Yurtimizda inson qadrini uluğlaş amaliy harakatlarning boş mezoni bölib, aholini har tomonlama qöllab-quvvatlaş, ularga munosib turmuş şaroitlarini yaratiş, yoşlarning kamoloti uçun zarur imkoniyatlarni yaratiş, keksa avlod vakillarini eʼzozlaş, ularning boy hayotiy tajribasidan yoşlar tarbiyasida unumli foydalaniş, keksalarning ibratli hayot yölini keng jamoatçilik orasida ommalaştirişga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, keksa otaxon va onaxonlarni hurmat qiliş, ularning mehnatini uluğlaş, ularga munosib ğamxörlik körsatiş şarqona qadriyatlarning asoslaridandir. Ana şunday eʼzozga sazovor insonlardan biri, Kökdala tumanida yaşab, faoliyat yuritib kelayotgan “Döstlik” ordeni sohibi, mehnat faxriysi Mömin bobo Soatovdir. Nuroniy yaqinda muborak 1000 oylik umr marrasiga yetib keldi.
Mömin bobo öz hayotini yoşlar taʼlim-tarbiyasiga bağişlagan fidoyi ustozlardan hisoblanadi. U kişi köp yillar davomida öqituvçi sifatida samarali faoliyat yuritib, minglab şogirdlarga saboq berdi. Uning mehnati, sabr-toqati va bilimga bölgan sadoqati natijasida jamiyatimizga munosib insonlar yetişib çiqdi.
Mömin bobo Qaşqadaryo viloyati Çiroqçi tumani Sarson qişloğida 1943 yil 1 yanvarda — xalq Ikkinçi jahon uruşidan aziyat çekayotgan oğir davrda tuğilgan. Otaxon özining “Umrimning gultoji” asarida öşa davr voqealarini eslab, xususan, şunday yozadi:
“Otam Safarov Soat bobo muallim, kolxozda ferma mudiri, hosilot, brigadir, rais muovini bölib işlasa ham, qorni nonga töyib-töymay yaşagan. Lekin boşqalarga qaraganda sal ilğorroq edi. Onam, Abruyqulova Nozin öqimişsiz bölsa ham, öta tadbirkor, sariştali, köpgina xalq dostonlari, ertak va maqollarni biladigan, qişloq ahli köp hurmat qiladigan ona edi.
Onamning otasi, Abruyqul sarson boy ham “quloq”lar röyxatidan joy olib, bor mol-mulki tortib olingan. Özi xörlangan, hatto uyidagi bir “şamtik” gilamçasi qizil imperiyaning qişloğimizdagi, qöşni qişloqdagi “olğir kuçukçalari” tomonidan tortib olingan. Aka-ukalari frontga ketib, bedarak yöqolgan.
Ötmişni, ötganlarni eslab, urçuq yigirib, marsiya aytib, yiğlab “jöqlaganida”opam, men ham singlim qöşilib yiğlar edik, köp yiğlar edik”…
Mömin bobo boşlanğiç taʼlimni qişloqda tugallab, 1961 yilda Samarqand davlat universitetining filologiya fakultetiga öqişga kiradi. Maorif sohasida iş boşlab, öqituvçi, ilmiy bölim mudiri, maktab direktori lavozimida mehnat qilib, 1992 yilda nafaqaga çiqqan. Ahamiyatlisi, Mömin bobo bugungi kunda ham yoşlar tarbiyasiga befarq emas. U kişi özining boy hayotiy tajribasi, nasihatlari va duolari bilan yoş avlodni töğri yölga boşlab kelmoqda. Şu maʼnoda, u inson butun umrini xalqimiz kelajagi — yoşlar kamolotiga bağişlagan, desak mubolağa bölmaydi.
Bunday nuroniylarimiz millatimiz faxri, maʼnaviy tayançi hisoblanadi. Soatov Mömin boboga mustahkam soğlik, uzoq umr, oilasi va şogirdlari ardoğida bölib, yana köp yillar el-yurtga xizmat qilişini tilab qolamiz.
Qurbonnazar Jumayev,
“Nuroniy” jamğarmasi
Kökdala tumani bölimi
raisi.