“Belarus daftari”dan

Tong. Örmonning qoq örtasi. Minskdan öttiz çaqirim naridamiz. Yaʼni Puxoviçi degan tumanda. Şu yerlik fotojurnalist Dimitriy hamda sakson yoşdan oşgan ozğin, lekin çaqqon va çayir tarixçi Aleksandr Aleksandroviç hamrohim. Biz örmonni kesib ötib, qişloqqa kirdik. Menga Ikkinçi jahon uruşi payti, bolaligida Toşkentga evakuatsiya qilingan, ösmirligi ona yurtimizda keçgan bir kampirni körsatişmoqçi. Darvoqe, qişloqdoşlari uni Toşkent momo deyişarkan.

Keksayib-qartaygan kampir bilan yuzlaşiş juda hayajonli keçdi.

Kampir kimligim, qayerdan kelganimni bilgaç, kulbasining yoğoç zinasiga ötirib yerga tikilib qoldi. Ançagaça miq etmadi. Keyin sölğin nigohlari namlandi.

Ha, Xotira ölmaskan… Bolalik ölmaydi. Yaxşilik ölmaydi! Ölmaydi! Ölmaydi! Ölmaydi!!!

Vujudi qartaygan kampirning botinida hali xotira mavjlari tirikligi, xotira ummon bölib tölqin urayotgani, oqayotgan köz yoşlar esa xotira ummonining tomçilari ekanligini xis qildim. Xuddi uzoq yillardan beri dom-daraksiz yöq bölib ketgan öğli bağriga qaytgan muştipar kabi titrar edi u.

Oçiği, mening ham közimdan yoş siza boşladi. Şeriklarim kampirga hazil-huzil qilişdi: “Nega yiğlayapsiz? Mana, ataylab Toşkentdan sizni izlab kelişibdi. Undan köra topgan-tutganingizni opçiqib, dasturxon tuzamaysizmi?”

Kampir menga angrayib qaradi-da, jilmaydi… Bu yoğini endi şeʼrga soldim:

 

Kulba. Qaqşoq kampir tinmaydi bir pas

Şamolni qamagan kabi içiga…

Dasturxon tuzaydi — non, pişloq, kvas…

“Bolam, xuş kelibsan, Puxoviçiga…”.

 

Öğli jangdan qaytgan kabi köngli töq,

Özini qöyarga topmayapti joy.

Xijolat tortadi: “Bizda çoynak yöq…”

Istokonda damlab uzatar kök çoy.

 

Albom varaqlarkan jilmayar kampir —

Göyo köz öngimda gullaydi oğoç…

Ozğin barmoqlarda titraydi taqdir:

“Bu – men! Bolaligim… Toşkent. Beşyoğoç…”.

 

Kampir nigohida miltillaydi çöğ,

Zaminni kötarib turar kiprigi.

Sözlarkan böğziga soğinç urar tiğ:

“Hali ham şirinmi, Toşkent örigi?!”.

 

Söngra maʼyus boqar — titraydi albom,

Havolarda ingrar jon zarralari…

Mening köz öngimdan ötadi şu dam

Qiyomatning qonli manzaralari…

 

Belarus yerini öq, olov oldi —

Tanklar zanjirida aylanar falak.

Özbek qöl uzatdi. Soğ-omon qoldi

Zambarak oğzida turgan qizaloq…

 

Tiriklikni qirib qaytmaydi izga

Uruş kökni yorib qilar tantana.

Yeru osmonidan ayrilgan qizga

Toşkentning osmoni bölar boşpana.

 

Qaytar çoğim quçdi: “Bolam, köp yaşa!”

Köksimga boş qöydi. Titradi labi…

Közlari javdirab boqardi… Öşa,

uruş uloqtirgan qizaloq kabi…

 

Kampir der: “Unutmam… Yaratgan Egam

Könglimda borini körib turibdi.

Bolam, Senga aytsam, köksimda şu dam

Özbekning yuragi urib turibdi!..”.

Qöçqor Norqobil,

Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan