1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni

Jonajon Özbekistonimizning tinçligi va ravnaqi, xalqimizning turmuş farovonligini oşiriş yölida uzoq yillar özining  fidoyi mehnati bilan hurmat-eʼtibor qozonib, keksalik gaştini surayotgan faxriy nuroniylarimiz juda köp. Ibrohim Qobilov ana şunday nuroniylarimizdan biriDIR.  faxriy ustoz — köplab  şogirdlarning murabbiysi.

Ibrohim Qobilov 1937 yil 20 martda Surxondaryo viloyatining Denov tumanidagi Xöjasoat qişloğida dehqon oilasida tuğilgan. Otasi Karimbobo dehqonçilik bilan şuğullangan. Onasi Qurbonoy aya uy bekasi bölgan.

Otaxon bolalik va yoşlik davrlarini şunday eslaydilar:

—  Ikkinçi jahon uruşi. Juda oğir yillar edi. Katta akam Yaxşiboy 20 yoşida, izidan 19 yoşli Donaboy akam frontga ketişdi. 1943 yilda 18 yoşli Jalil akam uruşga ketdi. Ikki akam uruşdan nogiron bölib qaytdi. Yaxşiboy akam esa frontda halok böldi. Yaşaş oğir edi. Bir uşoq non topişni orzu qilardik. Keçga atala qiliş uçun dalalarga çiqib, boşoq, har xil ösimliklarning donini terib kelardik. Bittagina şolça gilamimiz bor edi. Şuni ham qismat bizga köp kördi. Bir kuni brigada boşliği kelib, “Men bundan qop tiktirib, buğdoy solib, frontga yuboraman!” — deb olib ketdi. Biz esa yerda qoldik. Kiyim-keçak yöq edi, bir dona köylakni avvaylab, qöşnilar bilan almaştirib, töyga, öqişga kiyib borar edik. Yaşaş tarzimiz ayançli ahvolda edi. Ayrim yoşu qari oçlik, kasallik sabab hayotdan köz yumardi. 1956 yilda 10-sinfni tamomlab, Termiz şahridagi pedagogika texnikumiga öqişga kirib, uni 1957 yilda tugatdim. Keyin esa Xöjasoat qişloğidagi 43-maktabda boşlanğiç sinf öqituvçisi bölib işladim. Öqiş davrida sportga juda qiziqib, yuguriş va kuraş musobaqalarida faol qatnaşib, Respublikada birinçi örinlarni olib, sport ustasi bölganman. 1962-1966 yillarda Qarşi pedagogika institutining tarix fakultetida öqib, oliy maʼlumotga ega böldim. Maktab direktori lavozimlarida ham işlab, “Xalq maʼorifi aʼloçisi”, “Katta öqituvçi” unvoni, bir qança mukofot hamda taşakkurnomalar sohibiga aylandim.

Ibrohim ota xotiralaridan sözlarkan, özi tarbiyalab öqitgan şogirdlaridan biri — Özbekiston xalq yozuvçisi Toğay Murod haqida faxr bilan gapiradilar. Yana bir taniqli şogirdlaridan biri şifokor olim Mengboy Omanov edi. Aslida otaxonning şogirdlari juda köp.

Toğay Murodni eslaganlarida  bir nafas jim bölib, şunday dedilar: “…Bir safar darsimda nazar solsam, Toğaymurod eski bir kitobni öqib ötirgan ekan. Yoniga kelib, tanbeh bermoqçi böldim. Şunda, “Ustoz, men adabiyotga juda qiziqaman boşqa fanlarga nisbatan, iltimos yordam qiling!” —  degan edi. Men indamadim, darsimni davom ettiraverdim. Töğrisözligi uçun hurmat qilib, nasihat berib, yaxşilik sari yetaklaganman. Keyinçalik har safar Xöjasoatga kelganida biznikiga ham kelardi. Soatlab suhbat qurardik. El dardi bilan yaşagan, haqiqatparvar, bir sözli yigit edi”.

Otaxonning şogirdlaridan yana biri — Odil Xamrayev iqtisod fanlari doktori, Xudoyqulov Sadriddin Karimoviç esa iqtisodiyot universiteti prorektori. Bu röyxatni yana davom ettiriş mumkin.

Otaxonning oilaviy hayoti ham ibratli, albatta. Turmuş örtoği Mengul aya Qobilova 1946 yilda tuğilgan. Uy bekasi. Ikkalalari birgalikda

9 nafar farzandni oq yuvib-oq tarab östirdilar. Hozirgi kunda farzandlar turli sohalarda işlab, obrö-eʼtibor topib kelmoqdalar.

Ustoz murabbiy “Xöjasoat” mahalla fuqarolar yiğini “Keksalar maslahati” guruhi hamda  tumanimizdagi “Nuroniylar” jamoatçilik kengaşi aʼzosi bölib,  maʼnaviy-maʼrifiy işlarimizda hamişa faol iştirok etadilar.

Yoşlar bilan uçraşuvlarda  doimo özining uzumi va mayizlari bilan dong taratgan, mehmondöst, uluğ sahoba Saʼd Ibn Abu Vaqqos nomlari bilan ataladigan Xöjasoat qişloği şaʼniga doğ tuşirmaslikni, unga munosib böliş uçun yangi yutuqlar sari hamişa intiliş lozimligini  taʼkidlaydilar.

Şuningdek, Ibrohim ota mahalladagi keksa-yu yoş örtasida tarğibot işlarini olib borişda, yoşlarni nurli kelajak sari yetaklaşda faol maslahatçi sifatida ibrat bölmoqdalar.

Ustozni tabarruk 90 yoş hamda 1 oktyabr — Öqituvçi va murabbiylar kuni bilan samimiy tabriklab, u kişiga sihat-salomatlik, oilaviy baxt-saodat, farzandu yaqinlar, şogirdlar kamolini körib, ularning ardoğida yurişni tilab qolamiz.

Omonturdi Esanov,

Oltinsoy tumani faol nuroniysi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan