Toşkent şahar Yunusobod tumani “Sevinç” mahallasidagi 250-sonli umumtaʼlim maktabida “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri ötkazildi.
Tadbir “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi, “Buvijonlar maktabi”, taʼlim, maʼnaviyat va maʼrifat, madaniyat bölimlari hamkorligida taşkil etildi.
Unda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi boş mutaxassisi Xusniya Samsakova, jamğarmaning tuman bölimi raisi Iqbolxon Aşrapova, “Buvijonlar maktabi” rahbari Zamira Hamidova, tuman madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat bölimlari xodimlari, Afğon uruşi qatnaşçilari, nuroniylar, öqituvçi va öquvçilar jamoalari iştirok etdilar.
Uçraşuv davomida faxriylar öz hayotiy tajribalari, ilm oliş, kasb-hunar egallaşning ahamiyati haqida sözlab, yoşlarni vatanparvarlik, odob-axloq va ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalaş masalalariga alohida eʼtibor qaratdilar.
Şuningdek, uçraşuvda mamlakatimiz hamda xalqaro sport musobaqalarida iştirok etib kelayotgan maktab öquvçilari öz yutuqlari bilan örtoqlaşib, tengdoşlariga örnak böldilar.
Tuman madaniyat bölimi vakillari hamda havaskor yoşlar özlarining badiiy çiqişlari bilan tadbir iştirokçilariga kötarinki kayfiyat ulaşdilar.
Uçraşuv iştirokçilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.
Maysara Nazarova.