Rustam SULTONOV,

“Nuroniy” jamğarmasi Xorazm viloyati bölimi raisi,

Özbekistonda xizmat körsatgan quruvçi,

“El-yurt hurmati” va “Döstlik” ordenlari sohibi.

Mustaqillikning 35 yilligi arafasida ötgan davrga nazar taşlaş, erişilgan natijalar mohiyatini teran anglaş va kelajak maqsadlarini aniq belgilab oliş bilan muhim ahamiyat kasb etadi. Zotan, çorak asrdan oşgan uşbu tarixiy davrda milliy davlatçiligimiz asoslari mustahkamlandi, jamiyat va iqtisodiyotning mutlaqo yangi taraqqiyot modeli şakllandi. Eng muhimi, inson qadri va manfaatlarini hamma narsadan ustuvor qöyiş tamoyili davlat siyosatining boş mezoniga aylandi.

Inson qadrini uluğlagan konsepsiya

Islohotlarning amaliy natijadorligi, avvalo, mahallalar qiyofasida va odamlarning turmuş darajasida namoyon bölmoqda. Yangi turar joylar, obod köçalar, zamonaviy taʼlim va tibbiyot maskanlari, sport inşootlari hamda kasb-hunar markazlari aholi uçun munosib hayot şaroitini yaratişga xizmat qilyapti.

Ayniqsa, inson kapitaliga yönaltirilayotgan eʼtibor yurt yuksalişining eng muhim omiliga aylandi. Bugun dunyoning yetakçi ilm dargohlarida taʼlim olayotgan, xalqaro ilmiy loyihalar va sport maydonlarida yuqori marralarni zabt etayotgan vatandoşlarimiz  istiqlol bergan imkoniyatlar mevasidir.

Sönggi ön yillikda yoşlar masalasi davlat siyosatining markaziga qöyildi. Heç bir ösib kelayotgan öğil-qiz eʼtibordan çetda qolmasligi, uyuşmagan yoşlarning bandligini taʼminlaş, ularni yot ğoyalar taʼsiridan asraş hamda aholi orasida milliy mafkura va vatanparvarlik tuyğusini mustahkamlaş ustuvor vazifa sifatida amalga oşirilmoqda.

Bundan taşqari, barça sohalarda zamonaviy texnologiyalar va raqamlaştiriş jarayonlari jadallaşmoqda. Texnologik modernizatsiyadan közlangan asosiy maqsad — inson mehnatini yengillaştiriş, resurslardan oqilona foydalaniş va boşqaruv sifatini yangi bosqiçga olib çiqişdan iboratdir.

Gulistonga aylanayotgan voha

Istiqlolning sönggi dekadasidagi eng yirik evrilişlardan biri — hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy va turizm salohiyatini oşirişda namoyon böldi. Ilgari foydalanilmay yotgan yerlarning qayta özlaştirilişi agroturizm va qişloq xöjaligi uçun yangi imkoniyatlar oçdi.

Buning amaliy ifodasini Xorazm viloyati misolida yaqqol köriş mumkin. Joriy yilning dastlabki yarim yilligida viloyatga jami 8 million 600 ming nafar (şundan 1 million 770 ming nafari xorijiy) sayyoh taşrif buyurib, oqim ötgan yilga nisbatan 1,8 barobarga oşdi. Turizm xizmatlari eksporti 881 million dollarni taşkil etdi.

Agrar sohada ham sezilarli yutuqlarga erişilmoqda. Qişloq xöjaligi mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 104,4 foizga bajarildi. Ğallaçilikda hosildorlik 94 sentnerdan 100 sentnerga yetkazilib, 33 ming 200 gektar maydondan 332 ming tonna don yiğib olindi (55 ming tonnasi davlat zaxirasiga topşirildi).

Hududiy sanoatni rivojlantirişda zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari muhim örin tutmoqda. Urganç tumanidagi qiymati 11 million dollarlik “Tillo domor” korxonasi bunga yorqin misoldir. Bolgariya texnologiyasi asosida kuniga 70 dan ortiq turdagi sut mahsulotlari çiqarayotgan bu majmua 100 dan ziyod fermer va aholidan xomaşyo sotib olib, barqaror bozor yaratgan. Majmuada 120 ta iş örni yaratilgan va 100 kilovattlik quyoş panellari örnatilgan. Kelgusida yana 100 ta yangi iş örni taşkil etiş rejalaştirilgan.

Xalq bilan hamnafas islohotlar

Infratuzilmani modernizatsiya qiliş böyiça körilayotgan çora-tadbirlar aholi farovonligini bevosita oşirmoqda. Xorazmda joriy yilning birinçi yarim yilligida 1900 xonadonli 47 ta köp qavatli uy foydalanişga topşirildi. 76 milliard söm mablağ hisobiga 117 kilometr içimlik va 19 kilometr oqova suv tarmoqlari qurilib, içimlik suvi bilan taʼminlanganlik darajasi 91,8 foizga yetkazildi. “Yangi Özbekiston” massivlarida 7,5 ming xonadonli 287 ta uy-joy barpo etilib, 35 mingdan ortiq aholi şinam xonadonlar bilan taʼminlandi.

Şu bilan birga, davlat boşqaruvidagi oçiqlik siyosati xalq va davlat örtasida mustahkam muloqot köprigini örnatdi. Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan döstona qöşniçilik munosabatlarining mustahkamlanişi va oçiq investitsiyaviy muhit mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oşirmoqda.

Nuroniylar — jamiyat tayançi

 Islohotlarning hayotiyligi, eng avvalo, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarga körsatilayotgan manzilli kömakda aks etmoqda. “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturi doirasida viloyat mahallalariga 1593 nafar faol nuroniy 7965 ta oilaga biriktirildi.

Hozirgaça nuroniylarimiz taşabbusi bilan kambağal oila farzandlariga 4705 ta stol, 7104 ta stul, 6162 ta sport kiyimi va 3491 ta öquv qurollari yetkazib berildi.

“Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili böyiça 550 nafar keksa avlod vakili 5500 nafar işsiz va muammoli yoşlarga biriktirildi. Ötkazilgan 595 ta tarğibot va amaliy tadbirlar natijasida 204 nafar yoş doimiy işga joylaştirildi, 163 nafari kasb-hunarga yönaltirildi, 27 nafari profilaktik hisobdan çiqarildi va 879 nafarining ijtimoiy-maişiy muammolari hal etildi.

Keksalarni eʼzozlaş, ularning salomatligini muhofaza qiliş, turizm va sport tadbirlariga jalb etiş orqali jamiyatda maʼnaviy muhit barqarorligi taʼminlanmoqda.

Istiqbolni barpo etiş öz qölimizda

 Bugun mustaqillik neʼmatining qadr-qimmatini yurtimizda yaşayotgan har bir inson — tadbirkoru dehqon, öqituvçiyu şifokor, muhandis va nuroniylar öz hayotida çuqur his etmoqda. Istiqlolning eng katta yutuği — fuqarolarimizdagi ogohlik, daxldorlik va ertangi kunga bölgan mustahkam işonçdir.

35 yillik tarixiy yölimizda erişgan yutuqlarimiz — barçamizniki. Biroq oldimizda turgan vazifalar har birimizdan yanada yuqori masʼuliyat, fidoyilik va hamjihatlik bilan işlaşni talab etadi. Zotan, yurtimiz kelajagi va 40 millionga yaqinlaşayotgan xalqimiz farovonligi yagona maqsad atrofida jipslaşişimizga boğliq.

Yuqoridagi kabi amaliy saʼy-harakatlarda zarraça bölsa-da, hissamiz borligidan, Prezidentimiz ulkan işonç bildirgan  faol nuroniylar safida turib, el-yurtimiz manfaatlari yölida mehnat qilayotganligimizdan boşimiz kökka yetmoqda. Töyga töyona deganlaridek, kamtarona xizmatlarim davlatimiz tomonidan yuksak qadrlanib, “El-yurt hurmati” ordeni bilan taqdirlanganim nafaqat meni, butun jamoamizni mamnun etdi. Uşbu eʼtiborni nafaqat özim, balki barça xorazmlik nuroniylarning faoliyatiga berilgan ulkan baho deb bilaman. Öz navbatida, uşbu yuksak  işonçni oqlaş uçun xalqimiz farovonligi, yoşlarimizning baxtli-saodatli hayot keçirişlari yölida olib borilayotgan hayotbaxş islohotlarga hamişa kamarbasta bölamiz.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan