— deydi xalq taʼlimi aʼloçisi, Marğilon şahar “Buvijonlar maktabi” guruhi aʼzosi Xadiçaxon aya Sotvoldiyeva
Bugungi kunda global miqyosda katta ahamiyat kasb etayotgan kuç manbalaridan biri — inson omili, uning yuqori salohiyati, bunyodkorlik, yaratuvçanlik, liderlik xususiyatlari bölmoqda. Bugun mamlakatlar siyosiy, iqtisodiy taraqqiyot yölida ayni şu omillarga köproq tayanmoqda. Öz navbatida, ilm-fan, taʼlim kuçli şaxslarni, maʼrifatli, yuqori saviyali, yuksak did va salohiyatli qatlamni şakllantirişga xizmat qiluvçi omil ekanini hisobga olsak, mazkur jarayonda taʼlimning ahamiyatini çuqurroq his qiliş mumkin.
Şu maʼnoda, mamlakatimizda ham bugungi kunda taʼlim sifati masalasi davlat siyosatida ustuvor vazifalardan biriga aylangan. Muhtaram Prezidentimiz yoşlar, xotin-qizlar tahsilini samarali amalga oşiriş, bu borada har tomonlama qulaylik hamda şaroitlar yaratişga alohida eʼtibor qaratgani amalda öz samarasini körsatmoqda. Şu barobarda, yoş avlodni barkamol etib tarbiyalaşda, ularga sifatli taʼlim-tarbiya berişga xizmat qilayotgan maorif tizimining tajribali vakillari, ustoz-murabbiylarni yurtimizda köplab uçratiş mumkin.
Şunday faxriylardan biri Farğona viloyati Marğilon şahrida yaşovçi 75 yoşli onaxon Xadiçaxon aya Sotvoldiyevadir.
Xadiçaxon aya Sotvoldiyeva maorif tizimining köp yillik fidoyilaridan, mehnat faoliyatining salmoqli qismi ayni sohada keçgan. Aslini olganda, uning taʼlim sohasiga qiziqişiga otasining taʼsiri kuçli bölgan.
— Otam rahmatli “Öqinglar, öqisanglar, nonlaring butun böladi”, derdi doim. Şuning uçun biz, farzandlar hammamiz öqişga astoydil harakat qilganmiz. Özim Farğona davlat pedagogika instituti (hozirgi FarDU)ni bitirganman. Farzandlarim ham pedagogika yönalişda tahsil olib, bugungi kunda rus tilidan dars berişmoqda. Ön olti nafar nevaramning töqqiztasi qizlar, ular ham oliy taʼlimni bitirib, maktablarda öqituvçilik qilişmoqda. Danagidan mağzi şirin, deyişadi. Bolalarimning yutuğidan bir quvonsam, nabiralarimning kamoli ikki hissa xursand qiladi, — deydi onaxon şukronalik bilan. — Hozirgi kunda öqituvçilarga davlatimiz rahbari tomonidan şunday imkoniyatlar yaratib berilyaptiki, soha vakillari ulardan oqilona foydalansa, kam bölmaydi. Öz navbatida, Prezidentimizga minnatdorçilik bildiraman. Tom maʼnoda, taʼlimga katta eʼtibor beryaptilar. Farzandlarimiz neçta tilni örganaman desa, qaysi kasb-hunarga ğayrat körsatsa, yetarliça şaroitlar mavjud. Birgina misol, qançadan-qança maktab bitiruvçilari til sertifikatlarini olib, oliygohlarga qabul qilinmoqda.
Öqituvçilik maqomi ğoyat şarafli hamda masʼuliyatlidir. Zotan, jamiyatni tuzatiş uçun eng avval öqituvçi va ota-onalarni tarbiyalaş zaruratini inobatga olsak, butun jamiyat taraqqiyotida öqituvçi, murabbiylarning iştiroki katta rol öynaydi.
Xadiçaxon aya nafaqat maktabda bolalarga taʼlim-tarbiya beradi, balki mahalla hayotida ham faol iştirok etadi. “Buvijonlar maktabi” guruhi aʼzosi sifatida ijtimoiy masʼuliyatni çuqur his etib, mahallaning yoşlarga oid, şuningdek, oilalar bilan boğliq masalalarida munosib namuna körsatadi. Xususan, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida muammoli yoşlar bilan işlaş, ularning bandligini taʼminlaşga kömaklaşiş, xotin-qizlarni iş bilan taʼminlaş, ajrimlarning oldini oliş, mahallada ijtimoiy muhitni yaxşilaş kabi masalalarda guruhning boşqa aʼzolari qatori Xadiçaxon ayaning ham munosib hissasi bor.
Quvonarlisi, hozirgi kunda Xadiçaxon aya kabi öz mahallasining farzandlari taqdiriga befarq bölmay, ularni töğri yölga boşlaş uçun keksa yoşida ham saʼy-harakatdan töxtamayotgan nuroniylarimiz safi tobora kengayib bormoqda.
Suğdiyona SOBIROVA.