Yapon psixologi Xideki Vadaning şu nomli kitobi naşr etildi va u AFKOR OMMADA katta qiziqiş uyğotdi.
Yaponiyada kitob dökonlarga kelib tuşişi bilanoq 500 mingdan ortiq nusxada sotildi. Ekspertlar esa yaqin oylarda uning bir million nusxalik körsatkiçga erişib, bestsellerga aylanişini taxmin qilmoqda.
Doktor Vada 61 yoşda bölib, keksalar salomatligi böyiça yetakçi mutaxassis hisoblanadi. U özining boy tajribasini 34 ta qoidaga jamlab, 60 yoşdan keyingi osoyişta va mazmunli hayot sirlarini bayon qilgan. Bu qoidalar oddiy körinsa-da, ularda çuqur hikmat mujassam:
- Har kuni sayr qiling;
- Ğazablanganingizda çuqur nafas oling;
- Doimo harakatda böling, tanangizni harakatsiz qoldirmang;
- Yozda, hatto konditsioner işlab turgan bölsa ham, suv içing;
- Ovqatni yaxşilab çaynang — aql ham oğiz bilan birga işlaydi;
- Xotira yoş tufayli emas, balki harakatsizlik oqibatida susayadi;
- Dori vositalarini ortiqça isteʼmol qilmang;
- Zarurat bölmasa, qon bosimi yoki qondagi qand miqdorini ataylab pasaytirişga urinmang;
- Yolğizlik har doim ham uzlat emas, baʼzan u xotirjamlikdir;
- Baʼzan dangasalik qiliş uyat emas;
- Keksalikda haydovçilik guvohnomasiga ega böliş şart emas;
- Özingiz yaxşi körgan işni qiling, yoqtirmaydigan işlaringizni tark eting;
- Özingizni uyga qamab qöymang;
- Sizni baxtli qiladigan taomlarni isteʼmol qiling — vaznning biroz ortişi zararli emas;
- Sizga yoqmaydigan odamlar bilan vaqt ötkazmang;
- Televizorni haddan taşqari köp tomoşa qilmang;
- Kasallik bilan doimo kuraşiş örniga, u bilan yaşaşni örganing;
- Optimizm — eng yaxşi dori;
- Mevalar, quyoş nuri va toza havo — baxt manbalaridir;
- Könglingizdagi gaplarni oçiq ayting;
- Kerak bölsa, fikringizni özgartiring — buning heç qanday yomon joyi yöq;
- Örganişdan töxtaş — keksalikning boşlanişidir;
- Şunçaki şukr qiling — tabassum omad olib keladi;
- Keksalik yuk emas, balki neʼmatdir;
- Sodda yaşang, har kuni biroz harakat qiling va köproq tabassum qiling;
- Tanangizni va yoşingizni mehr bilan qabul qiling — şunda baxt siz öylagandan ham yaqin ekanini anglaysiz;
- Bu hikmatlarni yaqin insonlaringiz bilan bölişing — hikmat yoş tanlamaydi;
- Yoşlarga hayratlanmang — barçamiz ham bir vaqtlar yoş bölganmiz;
- Keksalarga havas qiling — ular dunyoni körgan va hayotni anglagan insonlardir;
- Tongda sizdan özib ketayotgan keksalarga havas qiling: baliqçilarga, qöziqorin teruvçilarga va sayohatçilarga;
- Hali ham özini parvariş qiladigan, soç turmagi, poyabzali va ozoda, nafis kiyimiga eʼtibor beradigan insonlarga havas qiling;
- Hayot quvonçini yöqotmagan, özini farzandlari va nabiralarida köradigan, eng oğir hayotiy sinovlardan keyin ham orzu va istaklar bilan yaşaydigan insonlarga havas qiling;
- Yoşlarga hayratlanmang! Yoş böliş oson;
- Keksalarga havas qiling — ular qalban hamişa yoş bölib qolişga muvaffaq bölganlar.
Doktor Vada bizga 60 yoşdan keyingi davr hayotning yakuni emas, balki soddalik va xotirjamlikning boşlanişi ekanini eslatadi. Bu — hayotga teranroq nazar taşlaş va özimiz bilan samimiy bölişni boşlaydigan davr.
Internet manbalari asosida tayyorlandi.