Umrimiz davomida köplab manzillarda bölamiz, biroq ruhiyatimizga oziq beradigan, qalbimizni ravşanlaştiradigan maskanlarning örni bölakça. Nurobod tumanining “Tepaqul” mahallasi nuroniylari uçun taşkil etilgan sayohat ajdodlar ögiti va bugungi kun şukronasi tutaşgan voqeaga aylandi.

Safar davomida otaxon va onaxonlar köhna tarix söylaydigan, uluğ allomalarimizning nafasi ufurib turgan boşqa muqaddas qadamjolarda ham  böldilar. Ayniqsa, Imom al-Buxoriy majmuasi bilan tanişuv, bu yerdagi fayzli muhit, sokinlik va tarovat ziyoratçilarga olam-olam taassurot bağişladi. Tilovat qilinib, yurtimizga tinçlik, xonadonlarimizga qut-baraka söraldi.

Uşbu sayohatning ahamiyati faqatgina ziyorat bilan çeklanmaydi. Bu — yoş avlod uçun jonli ibrat namunasidir. Nuroniylarning duogöyligi, ularning tarixga bölgan hurmati va davlatimiz tomonidan körsatilayotgan eʼtiborga nisbatan minnatdorçiligi jamiyatda mehr-oqibat muhitini yanada mustahkamlaydi. Zotan, duogöy keksalari bor yurtning kelajagi nurafşon, yöli esa hamişa yoruğ böladi.

Bahodir Qiliçev,

Samarqand viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan