Joylardagi ezgu taşabbuslar, el-yurt ravnaqiga qaratilgan xayrli işlar mahallalarning qiyofasini özgartirib, odamlarning ertangi kunga bölgan işonçini yanada mustahkamlamoqda. Samarqand viloyati Toyloq tumanida bölib ötgan maʼrifiy tadbirlarda ham bu öz ifodasini topdi.
Tumandagi “Sariosiyo” mahallasi Qötirbuloq qişloğida haşar yöli bilan barpo etilgan muazzam nuroniylar çoyxonasi bugungi kunda mahalla keksalarining mazmunli hordiq çiqarişi, diydor gurungi uçun zamin sifatida xizmat qilmoqda. Mazkur maskanda nuroniylar, buvijonlar hamda “mahalla yettiligi” vakillari iştirokida taşkil etilgan davra suhbati samimiy ruhda ötdi.
“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, senator, Özbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev, jamğarmaning Samarqand viloyati hamda Toyloq tumani bölimi vakillari iştirok etgan mazkur tadbirda keksa avlod vakillarini eʼzozlaş, ularning boy hayotiy tajribasi, ibratli hayot yöli va maʼnaviy merosidan yoşlar tarbiyasida samarali foydalaniş, şuningdek, mahallada tinçlik-totuvlik, özaro hurmat va hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlaş masalalari muhokama qilindi. Suhbat davomida mahallada nuroniylarning jamiyat hayotidagi faolligini oşiriş, ularni yoşlar bilan işlaş jarayonlariga keng jalb etiş, oilalarda soğlom maʼnaviy muhitni qaror toptiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Sözga çiqqan mahalla raisi Namoz Hojimatov, faol nuroniylar Öktam Şodiyorov va Töraqul Toşniyozovlar amalga oşirilgan keng kölamli bunyodkorlik işlari, aholi farovonligini oşiriş, hududni obodonlaştiriş, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni yanada soğlomlaştiriş borasidagi taşabbuslar hamda ayni paytda davom etayotgan ezgu işlar xususida töxtalib ötdilar.
Özaro birdamlikni yanada mustahkamlaş, oqsoqollarning oqilona maslahatlaridan amaliy faoliyatda samarali foydalaniş borasida olib borilayotgan ibratli işlar haqida maʼlumot berildi.
Maʼrifiy tadbirdan söng mehmonlar şu qişloqda istiqomat qiluvçi II guruh nogironligi bölgan va ijtimoiy reyestrga kiritilgan Şarob Murodullayev xonadonida bölişdi.
U uç nafar farzandning otasi, turmuş örtoği esa uy bekasi. Davlat tomonidan yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar va qöllab-quvvatlaşlar natijasida joriy yilda u öz oilaviy tadbirkorligini yölga qöydi. Ayni paytda xonadonda 3 mingdan ortiq parranda parvarişlanmoqda va buning hisobidan oyiga 10 million sömdan ziyod daromad olinyapti.
Ijtimoiy reyestrdagi yana bir oila — Hamroqul Toğayev xonadoni ham taşrif dasturidan örin oldi. Muloqot çoğida oilaning yaşaş şaroiti, mavjud muammolari va ehtiyojlari örganildi. Şu yerning özida oilaga har tomonlama kömak körsatiş yuzasidan masʼullarga tegişli vazifalar belgilab berildi.
Kunning ikkinçi yarmida “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi, senator, Özbekiston Qahramoni Sodiqjon Turdiyev iştirokida tumanning “Örtaqişloq” mahallasida joylaşgan Amir Temur xiyobonida faol nuroniylar bilan uçraşuv taşkil etildi.
Suhbat davomida sözga çiqqanlar yoşlar tarbiyasi, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlaş, oilalardagi nizolar va ajrimlarning oldini oliş, töy-maʼrakalarni ixçam va isrofgarçiliksiz ötkaziş kabi dolzarb masalalarga alohida töxtaldilar.
Şuningdek, Yurtboşimiz tomonidan keksa avlod vakillariga körsatilayotgan yuksak eʼtibor va ğamxörlik, nuroniylarning jamiyat hayotidagi örni va faolligini oşiriş borasida yaratilayotgan imkoniyatlar haqida atrofliça fikr yuritildi.
Bunday uçraşuvlar avlodlar örtasidagi maʼnaviy riştalarni mustahkamlaş, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va nuroniylarning boy hayotiy tajribasidan yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaşda muhim omil bölayapti.
Bahodir Qiliçev,
Samarqand viloyati.