Sog'lom hayot kechirish uchun to'g'ri ovqatlanish g'oyat muhim. Turkiyalik mutaxassis dietolog Gönül Tuba Tarıkahya Ciğerli bu borada 10 ta oltin qoidani quyidagicha ta'kidlaydi:

– Ertalab uyg'ongandan so'ng 1 soat ichida nonushta qilish kerak. Nonushta stolida, albatta, pishloq, pomidor, bodring, zaytun, tuxum, kepak yoki javdar noni bo'lsin.

– Tushlik va kechki ovqat uchun tovuq, baliq, kurka go'shtidan, albatta, tanovul qiling. Sog'lom turmush tarziga amal qiladigan kishilar haftada ikki marta baliq yeydilar.

– Ovqatlaringiz haddan tashqari yog'li va sho'r bo'lmasin.

– Har kun kamida ikki dona sabzavot va uch dona meva iste'mol qiling. Mevaning sharbatidan ko'ra, o'zini yeyish afzal.

–  Tushlik, kechki ovqat dasturxonida salat ham bo'lsin.

–  Har kun kamida bir hovuch yong'oq (pista, bodom, funduk) iste'mol qilish kerak.

–  Ziravorlar, ayniqsa, zanjabil va sarimsoq salomatlik uchun juda foydali.

–   Kamida 4 stakan/piyola choy iching. Chunki choy qondagi xolesterinni pasaytiradi;

–  Tana uglevod, protein, yog', vitamin va minerallarga ehtiyoj sezadi. Shu sababdan, parhez qilish tavsiya etilmaydi. Muntazamlik va me'yor kifoya;

– Tamaki va alkogol mahsulotlaridan uzoq turing.

Eng muhimi, nonushtani unutmang, (ertalabki tamaddini o'tkazib yuborish miyani zaiflashtiruvchi omillardan sanaladi). Meva va sabzavotlarni, go'sht mahsulotlarini, yong'oqlarni hafta davomida muntazam iste'mol qilish kerak. Zararli odatlardan voz kechish zarur. Agar e'tibor bersangiz, shakar haqida mutlaqo so'z yuritilmagan. Ya'ni shakarni ratsiondan butunlay chiqarib tashlagan ma'qul. O'rniga asal, meva va sabzavotlar tavsiya etiladi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan