiz va jamiyatimiz tarixida tutgan örni va maqomi, yoş kadrlar va isteʼdodlarni saralaş, ularga qanot bölişdek umuminsoniy fazilatlari, mazkur kitob sahifalaridan joy olgan qimmatli materiallar haqida söz yuritildi. Öz navbatida, mazkur kitob nafaqat Usmon otaning hayoti va faoliyatidan hikoya qilişi, balki bugungi kunning yetti yoşdan tortib, yetmiş yoşgaça bölgan har bir kişisi uçun ulkan hayot maktabi ekanligi alohida eʼtirof etildi.

 * * *

“Usmon ota” xotira kitobi haqida filologiya fanlari doktori, professor Şuhrat Sirojiddinov şunday yozgan edi: “Tarixdan maʼlumki, Özbekiston va özbek xalqi özining buyuk rahnamolariga ega bölib kelgan. Şulardan biri Usmon Yusupoviç Yusupovdir. U kişi ayni mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosati oğir davrni boşdan keçirayotgan bir vaqtda rahbar bölgan. Usmon Yusupovning jamiyat hayotidagi örni beqiyosdir.

Usmon Yusupov 1937 yildan to 1954 yilgaça Özbekistonda va ittifoq miqyosida eng yuqori xizmat vazifalarida işlagan. Ayni uruş yillarida Özbekistonning butun mamlakat iqtisodiy hayotiga munosib hissa qöşdi, juda katta işlarni amalga oşirdi. Ikkinçi jahon uruşi yillarida Özbekistonni yirik industrial-agrar mamlakatga aylantiriş, frontni qurol-aslaha, oziq-ovqat, kiyim-keçak bilan taʼminlovçi markaz sifatida qayta quriş işiga boşçilik qildi.

Mingdan ortiq sanoat korxonalari, uruş davrida boşpanasiz qolgan oilalar, yetim bolalar Özbekistondan panoh topdi. Özbek öğlonlari 1941-1945 yillarda frontda mislsiz qahramonliklar körsatib, mardonavor jang qildilar. Front ortida esa bor imkoniyatni işga solib ğalaba uçun tunu kun mehnat qildilar.

…Usmon Yusupoviç Yusupov sanʼat va adabiyotni jonu dildan sevar, uning rivoji töğrisida doimo ğamxörlik qilar edi. Yirik sanʼatkorlar va adiblar bilan döstona munosabatda bölgan edi. Jumladan, Aziz Qayumovni farzandlari qatorida tarbiyalab, unga mehribonlik körsatib, hayotida tub buriliş yasagan ham Usmon Yusupoviç Yusupov bölgan. Aziz Qayumov tarbiya olgan muhit, ustozlar ögitlariga munosib hayot keçirdi. Ilm jabhasida katta yutuqlarga erişdi. Mamlakat ijtimoiy hayotida rahbar lavozimlarida faoliyat yuritar ekan, halollik, töğrilik, mehnatsevarlik, vatanparvarlik, öz işiga sadoqat, yoşlarni qöllab-quvvatlaş, katta avlodga hurmat kabi fazilatlarni özida namoyon etdi.

Aziz Qayumov köplab ilmiy ijodiy işlarida buyuk siymolar, zamondoş allomalar, rahnamolar va ustozlarining hayot yöllarini yoritdi. Jumladan, akademik olimning şakllanişida katta örin tutgan Usmon Yusupov xaqidagi xotira asari muhim ahamiyatga egadir. Çunki unda Usmon Yusupov bilan Aziz Qayumov oralaridagi munosabatlar, davlat rahbarining xalqiga bölgan muhabbati aks etgan.

Aziz Qayumovning Usmon Yusupov töğrisidagi bu kitobi 1994 yilda yozilgan. Uni akademik olim vaqti-soati kelganida jamoatçilikka taqdim qilişni möljallagan. Yangi Özbekiston ijtimoiy hayotidagi özgarişlar natijasida buyuk tarixiy şaxslar faoliyatini keng örganiş hamda nomlarini hurmat bilan abadiylaştiriş işiga katta eʼtibor qaratilmoqda. Ajdodlarni munosib eʼtirof etmoq, ularning qilgan xizmatlarini uluğlamoq hozirgi avlodning şarafli burçidir.

Bu kitob akademik Aziz Qayumovning taʼbiri bilan aytganda, “Şonli davlat rahbari, özbek xalqining asl farzandi Usmon Yusupoviç Yusupovning hayoti va faoliyati yoş avlodni vatanparvarlik va xalqparvarlik ruhida tarbiyalaşga xizmat qilişi şubhasizdir”.

* * *

Usmon Yusupov 1900 yilda Farğona viloyati Vodil tumanining Kaptarxona qişloğida dunyoga kelgan. Otasi Yusuf Saydaliyev, onasining ismi Oyimniso bölgan.  Ikki bolalik bölgan Yusuf ota oilasini boqiş uçun iş izlab Farğonadan yölga tuşadi. Köp azob-uqubatlarni boşdan keçiradilar va Yangiyölga (eski nomi Qovunçi)ga kelib tuşişadi…

…1937 yil 27 sentyabrida u Özbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining birinçi sekretari lavozimiga tayinlangan. Usmon Yusupov rahbarlik qilgan yillarda Özbekiston industriyasi şakllandi. Şuning uçun ham uni mamlakatimiz industriyasining otasi deya taʼriflaşadi. Uning rahbarligida, 1938 yilda Popda 9 km. uzunlikda Langar kanali qurildi va 600 gektar yangi yerlar özlaştirilib, suv bilan töliq taʼminlandi. 1939 yilda Farğonadagi Şohimardon soyidan Isfarayram soyigaça uzunligi 37 km. bölgan Loğon kanali jamoa xöjaligi dehqonlarining qöl kuçida 18 kunda qurib foydalanişga topşirilgan. 1939 yilning yozida 170 ming jamoa xöjaliklari aʼzolari, maşinist, ekskavator va buldozerçilardan iborat quruvçilar 270 km. uzunlikdagi Katta  Farğona kanalini 45 kun içida işga tuşirişdi.  Şundan söng  Şimoliy Farğona kanali, Janubiy Farğona kanali, 1940 yil Xalqobod hududida Şimoliy Toşkent kanali,  1942 yili Xalqobodning yuqori qir hududida Yuqori Toşkent kanali, Toşsoqqa kanali (Xorazm), Kattaqörğon suv ombori va boşqa köp suğoriş inşootlari, 1943 yilda Farhod gidroelektrostansiyasi va şunga öxşaş boşqa qurilişlar ana şu maqsad yölida qöyilgan dadil qadamlar edi.

Usmon Yusupov Özbekistonga metall zavodi quriş zarurligi haqida Markazga “Özbekistonga öz metallurgiya korxonasi zarur”, degan telegramma yubordi va 1943 yil noyabr oyida Bekobod metallurgiya kombinati foydalanişga topşirildi. Usmon Yusupov boşçiligida 1941-1945 uruş yillarida Özbekistonda 9 ta GES qurilib işga tuşirildi. Uning taşabbusi bilan 1948 yilda Xorazm va Qoraqalpoğistonni respublikamizning boşqa viloyatlari bilan boğlovçi, mamlakatimizni iqtisodiy rivojlantirişda hamma tomondan mustahkam boğlovçi bölgan “Çorjöy — Qönğirot” temir yöli işga tuşirilgan. 1950 yilda Qaşqadaryo viloyatiga Zarafşon suvini keltiruvçi Angor kanali tiklandi. Çimqörğon suv ombori, Paçkamar inşooti qurilişlari ham Usmon ota rahbarligida amalga oşirilgan.

Toşkent viloyatining Piskent, öşa paytdagi Kirov tumanidagi kanallar qurib işga tuşirildi. Buxorodagi qadimiy Zindona kanali qayta qazilib, tiklandi.

Usmon ota ijtimoiy, madaniy qurilişlarga katta eʼtibor qaratgan. Ikkinçi jahon uruşi yillarida sobiq Ittifoq davrida qurilgan yagona teatr binosi, Toşkent şahridagi Muqimiy nomidagi musiqali drama teatri qurilişiga ham Usmon Yusupov rahbarlik qilgan. Uruşdan keyin Markazqömning yangi binosi qurilib, işga tuşirildi. Usmon Yusupov 14 yil davomida Özbekistonni boşqargan binoda hozir Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi faoliyat olib bormoqda. Aytiş kerakki, Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi binosi 1943 yili Usmon Yusupov taşabbusi bilan qurilgan.

Uning jonbozligi tufayli Yangiyöl şahrida ikki zallik “Ğalaba” nomli kinoteatr, katta kutubxona, madaniyat saroyi, viloyat teatri qurib, foydalanişga topşirildi. Yangiyöl şahri viloyat markaziga aylandi. Toşkentdagi Alişer Navoiy nomidagi opera va balet teatri kabi zalvorli qurilişlar, albatta, haşar yöli bilan bajarilgan.

Usmon Yusupov Özbekistondagi barça millat va elatlarga katta hurmat bilan qarar edi. Öz örnida yurtimizdagi boşqa millat vakillarining ham Usmon otaga işonç va ehtiromi baland edi. U rahbarlik qilgan yillarda yurtimizda milliy nizo umuman bölmagan. Barça xalqlar tinç va hamjihatlikda yaşar edilar. Uruş vaqtida Qrimdan, Şimoliy Kavkazdan, Zakavkazyedan baʼzi millatlar köçirib kelindi. Mesxeti turklari, qoraçoylar, çeçenlar, greklar, qrim-tatarlar, qisman nemislar şular jumlasidandir.

Özbekiston — eng olis frontorti hudud edi. Uruş vaqtining şaroiti va talablari juda keskin bölgan. Qançadan-qança kavkazlik va qrimlik xalqlar Örta Osiyo va Qozoğistonga köçirib kelingan. Ular yaşovçanligi va bizning tabiiy şaroitimizning qulayligi tufayli bu yangi joyda öz hayotlarini qaytadan qura oldilar.

Uning köz oldiga özga ölkalardan yuk vagonlarda köçirib kelingan abgor va noçor, oç, yupun, xasta keksalar, bolalar, ayollar, oilasi bilan badarğa qilingan begunoh qrim-tatarlar, qoraçoylar, koreyslar, mesxeti turklar, çeçenlar, polyaklar, qisman nemislar kelardi. Uruş olovi içidan olib kelinayotgan  yuz minglab yetim bolalarni Özbekiston öz bağriga oldi. Özbek onalari ularga xuddi tuqqan bolasidek mehr körsatdi, ularni bolalarining bir tişlam noniga, bir dona lavlagisiga, bir qoşiq sutiga şerik qildi.

Özbek xalqi Usmon Yusupovga öz Otasiga işongandek işondi va ğalaba qildi. Uluğ davlat arbobi 1954 yil Özbekiston Ministrlar  sovetining raisi lavozimidan ozod etilib, respublikaning eng qoloq çöl hududida joylaşgan Toşkent viloyati Boyovut tumanidagi “Boyovut – 2” sovxoziga direktor qilib yuborildi.

U mana şu şaroitda ham benihoya katta ğayrat bilan iş boşladi. Ona zaminga mehr, qişloq xöjaligini boşqariş, dehqonçilik texnologiyasi, şör yuviş, yer unumdorligi ustida işlaş, suğorişni ixtisoslaştirişning allomasi bölib ketgan Usmon ota haftalab oyoğidan etik yeçmasdan “Boyovut –2” (keyinçalik unga “Boyovut – 4” sovxozi ham qöşib berildi) sovxozida mehnat qildi. 8 yillik zahmatlari uni yana va yana ona Zamin tuproğiga boğladi. Qaqroq dala-daştlarda boğu roğlar barq ura boşladi. Möl-köl paxta va ğalla xirmonlari qad kötardi. Bu orada Boyovut respublikada eng ilğor xöjalikka aylandi. Sovxozning paxta yetiştiriş tajribasi xalqaro miqyosda  tajriba  maktabiga  aylandi. Şundan söng unga Yangiyöl tumanidagi “Xalqobod” agrosanoat birlaşmasining rahbarligi topşirildi. Bu lavozimda ham jonbozlik körsatib, to umrining oxirigaça el-yurtimizga sadoqat bilan xizmat qildi.

 * * *

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2020 yil 8 oktyabrdagi “Qatağon qurbonlarining merosini yanada çuqur örganiş va ular xotirasini abadiylaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 5598-sonli Farmoyişiga asosan, Respublika “Nuroniy” jamğarmasi taşabbusi bilan 2020 yilda Boyovut tumanida Usmon Yusupov muzeyi taşkil etildi, OTA ning byusti örnatildi. 10 gektarli joyda Usmon Yusupov boği barpo etildi.

Yangiyöl şahridagi Usmon Yusupov muzeyi qayta taʼmirdan çiqarildi. Yangiyöl tumanida ham Usmon Yusupov nomli boğ barpo etildi.  ÖzMTRK ning “Mahalla” kanali ijodkorlari tomonidan Usmon Yusupov xotirasiga bağişlangan “Inson aziz” nomli telefilm yaratildi.

Atoqli davlat rahbari Usmon Yusupov hayotini, siyosiy faoliyatini örgangan yoşlar qalbi şunday bobolari ötganidan faxru ğururga töladi. Zero, uluğlarimiz bosib ötgan ğoyat oğir, maşaqqatli yöllarini unutişga haqqimiz yöq. Oçlik, qaşşoqlikning öpqonidan butun bir xalqni omon olib çiqiş, yaxşi kunlarga odamlarni işontirib, kanallar qazişga, yöllar qurişga, paxtazoru ğallazorlar, boğu roğlarni barpo etişga, maktablar, kutubxonalar, hatto uruş vaqtida teatru kinoteatrlar qurişga, ezgulikka ruhlantirişga qodir rahbar hamma davlatlarning peşonasiga yozilgan emas.

Usmon Yusupov öz davrida uluğ xalqimizning uluğ Yölboşçisi böla olgan edi.

Şarof Ubaydullayev,

“Nuroniy” jamğarmasi respublika

Boşqaruvi raisining 1-örinbosari,  faxriy jurnalist.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan