“Nuroniy” jamğarmasi Andijon viloyati bölimi qoşida taşkil etilgan “MK Fitnes klub”iga “Biz — soğlom buvijonlarmiz!” deb nom berilganligi bejiz emas. Uşbu klub 2023 yilda taşkil etilgan bölib, unga Marğubaxon Qurbonova rahbarlik qiladi. Bu yerda “Soğlomlaştiriş markazi” faoliyat yuritib, klubga, asosan, nafaqadagi buvijonlar aʼzo bölişgan. Ayni paytda 100 ga yaqin nafaqadagi buvijonlar maşğulotlarda iştirok etişmoqda.
Markazning asosiy maqsadi — badiiy gimnastika orqali tanani çiniqtirib, turli kasalliklarning oldini olişdan iborat. Maşğulotlar maxsus dastur asosida, iştirokçilarning yoşi va salomatligini inobatga olgan holda taşkil etiladi. Bunda soğlomlaştiruvçi gimnastika, umumiy jismoniy tayyorgarlik maşqlari, qöl-oyoq va bel umurtqasini mustahkamlaşga qaratilgan harakatlar, nafas oliş maşqlari bajariladi. Ayni harakatlarda asosiy eʼtibor iştirokçilarni stress holatlaridan çiqariş, qon aylaniş tizimini yaxşilaş, organizmni yoşartiriş va umumiy jismoniy holatni mustahkamlaşga qaratiladi.
Maşğulotlar natijasida nuroniy buvijonlar orasida qöl, oyoq va bel oğriqlari, grijalar hamda boşqa suyak-böğim muammolari kamayib, ularning umumiy salomatligi, qon aylaniş tizimi sezilarli darajada yaxşilanmoqda, umumiy jismoniy holatlari barqarorlaşmoqda. Ayrim iştirokçilarda qandli diabet, umurtqa çurrasi, ayollar xastaliklari kamayib, hayot sifati yaxşilanayotgani kuzatilmoqda. Quvonarli jihati şundaki, iştirokçilarning 70 foizi salomatliklarini tiklaganliklari bois, Haj va Umra safarlarini soğligidan şikoyat qilmagan holda ado etiş imkoniyatiga ega böldilar.
Maşğulotlar mutaxassislar nazoratida, xavfsizlik qoidalariga töliq rioya etilgan holda ötkaziladi.
— “Biz — soğlom buvijonlarmiz!” şiori ostida ötkazilayotgan maşğulotlar sababli onaxonlarimizning nafaqat jismoniy, balki maʼnaviy-ruhiy holati ham yaxşilanmoqda, — deydi klub rahbari Marğubaxon Qurbonova. — Bu yerda döstona muhit, özaro hurmat va bir-birini qöllab-quvvatlaş tamoyillari ustuvor hisoblanadi.
— Uzoq yillar turli jamoat taşkilotlarida işladim, — deydi “Nodirabegim” MFY faol nuroniysi, 82 yoşni qarşilagan Muhabbat aya Qöçqorova. — Keksalik salomatligimga taʼsir eta boşlaganini sezganimdan söng “Soğlomlaştiriş markazi”ga kelib, faol jismoniy harakatlarda böldim. Hozir soğligimdan şikoyatim yöq. Maşqlarni bemalol bajara olyapman. Hatto qirçillama qiş pallasida ham qor ustida soğlomlaştiriş maşqlarini bajarib, ança çiniqdik. Men bilan birga Maxsuma Jamoldinova, Muhabbat Ibragimova, Pariroy Anorboyeva, Ofiyatxon Usmonova singari buvijonlar ham soğlomlaştiriş maşqlarini bajarib, öz salomatliklarini tiklamoqdalar.
Bir söz bilan aytganda, Andijon şahridagi mazkur markaz yoşi uluğ buvijonlar salomatligini mustahkamlaş, ularning jismoniy va maʼnaviy faolligini oşiriş yölida samarali faoliyat olib bormoqda. Uşbu taşabbusning kelgusida yanada keng quloç yoyib, öz safida köplab nuroniy onaxonlarni jamlaşi, soğlom hayot sari yetaklaşi şubhasizdir.
Şavkat SULTONOV,
“Nuroniy” muxbiri.