Bugungi kunda yurtimizda uruş qatnaşçilari va faxriylarga nisbatan özgaça hurmat-ehtirom körsatilmoqda. Ayni eʼtibor, şubhasizki, faxriylarni behad mamnun etmoqda. Aslida uruş körgan inson heç qaçon bunday kun kelmasligini, yeru kök, butun olam tinç bölişini istaydi.
Negaki, uruşlar tufayli davlatlar rivojlanişdan töxtaydi, qançalab oilalardagi farzandlar yaqinlaridan ayriladilar, xonadonlar barbod böladi, obod makonlar vayronalarga aylanadi. Bunga dunyoning turli davlatlarida keçayotgan töqnaşuv va uruşlarni yaqqol misol qiliş mumkin, albatta.
Şukrki, Yangi Özbekistonimizda tinçlik-xotirjamlik, farovonlik hukm surmoqda. Bu kunlar uçun har qança şukr qilsak oz. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 apreldagi “9 may — Xotira va qadrlaş kuniga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori inson qadri-qimmatini yuksaltiriş, xotirasini uluğlaş yölidagi ezgu işlarni yangi bosqiçga kötardi.
— Bu qaror bizni juda ham quvontirdi, — deydi Toşkent viloyati Yangiyöl tumani “Qovunçi” MFY “Mustaqillik” köçasi 1-uyda yaşovçi Ikkinçi jahon uruşi faxriysi Nodir Mansurov. — Ne ajabki, taqdir siylovi bilan yuz yoşni qarşilab, baxtli bir nuroniy sifatida dorilomon zamonda umrguzaronlik qilib kelmoqdaman. Har bir uruş qatnaşçilari va nogironlari Yurtboşimiz tomonidan rağbatlantirilganimizda, könglimiz toğdek yuksaladi. Mana, bu yil ham davlatimiz rahbarining qarori bilan Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçilari va nogironlarining har biriga bir martalik mukofot pullari berilişi belgilangani ezgu anʼananing uzviy davomi böldi.
Buning uçun Prezidentimiz, Qurolli Kuçlar Oliy Boş Qömondoniga uruş faxriylari nomidan çeksiz minnatdorlik bildiraman.
Tobora yuksalib, dunyo maydonidan mustahkam örin egallab borayotgan Yangi Özbekistonimizga aslo köz tegmasin. Hamişa yurtimiz tinç, osmonimiz musaffo bölsin!
Darhaqiqat, uruş faxriylarining bugungi izzat-ikromdan mamnunligi sabab duolarga ulanayotgan duolar, ularning öziga xos ijobati xalqimizning tinç va xotirjam, farovon hayoti uçun öziga xos maʼnaviy zamin vazifasini ötamoqda. Baxtimizga ular doimo omon bölsinlar!
Yusuf MAMADIYOROV,
Yangiyöl tumani.