“Tarixiy xotirasiz kelajak yöq”, deydilar. Haqrost. Özlik, milliy ğoya, ajdodlardan meros qolgan milliy-madaniy osoriatiqalar bizni tarixiy ildizlarimizga boğlab turadi. Şu sababdan yurtimizda 9 may — Xotira va qadrlaş kuni sifatida alohida nişonlanadi, toki bugungi dorilomon kunlarga yetib kelgunga qadar özbek xalqining bosib ötgan şarafli yöli, yurt farzandlarining jonbozligi, front va front ortidagi qahramonliklar şunçaki unut bölib ketmasin.
Darhaqiqat, Vatan ozodligi yölida qurbon bölganlar xotirasini yod etiş, bugun oramizda soğ-omon yaşayotgan uruş va mehnat faxriylariga ğamxörlik körsatiş kabi oliyjanob maqsadlar mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş yölida olib borilayotgan ezgu islohotlarning hayotiy ifodasidir.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “9 may — Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga asosan, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va frontorti mehnat faxriylari, şuningdek, mustaqillik yillarida xizmat burçini bajariş çoğida halok bölgan harbiy xizmatçilar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar xodimlarining oila aʼzolariga moddiy va maʼnaviy yordam körsatiş, Ikkinçi jahon uruşi va mehnat fronti faxriylarining öz xohişlariga köra respublika hududidagi sanatoriylarga 1 nafar kuzatuvçisi bilan birga bepul yuborilişini taʼminlaş vazifalari belgilangan bölib, bu, öz navbatida, Özbekistonda inson qadrini uluğlaş, jamiyatda tarixiy va milliy-madaniy qadriyatlarni qaror toptiriş boş ğoyalardan ekanini körsatmoqda.
Qaror ijrosini taʼminlaş, şuningdek, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari, front va frontorti mehnat faxriylari, keksa nuroniylar va yakka-yolğiz yaşovçilarni yöqlaş tadbirlari joylarda izçillik bilan taşkil etilmoqda.
Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi farğonalik Usmonjon ota Rahimov bugungi kunda 101 yoşda bölsalar-da, yoşlarni şukronalik bilan yaşaşga, bugungi kunni qadrlaşga daʼvat etib kelmoqdalar.
Tabarruk otaxon uruş yillarini şunday xotirlaydi:
— 1942 yilning 5 fevrali. 240-polkka jönatildim, qölimda heç narsa yöq, miltiq berdi — öqi yöq. Keyin bilsam, Xarkovga uruşga kirib ketayotgandagina öq-dori berişar ekan. Germaniyada 3 yil böldim. Qiyinçilik kördik. Xalq oçarçilikka ham, qiyinçilikka ham rozi bölib yaşadi. Şunday sinovli, oğir yillar keçdi. Hatto yonğoqning özi tugul, pöstloğiniyam, tegirmonga olib borib, tuyib non qilib yedik. Lavlagi bilan qorin töqlab, yana borib dalada işlardik. Şukrki, tinç-omon kunlarga ham yetdik. Endi xalqning sabrini sinagan kunlar ortda qoldi, qinğir-qiyşiq, loysuvoq uylar örnida bugun zamonaviy qiyofadagi uylar qad kötardi. Biz ham bultur davlat tomonidan ajratilgan 100 million sömga yangidan uy soldik. Yaypan, Qöqon, Farğona kabi betakror şaharlar dunyoda yagona. Heç bir yerda bizdagidek arzonçilikni, şirinsuxan, xuşmuomala odamlarni topa olmaysiz. Ayniqsa, şu oxirgi yillarda Özbekistonimizning qiyofasi butunlay özgardi. Butun dunyodan odamlar Imom al Buxoriy, Imom at Termiziy, Burhoniddin al Marğinoniyni ziyorat qiliş uçun kelişyapti. Yangi Özbekistonimiz yana maʼrifat, ibrat makoniga aylanyapti.
Usmonjon ota Rahimov 1925 yil 20 yanvarda Qöqon şahri (avvalgi Özbekiston tumani) Katta qaynar qişloğida tuğilgan. Maktabni bitirib, kolxozda işlagan. Ikkinçi jahon uruşi boşlangaç, uruşga yuborilgan. 1943 yilda Uzoq Şarqda, undan söng Moskvada, Leningrad fronti janglarida qatnaşgan.
Uruş tugab, sovetlar armiyasi ğalaba qozongan bölsa-da, 1945 yil avgust oyida yapon intervensiyasi davlat çegarasini buzib kiradi va Usmonjon ota Rahimov köp qatori şu uruşda qatnaşadi. 1948 yil armiya safidan böşatişga buyruq çiqarilgandan söng zaxiraga olinib, şu yilning özida uyiga qaytib kelgan.
Usmonjon ota Rahimov uruşdan qaytib, 1949 yil 5 mayda Toşkent temir yöl bölimi Qöqon vagon deposida işlagan. 1953-1954 yillarda Temiryöl texnikumida öqib, 1963 yil dekabrdan temiryölda maşinist yordamçisi bölib, 1968-1969 yillarda Aşxobodda Temiryöl texnikumida işlagan. 1980 yilda nafaqaga çiqib, 1986 yilgaça teplovoz maşinisti bölib işlaydi. Usmonjon ota Rahimov öz davrining şijoatli, mehnatsevar, mard kişilaridan bölgan. Uning mehnatlari munosib qadrlanib, öz davrining qator orden, medallari, kökrak nişonlari va faxriy yorliqlar bilan taqdirlangan.
Turmuş örtoği rahmatli Xadiçaxon aya bilan 7 nafar farzandni tarbiyaladi, östirdi. Farzandlar turli sohada mehnat qilmoqda, baʼzilari nafaqada.
— Bugun biz, çin maʼnoda, el-yurt ardoğini, davlatimiz rahbari tomonidan körsatilayotgan qadrni his etib yaşayapmiz, ilohim, yurtimiz tinç bölsin. Yangi Özbekistonimiz yanada gullab-yaşnasin, — deydi otaxon şukronalik bilan.
Çindan ham, Usmonjon ota bugun el-yurtning ardoğida umrguzaronlik qilyapti. Katta-yu kiçik uni hurmat qiladi. Nuroniy otaxonning tarbiyasini olib katta bölgan nevara-evaralar Usmonjon ota atrofida girdikapalak. Fayzli xonadonning mustahkam ustuni, donişmand otaxon elparvar, yurtsevar, mard, jasur, matonatli özbek xalqining öşa yillardagi jonli ovozidir, uning bosib ötgan hayot yöli va körsatgan jasorati bugun yoşlarga va keng jamoatçilikka munosib ibrat, namunadir.
Suğdiyona SOBIROVA, “Nuroniy” muxbiri.