Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalovning 100 yilligini keng nişonlaş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga asosan, Qallibek Kamalov tavalludining 100 yilligini nişonlaş böyiça dastur işlab çiqiladi. Dastur doirasida muborak Ramazon oyi munosabati bilan 2026 yil 18 mart kuni Nukus şahridagi “Oq quş” majmuasida iftorlik dasturxoni yozilişi belgilangan. Şuningdek, 9 may — Xotira va qadrlaş kuni munosabati bilan “Uç avlod” uçraşuvi tadbiri hamda uşbu tadbir doirasida ilmiy-amaliy konferensiya ötkaziladi. Şuningdek, Qallibek Kamalovning hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati haqida hujjatli film yaratilib, kitob-albomi naşr etiladi va u yaşagan xonadonga yodgorlik örnatiladi.

Qaror ijrosi doirasida taniqli siyosatşunos va olimlar hamda nuroniylar iştirokida xotira tadbirlari, davra suhbatlari va uçraşuvlar taşkil etiladi.

Atoqli davlat va jamoat arbobi Qallibek Kamalov  1926 yil 18 martda Qoraqalpoğistonning Taxtaköpir tumanida tuğilgan. Örta maktabni tugatib, harbiy xizmatni ötab bölgaç, 1955 yilda Nukus davlat universitetini tamomladi. Mehnat faoliyatini Qoraqalpoğiston Respublikasi yoşlar qömitasi kotibi lavozimidan boşlab, keyinçalik Vazirlar Kengaşi raisining örinbosari, Nukus şahar ijroiya qömitasi raisi bölib işladi.

Katta taşkilotçilik qobiliyatiga ega bölgan Qallibek Kamalov Qoraqalpoğiston Respublikasi kommunal xöjaligi vaziri, yöl transporti va avtomobil yöllari vaziri, Qoraqalpoğiston partiya qömitasi kotibi lavozimlarida samarali faoliyat körsatdi.

Butun hayoti va faoliyatini özi tuğilib voyaga yetgan yurt ravnaqiga bağişlagan mohir rahbar 1959-1963 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisi, 1963-1984 yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi partiya qömitasining birinçi kotibi, Respublika yetakçisi kabi masʼul vazifalarda jonbozlik körsatib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, turli soha va tarmoqlarda işni zamon talablari asosida yölga qöyiş borasida fidokorona mehnat qildi.

Kallibek Kamalov 1984-1986 yillarda isteʼdodli diplomat sifatida ham samarali faoliyat körsatdi.

U köp yillik serqirra mehnat faoliyati davomida boy bilim va tajribasi, rahbarlik salohiyati, yuksak insoniy fazilatlari, Vatanimizga beqiyos mehri va sadoqati bilan el-yurt qalbidan çuqur joy olgan uluğ inson edi. Uning bevosita rahbarligida Qoraqalpoğiston Respublikasini har tomonlama taraqqiy ettiriş, mavjud murakkab iqlim şaroitida paxtaçilik, ğallaçilik, çorvaçilik va boşqa qişloq xöjaligi tarmoqlarini, şuningdek, sanoat va işlab çiqarişni ravnaq toptiriş, aholining turmuş darajasini yaxşilaş böyiça salmoqli işlar amalga oşirildi.

Şu yil 11 fevral kuni 100 yoşi arafasida vafot etgan Kallibek Kamalov sönggi yillarda Qoraqalpoğiston Respublikasi nuroniylar jamoatçilik kengaşi raisi sifatida keksalar va nuroniylarni qöllab-quvvatlaş, ularning manfaatlarini röyobga çiqariş, jamiyatda tinçlik, mehr-oqibat, bağrikenglik va hamjihatlik muhitini mustahkamlaş, yoşlarni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş borasidagi işlarda faol iştirok etib kelayotgan edi. Uning davlatimiz va xalqimiz oldidagi ulkan xizmatlari munosib taqdirlandi. U “Şuhrat” medali va “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.

Öz muxbirimiz.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan