deya tavsiya bermoqda mutaxassislar

Oziq-ovqat mahsulotlari tanaga kuch-quvvat beradi, kishining mehnatga rag'batini oshiradi. Biroq ular to'g'ri vaqtda iste'mol qilinmasa, salomatlikka zarar yetkazishi ham bor gap. Masalan, tongni eng avval qahva bilan boshlash mutlaqo tavsiya etilmaydi, aks holda kortizolni oshiradi. Eng muvofiq vaqt —  nonushtadan 1,2 soat o'tgach iste'mol qilishdir. Shuningdek, banan, apelsin, yogurt va ko'k choyni och qoringa iste'mol qilish zararli. 

Qolaversa, kechki ovqatning vaqti va me'yoriga amal qilish muhim. Chuqur uyqu va tetik uyg'onish uchun bu ikki omil katta rol o'ynaydi. Mutaxassislar pomidorni imkon qadar kechki ovqatda yemaslik kerak, me'yoridan ortiq pomidor iste'moli kislota­lilikni oshiradi, deya tavsiya berish­moqda.  Shu bilan birga, yong'oq­larni kechqurun emas, ertalab yeyish yanayam foydali — butun kun davomida energiya bilan ta'minlaydi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan