Andijon viloyati Jalaquduq tumanidagi Yorqişloqda umrguzaronlik qilayotgan Muhammadkarim ota Bötayev 65 yoşda bölişiga qaramay, haligaça turnikda qiyinçiliksiz tortiladi, otjimaniya, boksni ham eplaydi. Bir söz bilan aytganda, çapdast, çaqqonligi bilan unça-munça yoş-yalangni ortda qoldiradiganlardan. Ertalablari saharmardondan turib, 4-5 kilometr masofaga yugurib keladi.

Kun davomida sport bilan hamohang uy yumuşlari: çorva boqiş, tomorqaga qaraş, issiqxonada meva-sabzavotlarni yetiştiriş bilan band böladi. Bir neça qutida asalari boqib, undan asal oladi. Şuning uçun bölsa kerak, otaxon hamon bardam-baquvvat. Sözlari aniq, ötkir. “Kasal bölib ozgina yotib qolsam, dardga yon bermaslik kerak, deb özimda kuç topaman. Aslini olsangiz, hadeganda kasal bölib qolmayman. Hali 70 yoşda ham qirçillama yigitdek bölib yuraman”, — deydi nuroniyning özi.

Muhammadkarim otaning 5 nafar qizi bor. “Öğlim yöq bölsa ham, qizlarim unça-munça öğilning örnini bosadi, — deydi otaxon. — Nevaralarim bilan kelib, hol-ahvolimizdan xabar olib turişadi, işlarimizga kömaklaşişadi, umrlari uzoq bölgurlar”.

Otaxonning aytişiça, u yoşligidan serharakat bölgan. U daraxtdan-bu daraxtga tirmaşib, çiqib yurgan. Hozir ham daraxtga 8 metrgaça balandlikka çiqa oladi.

Muhammadkarim ota ayoli Robiyaxon aya bilan dehqonçilik, çorvaçilik ortidan rözğorini but qilib, xonadon tomorqasidan yiliga ikki marta hosil oladi. Aksar oziq-ovqat mahsulotlarini özlari yetiştirgani sabab, tez-tez bozor-öçarga tuşişga ham töğri kelmaydi. Hatto oila ehtiyojidan ortgan mahsulotlarni bozorga çiqarişadi.  Qişloq ahli keksa nuroniyning şu yoşida ham tinib-tinçimasligi, işlab çarçamasligi, hamma işga ulgurişiga qoyil qoladi. Otaxonga köra, bularning barçasi sport bilan şuğullanişi sababidan.

— Ayolim baʼzida “Ehtiyot böling, hadeb turnikka osilavermang, belingizni ösal qilib qöymang tağin”, deb koyib beradi. Ammo, aksinça, sport bilan muntazam şuğullaniş ham tanani, ham ruhni kuçli qiladi, — deydi  otaxon xuşçaqçaqlik bilan.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan