Til — millatning ruhi, xalqning bebaho maʼnaviy boyligi va özligini namoyon etuvçi buyuk qadriyatdir. Jumladan, ona tilimiz ham xalqimizning köp asrlik tarixi, boy madaniyati, urf-odatlari va ezgu anʼanalarini özida mujassam etgan.
1989 yil 21 oktyabrda Özbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni qabul qilingan. Uşbu qonun öşa davrda xalqimizning mustaqillik uçun qöyilgan dastlabki qadami bölgan, desak aslo mubolağa bölmaydi. Qonun moddalarida “Özbekiston Respublikasining davlat tili özbek tili” ekanligi va Özbekiston Respublikasi hududida istiqomat qiluvçi barça millat va elatlarning tillari, urf-odatlari va anʼanalari hurmat qilinişi belgilanganligi muhim ahamiyat kasb etgan.
2020 yil 10 aprelda Özbekiston Respublikasining “Özbek tili bayrami kunini belgilaş töğrisida”gi qonunning qabul qilinişi esa xalqimizning dilidagi, orzusidagi iş bölgan edi. Uşbu qonun bilan har yili 21 oktyabr sanasi mamlakatimizda “Özbek tili bayrami kuni” sifatida keng nişonlanadi.
Millatning nufuzi ana şu millat, xalq tilining qançalik keng tarqalganligi, mukammalligi, ommalaşganligi, boy va sofligi bilan belgilanadi. Şu maʼnoda, aytiş joizki, ona tilimiz — özbek tili ham asrlar oşa öz sofligini, öziga xos jihatlarini saqlab, sayqallanib, yaşab kelayotgan dunyodagi önlab tillardan biri hisoblanadi. Ona tilimiz millatimiz körki, ğururi sifatida xalqaro miqyosda eʼtirof etilgan. Ayniqsa, Prezidentimizning BMT Boş Assambleyasining onlayn tarzda ötkazilgan 75-sessiyasida, şuningdek, 78-sessiyasida özbek tilida nutq sözlaganligi ona tilimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oşirdi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Beruniy tumanidagi 39-sonli umumiy örta taʼlim maktabida bayram munosabati bilan “Til — millat körki, maʼnaviyat közgusi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir bölib ötdi.
Tadbir davomida maktab öquvçilari tomonidan şeʼr, kuy-qöşiqlar ijro etilib, sahna körinişlari namoyiş qilindi. Şu bilan birga, ularning til haqidagi bilimlari ham sinovdan ötkazilib, özaro bellaşuv taşkil qilindi. Bellaşuvlarni keksa nuroniylar baholab bordilar.
Dastur yakunida ğolib bilimdonlar hamda faol iştirokçilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Umidjon Eşpölatov.