Xabaringiz bor, ötgan hafta muqaddas Qurbon hayiti ayyomi arafasida yurtimiz ijtimoiy-maʼrifiy hayotida tarixiy voqea yuz berdi. Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ikki muhim hujjat — “Mamlakatimizda madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalarini rivojlantirişga ulkan hissa qöşgan bir guruh marhum ijodkorlarni mukofotlaş töğrisida”gi hamda “Madaniyat, sanʼat va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlaş töğrisida”gi Farmonlar keng jamoatçilik, ayniqsa, ziyolilar va ijod ahlini tölqinlantirib yubordi. Ahamiyatlisi, bu gal maʼnaviy jabhamizning fidoyilariga körsatilgan eʼtirof va eʼzoz har qaçongidan-da salmoqli: yuksak mukofotlarga naqd 137 nafar ijodkor loyiq körildi.

Va bu özining köp yillik samarali ilmiy-ijodiy faoliyati, yorqin va betakror isteʼdodi bilan xalqimizning madaniy va intellektual salohiyatini yuksaltirgan, milliy maʼnaviyatimizni boyitgan marhum fidoyilar mehnatiga körsatilgan ehtirom böldi. Şu bilan birga, jamiyatimizda özaro hamjihatlik, ezgulik va bağrikenglik tamoyillarini mustahkamlaş, yoş iqtidor egalarini qöllab-quvvatlab, ularning mahoratini röyobga çiqariş, yuqori malakali kadrlar tayyorlaş hamda farzandlarimizni ona yurtga muhabbat, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalaş borasidagi xizmatlari ijodkorlarning ijtimoiy hayotdagi çinakam faolligidan dalolat beradi.

Şukronam şundaki, nazm, nasr va publitsistika janrlaridagi kiçik ijodiy yutuqlarim, köp yillik faoliyatim yuksak baholanib, davlatimizning nufuzli mukofoti — “Döstlik” ordeniga munosib körildim. Uşbu yuksak mukofotni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevadan qabul qilib olarkanman, öşa lahzalarda qalbimdan keçgan çeksiz hayajon va tuyğularni oddiy sözlar bilan ifodalab beriş muşkul. Boisi, inson fitratiga xos noyob va ilohiy jarayon bölmiş ijod mahsullari, qalb qöri bilan yaratgan asarlarimiz muhtaram Prezidentimiz eʼtirofiga sazovor bölişi köpçilik qatori mening ham dil qatimdagi eng katta orzum bölgan.

Öşa unutilmas kundan buyon şu çoqqaça kasbdoşlarim, yaqinlarim va qadrdon döstlarimdan tabriklar kelmoqda. Yozuvçilar uyuşmasiga Senat raisi Tanzila Norboyevaning uç nafar ijodkor ayol — Şarifa Salimova, Zebo Mirzayeva va kamina nomiga alohida tabrik xati yöllagani esa quvonçimga quvonç qöşdi. Şuningdek, Oila va xotin-qizlar qömitasi raisi Zulayho Mahkamova ham öz tabrigini yetkazdi. Bularni maqtaniş uçun emas, oqila va fidoyi xotin-qizlar mehnati, ijodining yurtimizda bunday qadrlanişi könglimizni toğdek kötarişi, yangi ijodiy marralar sari ruhlantirişini alohida taʼkidlaş uçun aytyapman.

Fikrimça, adabiyot ahlining eng katta boyligi — muhabbat, eng katta quvonçi — xuddi farzandidek aziz bölib dunyoga kelgan kitoblari, eng buyuk şukronasi esa ijodining eʼtirof topişi sanaladi. Bugun ana şunday hayajon va surur oğuşida ijod ahlining qadr-qimmatini yuksaltirişga eʼtibor qaratayotgan muhtaram Prezidentimizga öz minnatdorligimni izhor etmoqçiman.

Bugungi kunda turfa mojarolar, uruşlar olovi içida qolgan notinç davlatlar va tahlikali dunyo manzarasini körib, tinçlikning qadrini yanada teran anglamoqdamiz. Bunday osoyişta kunlarning şukronasi bilan qutluğ istiqlolimizning 35 yillik töyiga peşvoz çiqar ekanmiz, har bir yurtdoşimiz qalbida Vatan taqdiriga daxldorlik va ertangi kunga bölgan mustahkam işonç tuyğusi jöş urişi muqarrar. Mana şunday dorilomon kunlarda erkin yaşab, ijod qiliş va yurtimiz ravnaqiga oz bölsa-da, hissa qöşiş biz, ijodkorlar uçun çinakam saodat va muqaddas neʼmatdir.

Zamira RÖZIYEVA,

 “Döstlik” ordeni sohibasi,

“Nuroniy” muxbiri.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan