Milliy qadriyatlar millatni millat, xalqni xalq sifatida namoyon etuvchi bebaho ne'matlardan hisoblanadi. Ularni asrab-avaylash esa xalqning o'zligi va ma'naviy qiyofasini saqlash,  kelgusi avlodlarga yetkazishning muhim omili. Bugun yurtimizda istiqlol shukuhi kezib yurgan kunlarda ayni haqiqat yana bir karra yaqqol yuzaga chiqmoqda. Buni joylarda tashkil qilinayotgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarda ko'rib turibmiz.

Jumladan, Jizzax viloyati Zomin tumani markazidagi “Nuroniylar maskani”da ham O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag'ishlab, “O'z qadriyatini asragan xalq o'zligini asraydi” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

Tadbir “Nuroniy” jamg'armasi tuman bo'limi, Oila va xotin-qizlar bo'limi hamda tuman targ'ibot guruhi a'zolari hamkorligida tashkil etildi. Unda faol targ'ibot guruhi a'zolari, “Oqila ayollar harakati” vakillari, otinoyilar, nuroniylar va keng jamoatchilik a'zolari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda milliy qadriyat va an'analarimiz, urf-odatlarimiz hamda boy ma'naviy merosimizni aks ettiruvchi ko'rgazmalar tashkil etildi.

Muloqotlar davomida Vatanimiz mustaqilligi, milliy o'zlikni asrash, yosh avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda nuroniylar va jamoatchilikning o'rni haqida fikr almashildi.

Tadbir yakunida ma'naviy-ma'rifiy targ'ibot ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan targ'ibot guruhi a'zolari va otinoyilar esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

Maysara Nazarova.

 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan