Namangan viloyati,  şahar va tumanlar bölimlari raislaridan iborat otaxonu onaxonlar jamoasi poytaxtimizdagi Islom sivilizatsiyasi markaziga taşrif buyurdilar.

— Bu majmua aslida olamşumul loyiha, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Namangan viloyati bölimi raisi, senator Ikromxon Najmiddinov. — Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 23 iyundagi “Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qaroriga köra, 2018 yili Ramazon hayiti kuni poydevoriga tamal toşi qöyilgan uşbu majmua bugun hamyurtlarimiz va butun dunyodan kelayotgan sayyohlarni öziga jalb etmoqda. Özbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi ilmiy-maʼrifiy va diniy-maʼnaviy infratuzilmaning yangi innovatsion şaklini özida mujassam etgan xalqaro platforma bölib, uning asosiy vazifasi — buyuk ajdodlar merosini örganiş va tarğib qiliş, “Yangi Özbekiston — Uçinçi Renessans poydevori” ğoyasini ommalaştiriş hamda xalqimizning ötgan davr va Yangi Renessans zamonidagi yutuqlarini çuqur tadqiq qilişdan iborat. Biz ham bu yerda olgan taassurotlarimizni har lahzada öz tumanimiz, öz hududimizda tarğib-taşviq qilişimiz, keng aholi, ayniqsa, yoşlarimizga yetkazişimiz lozim.

Poytaxtning tarixiy Qorasaroy köçasida, örta asrlar “Samarqand — Hirot” meʼmorçilik uslubida qad rostlagan Markaz binosi 10 gektarga yaqin maydonda joylaşgan. Markaz binosining tört tomonida balandligi 34 metrli peştoqlar bunyod etilgan, örtada 65 metrli mahobatli gumbaz qurilgan. Markaz binosi tarixiy obidalarga uyğun şaklda bunyod etilgan. Gumbaz va peştoqlar, naqşlarning özaro uyğunligi unga alohida körk va salobat bağişlagan.

Nuroniylar majmuadagi bir-biridan qimmatli maʼlumotlar va eksponatlar bilan tanişar ekanlar, öz hayratlarini yaşirmadilar. Kelajakda bu markaz dunyo möʼjizalaridan biriga aylanişiga şubha qilmadilar.

Islom sivilizatsiyasi markazida  ilmiy-tadqiqot bölimlari, nodir qölyozmalar milliy reyestrini yuritiş bölimi, qölyozmalar fondi, kutubxona va arxivlar, xalqaro bölim, ziyorat turizmi, manbaşunoslik va naşriyot faoliyati bölimlari, markaz binosida esa maʼlumotlarni raqamlaştiriş va restavratsiya laboratoriyalari, ustaxonalar, artefaktlar va qölyozmalar uçun izolyatorlar, qölyozmalar va qimmatli naşrlarni tarjima qiliş va kodlaş bölimlari, muzey eksponatlari va nodir qölyozmalar fondi joylaşadi.

Birinçi qavatda 15000 kvadrat metr maydonni egallagan körgazma-galereya bölib, unda turli tarixiy davrlarga oid buyumlar va artefaktlar namoyiş etiladi, ajdodlarimizning ijodiy salohiyati zamonaviy texnologiyalar va raqamli qurilmalar yordamida yoritiladi.

Ikkinçi qavatda esa 100000 dona qölyozma va litografiya, bir milliondan ortiq kitoblarni öz içiga olgan ulkan kutubxona joylaşadi. Şuningdek, mazkur qavatda Islom sivilizatsiyasi markazining ilmiy bölimi va xalqaro taşkilotlarning ofislari ham iş olib boradi.

— Markazning muzey ekspozitsiyasi “Islomdan avvalgi sivilizatsiyalar”, “Birinçi Renessans davri”, “Ikkinçi Renessans davri”, “Özbekiston — XX asrda”, “Yangi Özbekiston — Uçinçi Renessans poydevori”, “Qurʼoni karim” zallaridan iboratligi bizni lol qoldirdi, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Pop tumani bölimi raisi Nizomiddin Abrorov. —   Uşbu bölimlar yurtimizdagi sivilizatsiya rivojlanişining turli davrlarini aks ettirişi bilan yanada ahamiyatli.

Mazkur davrlar tarixi turli aşyolar, qölyozma manbalar, suratlar va multimedia vositalari orqali namoyiş etiladi. Ularda uluğ alloma va mutafakkirlarimiz hamda ulamolarimizning islom maʼrifatiga qöşgan hissasi atrofliça yoritiladi.

Darhaqiqat, mazkur majmua nafaqat özidagi noyob maʼlumotlaru osori atiqalar, balki  uning zamirida şakllangan çuqur va mustahkam ilmiy asos, tadqiqot muhiti bilan ham hali jahon möʼjizalaridan biriga aylanişiga aslo şubha yöq.

Bahodir Valiyev.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan