Prezident taşrifi — yangi imkoniyatlar uçun mustahkam zamin

Özbekiston va Janubiy Koreya munosabatlari bugun mutlaqo yangi mazmun kasb etmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi Prezidenti Li Çje Myonning taklifiga binoan, 2026 yil 13-16 sentyabr kunlari uşbu mamlakatga davlat taşrifi bilan bordi. Seulda oliy martabali mehmonni tantanali kutib oliş marosimi bölib ötdi. Davlatimiz rahbari Li Çje Myon bilan tor doirada va kengaytirilgan tarkibda muzokaralar olib bordi. Taşrif doirasida ilk bor ötkazilgan “Markaziy Osiyo — Koreya Respublikasi” sammitida hamkorlikning beş strategik yönalişi böyiça taşabbuslar ilgari surildi.

Abduqodir TOŞQULOV,

Termiz davlat universiteti rektori,

iqtisodiyot fanlari doktori, professor

Muzokaralar yakunida ikki davlat Prezidentlari huzurida hujjatlar töplami almaşildi. U transport, aviatsiya, qişloq xöjaligi, turizm, sunʼiy intellekt, texnik kömak, tibbiy mahsulotlarni tartibga soliş, atrof-muhitni muhofaza qiliş, intellektual mulkni himoya qiliş, arxiv işi kabi sohalarni qamrab oldi.

Taʼlim borasidagi hujjatlar oliy, maktab va maktabgaça taʼlimga taalluqli bölgani alohida ahamiyatga ega. Özbekiston – Koreya biznes-forumida ikki mamlakatning 300 nafardan ortiq vakili iştirok etdi, yangi sanoat, texnologik va investitsiya loyihalari eʼlon qilindi, Özbekiston – Koreya sanoat-texnologik alyansini tuziş taklif qilindi. Bularning barçasi mamlakatimiz uçun yangi iqtisodiy va texnologik imkoniyatlar oçadi.

Biroq masalaning prinsipial jihati şundaki, oliy darajadagi siyosiy muloqotlar faqat davlatlararo munosabatlarning strategik ustuvorliklarini belgilab qolmay, ularni hududiy taraqqiyot va institutsional hamkorlik resurslariga aylantiriş uçun ham şart-şaroit yaratadi. Prezidentimiz taşrifi natijasida kengaygan hamkorlik imkoniyatlarining amaliy qimmati, avvalo, ularning taʼlim, ilm-fan va iqtisodiyot örtasida yangi aloqalarni şakllantirişi bilan belgilanadi. Surxondaryoda Koreya Respublikasi bilan boşlangan taʼlim sohasidagi muloqotga biz aynan şu nuqtai nazardan yondaşmoqdamiz.

Koreya tajribasi — Surxondaryoda

Prezidentimizning Janubiy Koreyaga davlat taşrifidan söng yuzaga kelgan qulay siyosiy-iqtisodiy muhit hududlar va oliy taʼlim muassasalari darajasidagi taşabbuslarni amaliy mazmun bilan boyitişga xizmat qilmoqda. Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimovning Janubiy Koreya bilan iqtisodiy, investitsiyaviy va taʼlim sohalarida hamkorlikni rivojlantirişga qaratilgan taşabbusi şu jarayonning hududiy ifodasidir. Ana şu izçillik doirasida amalga oşirilgan safarimizda bir qator taʼlim muassasalari faoliyati bilan tanişdik, universitetlar rahbarlari, professorlar va mutaxassislar bilan muloqot qildik. Ayniqsa, Sedjong universiteti bilan Termiz davlat universiteti örtasida uzoq muddatli va amaliy hamkorlikni yölga qöyiş masalalariga eʼtibor qaratildi.

Muzokaralarda hamkorlikning quyidagi ustuvor amaliy yönalişlari belgilab olindi:

Termiz davlat universitetida koreys tili taʼlim yönalişini oçiş va koreys tilini örganiş imkoniyatlarini kengaytiriş;

TOPIK imtihon markazini taşkil etiş;

qöşma taʼlim dasturlarini amalga oşiriş, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvini rivojlantiriş;

sunʼiy intellekt, kompyuter texnologiyalari, kiberxavfsizlik, xalqaro biznes, raqamli taʼlim, zamonaviy tibbiyot va agrotexnologiyalar sohasida hamkorlik.

 Şörçidan — Sedjong universitetigaça

Safar davomida bizga Sedjong universitetida faoliyat yuritayotgan Şörçi tumanidan yetişib çiqqan hamyurtimiz, professor Otabek Jörayev hamrohlik qildi. Olis Koreyada, nufuzli universitetda surxondaryolik olimning ilmiy-pedagogik faoliyat olib borayotganini köriş kişida faxr tuyğusini uyğotadi. Hamkasblari unga çuqur hurmat bilan munosabatda bölişini körib, havasimiz ortdi.

Safarimiz davomida viloyat hokimi Uluğbek Qosimov bilan videomuloqot ham taşkil etildi. Unda viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalari yoşlari hamda Koreyada tahsil olayotgan yurtdoş talabalarimiz iştirok etdi. Biz Koreyada, yoşlarimiz esa Surxondaryoda. Minglab kilometr masofa, ammo bitta muloqot maydoni. Koreyadagi talabalarimiz u yerdagi taʼlim muhiti, talablar va öz tajribalari haqida sözladi, surxondaryolik yoşlar esa qiziqtirgan savollariga bevosita javob oldi.

Boylikni yer ostidan emas, yer ustidan izlagan mamlakat

Bugun global taraqqiyotning eng barqaror omili nima, degan savolga rivojlangan davlatlar tajribasi muştarak javob beradi: inson kapitali va taʼlim. Iqtisodiyotning keça ustuvor bölgan tarmoği texnologik transformatsiya taʼsirida raqobat mavqeini yöqotişi mumkin. Biroq yuqori intellektual salohiyatga ega, innovatsion fikrlaydigan, özgarişlarga moslaşuvçan, texnologiyani nafaqat özlaştiradigan, balki yaratadigan avlod mamlakatning strategik ustunligidir. Janubiy Koreya mazkur qonuniyatni öz taraqqiyot amaliyotida yaqqol namoyon etgan davlatlardan biridir.

Seulning zamonaviy meʼmorçiligi, jahon bozorida raqobatbardoş koreys texnologiyalari, avtomobil va elektronika sanoati, ilmiy-tadqiqot infratuzilmasiga nazar taşlagan kişi bundan yetmiş yil muqaddam mamlakat qanday murakkab ijtimoiy-iqtisodiy şaroitda bölganini tasavvur qilişi qiyin. Koreya uruşidan keyin işlab çiqariş va infratuzilma izdan çiqqan, resurs bazasi çeklangan edi. Ana şunday vaziyatda taraqqiyotning ustuvor resursi sifatida inson salohiyati tanlandi. Bizningça, “Koreya möʼjizasi”ning asosiy saboqlaridan biri şu. Albatta, mazkur yuksaliş sanoatlaştiriş, eksportga yönaltirilgan strategiya, investitsiya, texnologiya transferi, davlat va xususiy sektor hamkorligi kabi omillarning özaro taʼsiri natijasidir. Biroq ularning barçasini harakatga keltiruvçi kuç malakali insondir.

Koreya modelida taʼlim iqtisodiy siyosatdan ajralgan mustaqil sohagina bölib qolmadi. “Maktab – universitet – ilmiy tadqiqot – işlab çiqariş” örtasida uzviy institutsional aloqalar şakllandi. Iqtisodiyot ehtiyojlari tadqiqot kun tartibini belgiladi, ilmiy natijalar esa yangi mahsulot va texnologiyalarga aylandi.

Biz rivojlangan mamlakatlarning köpinça tayyor natijasini – tezyurar poyezdlar, robotlaştirilgan korxonalar, aqlli şaharlar va kuçli universitetlarni köramiz. Holbuki, bu yutuqlarning poydevorida ön yillar davomida şakllangan bilim iqtisodiyoti, taʼlim sifati va institutsional madaniyat yotadi.

Eng katta tajriba — taʼlimga  munosabatda

Janubiy Koreyaga xizmat safarida eʼtiborimizni faqat zamonaviy kampuslar yoki laboratoriyalar emas, balki ularning samaradorligini taʼminlayotgan boşqaruv tafakkuri ham tortdi. Nega koreys yoşlari taʼlimga yuksak masʼuliyat bilan yondaşadi? Universitet mehnat bozorining istiqboldagi talabini qanday prognoz qiladi? Ilmiy işlanmalarning tijoratlaşuvi nima hisobidan jadallaşadi? Oliy taʼlim, biznes va sanoat örtasidagi hamkorlik qanday mexanizmlarga tayanadi? Bu savollar Koreyadan özlaştirişimiz lozim bölgan asosiy tajriba texnologiyaning özi emas, balki uni yuzaga keltiradigan muhit ekanini anglatadi.

Bu mamlakatda taʼlim diplom beriş tizimidan kengroq mazmunga ega: u mehnat intizomi, masʼuliyat, raqobatbardoşlik va natijadorlik madaniyatini şakllantiradi. Xalqaro bozordagi koreys brendlari zamirida moliyaviy kapital bilan birga intellektual kapital ham mujassam. Har bir yuqori texnologik mahsulot ortida muhandis, dasturçi, tadqiqotçi va pedagogning uzoq yillik mehnati bor.

Demak, Koreya tajribasining fundamental xulosasi şuki, iqtisodiy modernizatsiyaning barqarorligi, avvalo, inson kapitalining sifatiga boğliq.

Koreyadan nimani örganişimiz kerak?

Xalqaro tajribani transformatsiya qilişda metodologik bir şartni hisobga oliş zarur: mamlakatlarning tarixiy rivojlaniş yöli, demografik tarkibi, milliy qadriyatlari va institutsional muhiti bir xil emas. Şu bois, Koreya modelini mexanik tarzda köçiriş ham ilmiy, ham amaliy jihatdan maqbul emas. Biz uçun muhim masala — mazkur modelning samaradorligini taʼminlagan tamoyillarni mahalliy şaroitga moslaştirişdir. Ular orasidan törtta ustuvor yönalişni ajratiş mumkin.

Birinçidan, taʼlim xarajat emas, uzoq muddatli ijtimoiy-iqtisodiy investitsiyadir. Uning qaytimi qisqa davrda töliq namoyon bölmaydi. Maktabga yönaltirilgan mablağ yillar ötib malakali kadrlarda, universitetga kiritilgan investitsiya esa innovatsiya, mehnat unumdorligi va yuqori qöşilgan qiymat yaratilişida öz ifodasini topadi.

Ikkinçidan, taʼlim va real iqtisodiyot integratsiyasini çuqurlaştiriş lozim. Surxondaryoda agrosanoat, logistika, turizm, axborot texnologiyalari, qayta işlaş va xizmatlar sohasi rivojlanişi közda tutilar ekan, universitet kadrlar tayyorlaşni ana şu tarmoqlarning istiqbolli talabiga muvofiq rejalaştirişi zarur. Oliy taʼlim nafaqat mavjud mehnat bozoriga moslaşişi, balki kelajak iqtisodiyoti uçun kompetensiyalar şakllantirişi kerak.

Uçinçidan, nazariy bilim va amaliy kompetensiyalar uzviyligini taʼminlaş şart. Talabaning işlab çiqariş muhiti bilan tanişuvi diplom olgandan keyingina boşlanmasligi lozim. Iş beruvçilar ehtiyoji taʼlim dasturlari mazmuniga integratsiya qilinişi, amaliyot esa formal talab emas, kasbiy tayyorgarlikning natijador mexanizmiga aylanişi darkor.

Törtinçidan, professor-öqituvçi va olimning institutsional mavqeini kuçaytiriş zarur. Zamonaviy bino va qimmat laboratoriya öz-özidan taʼlim sifatini kafolatlamaydi. Ularning samarasi pedagogning mahorati, tadqiqotçining ilmiy salohiyati va talabaning intellektual faolligi bilan belgilanadi.

 Universitet hudud taraqqiyotidan çetda turmasligi kerak

 Zamonaviy universitetning missiyasi diplomli mutaxassis tayyorlaş bilan çeklanmaydi. U hududning intellektual va innovatsion rivojlaniş markazi bölişi lozim. Hududiy investitsiya loyihalari kadrlar buyurtmasini, ijtimoiy muammolar tadqiqot yönalişlarini, tarmoqlardagi texnologik özgarişlar esa taʼlim dasturlarini belgilaşi kerak. Rivojlangan davlatlar amaliyotida hudud ehtiyoji universitet uçun ilmiy vazifaga, iqtisodiy strategiya esa taʼlim mazmuniga aylanadi.

Bu yondaşuv Surxondaryo uçun alohida ahamiyatga ega. Viloyat agrar salohiyati, turistik va tarixiy-madaniy resurslari, çegaraoldi savdo hamda tranzit-logistika imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Mazkur yönalişlarda Termiz davlat universiteti quyidagi vazifalarni amalga oşirişni öz oldiga maqsad qilib qöygan:

– Qişloq xöjaligi. Issiq iqlim şaroitiga mos zamonaviy agrotexnologiyalar, suvni tejaş usullari va mahsulotni qayta işlaş böyiça mutaxassislar tayyorlaş, fermer va klasterlarga ilmiy maslahat beriş;

– Turizm va nomoddiy madaniy meros. Surxondaryodagi tarixiy-madaniy merosni örganiş hamda tarğib qiliş, çet tillarini, jumladan, koreys tilini biladigan gid va xizmat körsatiş kadrlarini tayyorlaş;

– Logistika va xalqaro savdo. Çegara şahri bölgan Termizda xalqaro biznes, bojxona va logistika böyiça amaliy bilimga ega mutaxassislarga ehtiyoj ortib bormoqda;

– Raqamli texnologiyalar. Kiçik biznes va mahalliy boşqaruvni raqamlaştiriş, sunʼiy intellekt va kiberxavfsizlik böyiça kadrlar va loyihalar.

– Yoşlar va bandlik. Talabalarga korxonalarda amaliyot, tadbirkorlik va startap loyihalarini qöllab-quvvatlaş, bitiruvçilarning öz viloyatida munosib iş topişiga kömaklaşiş.

Eng muhimi, bugun universitet hokimlik, işlab çiqariş korxonalari va fermer xöjaliklari bilan tizimli muloqot örnatib, amaliy muammolarni tadqiqot mavzulari va taʼlim dasturlariga transformatsiya qiliş yölida dadil odimlamoqda.  Koreya bilan akademik hamkorlik bu jarayonga yangi ilmiy-metodik imkoniyatlar beradi. Qöşma dasturlar, akademik mobillik va tadqiqot loyihalari Surxondaryoning aniq iqtisodiy ehtiyojlariga yönaltirilsa, universitet oddiy kadrlar tayyorlaş muassasasidan hudud taraqqiyotining strategik hamkoriga aylanadi.

Möʼjizaning eng katta siri

 “Koreya möʼjizasi”ni aynan takrorlab bölmaydi: har bir mamlakatning institutsional va tarixiy taraqqiyot trayektoriyasi öziga xos. Biroq uning muvaffaqiyatini taʼminlagan qonuniyatlardan ijodiy foydalaniş mumkin. Koreya tajribasi iqtisodiy ösişning uzoq muddatli asosi inson kapitaliga işonç va taʼlimga izçil investitsiya ekanini körsatadi. Maktabga kiritilgan sarmoyaning natijasi universitetda, oliy taʼlimga yönaltirilgan mablağning samarasi esa iqtisodiyot, ilm-fan va aholi turmuş sifatida namoyon böladi.

Şu nuqtai nazardan, Koreya taʼlim tajribasini Surxondaryoga tatbiq etiş tayyor tizimni köçiriş emas, balki taʼlim, ilm-fan, mehnat intizomi va natijadorlikka munosabatni institutsional jihatdan yangilaşni anglatadi.

Bunday tizimli özgarişlar vaqt va izçillik talab etadi. Asosiy mezon esa bitta: hamkorlik rasmiy hujjatlarda qolmasdan, har bir yoş uçun real taʼlim va kasbiy ösiş imkoniyatiga aylanişi şart. Şu maʼnoda, bugun universitet koreys tili taʼlimini sifatli taşkil etiş, malakali pedagoglarni jalb qiliş, xalqaro sertifikatlaş imkoniyatlarini kengaytiriş, qöşma dasturlarni amaliy bosqiçga ötkaziş, akademik mobillikni rivojlantiriş, qöşma ilmiy-texnologik loyihalarni yölga qöyiş kabi tizimli vazifalarni  asosiy maqsad sifatida  belgilab olgan.

Bir vaqtlar Şörçidan çiqqan Otabek Jörayevni ilm yöli Sedjong universitetiga olib borgan bölsa, bugun biz Sedjong universitetining ilmiy va taʼlim imkoniyatlarini Surxondaryoga olib keliş uçun harakat qilyapmiz. Hamkorlikning eng muhim maʼnosi ham şunda.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan