Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 mart kunidagi  “Keksa avlod vakillarini har tomonlama qöllab-quvvatlaş hamda ularning ijtimoiy faolligini oşirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida” gi 92-sonli hamda 2024 yil 25 noyabrdagi “Kambağallikdan — farovonlik sari” dasturini amalga oşirişga faol nuroniylarni jalb etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi 405-sonli Qarorlarida mahallalarda soğlom turmuş tarzini tarğib qiliş, keksa yoşdagi fuqarolar uçun mos keladigan sport tadbirlarini taşkil etiş, ularni jismoniy tarbiya va sport bilan şuğullanişga jalb qiliş vazifalari belgilangan.

Mazkur hujjatlarda yuklatilgan vazifalarning ijrosini taʼminlaş, keksa avlod vakillarining maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlarida faol iştirokini yölga qöyiş maqsadida qator taşabbuslar ilgari surilmoqda. “Salomatlik uçun 5 ming qadam”, “Mahallamiz sportçi nuroniylari” kabi tadbirlar şunday loyihalar sirasiga kiradi. Ayni yönalişda Toşkent viloyati Quyiçirçiq tumanida nuroniylar örtasida tumanlararo futbol musobaqasi taşkil etildi.

Musobaqada “Quyiçirçiq — Xalqobod”, “Oqqörğon — Xalqobod”, “Quyiçirçiq — Çinoz”, “Oqqörğon — Çinoz” jamoalari özaro bellaşdilar. Qizğin ötgan bahslarda umumjamoa hisobida Quyiçirçiq tumani nuroniylarining qöli baland keldi. Öyinda, ayniqsa, jamoa sardori Raşid Majidov, hujumçilar — Ikrom Kazixanov, Murod Alijonov, Asad Ziyodullayevlar jonbozlik körsatdilar.

Tomoşabinlar, yoşlar nuroniylardagi bunday ğayrat-şijoatdan öz hayratlarini yaşirolmadilar. Keksalikka böy bermaydigan ğayratli nuroniylar har tomonlama, hatto sportda ham yoşlarga örnak bölişda davom etmoqdalar.

Öz muxbirimiz.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan