Zokirjon Rahmonov,

“Nuroniy” jamğarmasi Farğona viloyati bölimi raisi, Oliy Majlis Senati aʼzosi.

Bu yil mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligini katta tantana bilan nişonladik. Uşbu bayram tantanalarida mustaqillik yillaridagi, ayniqsa, sönggi ön yil mobaynida erişilgan yutuqlarimiz eʼtirofi qalblarimizni faxrga töldirdi.

Yillar tezoqar daryoday şiddat bilan ötib boryapti. Özbekiston davlat mustaqilligi eʼlon qilingan kun — 1991 yil 31 avgust sanasi keçagiday yodimda. Istiqlol ğoyalarini himoya qiliş oson keçmagan. Bu yölda xalqimiz boşidan keçirgan maşaqqatlar, talotöplar yodimizdan aslo çiqmaydi.

Istiqlolimizning ön yilliklarini soltiştirar ekanman, iqtisodiy-ijtimoiy, maʼnaviy-maʼrifiy taraqqiyotimizning keyingi odimlari, iqtisodiy-ijtimoiy sohalardagi yutuqlardan könglim faxrga töladi va şunday dorilomon kunlarga yetkazgani uçun Yaratganga şukronalar aytaman.

Xöş, oxirgi yillardagi taraqqiyot mezonlari nimalarda körinadi? Yaxşi bilamizki, heç qaysi davlat öz holiça rivojlanmaydi. Prezidentimizning uzoqni közlab olib borayotgan içki va taşqi siyosati tufayli qöşni va qator rivojlangan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarning keng yölga qöyilgani, valyutani erkin ayriboşlaş, tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va ularga yaratilayotgan qator imtiyozlar, xorijiy investorlar uçun imkoniyatlar eşigi oçib berilişi ana şu mezonlarning asosi böldi, desam, haqiqatni aytgan bölaman. Buni qarangki, 2017 yilda Farğona viloyatiga investitsiya kiritgan davlatlar soni bor-yöği uçta bölsa, bugunga kelib, 35 tadan oşdi. Ular orasida Xitoy, Turkiya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, AQŞ kabi rivojlangan davlatlar sarmoyadorlari yetakçilik qilmoqda.

Farğona viloyatida sanoat korxonalari oxirgi yillarda 2,8 barobarga köpayib, 13 mingtaga yetgani ham bu boradagi aniq maqsadni közlab amalga oşirilgan islohotolar samarasidir. Sanoat, xizmat körsatiş, quriliş va qişloq xöjaligi sohalarida 1182 ta loyiha işga tuşirilib, 100 minglab yangi iş örinlari yaratildi. Ötgan yili eksport geografiyasi 22 ta davlatga kengayib, farğonalik işlab çiqaruvçilar bozori uçun yangi imkoniyatlar oçilgani köpni, juda köp yillar sinovlaridan ötgan keksa avlod vakillarini, ayniqsa, xursand qilmoqda. Negaki, yurtimizdagi farovonlik, obodlik farzandlarimiz, nevaralarimizning hayotida öz ifodasini körsatmoqda. Yangi-yangi korxonalar oçilib, yangi iş örinlari paydo bölişi natijasida xalqimiz hayotiga obodlik, farovonlik kirmoqda.

Biz, keksa avlod vakillari yaxşi bilamizki, ilgari hududlarning investitsiya salohiyatini oşiriş böyiça hozirgidek keng imkoniyatlar yöq edi. Bugun esa birgina “Qöqon” erkin iqtisodiy sanoat zonasi misolida oladigan bölsak, bu yerga qiymati 980 million dollar bölgan 147 ta investitsiya loyihasi joylaştirilgan. Ötgan davr mobaynida 120 ta sanoat korxonasi tomonidan 3 trillion 904 milliard sömlik mahsulot işlab çiqarilib, 137,9 million AQŞ dollari miqdorida eksport qilingani viloyatimiz sanoat salohiyatining neçoğli ortib borayotganini körsatib turibdi.

“Yangi Özbekiston — raqobatbardoş mahsulotlar yurti” dasturi doirasida eksportçi korxonalar har jihatdan qöllab-quvvatlanyapti. Işlab çiqariş korxonalari faoliyatini rivojlantiriş maqsadida, Janubiy Koreya Respublikasining Asan şahrida “Farğona investitsiyalar va savdo uyi” oçilişini ilgari tasavvur ham qilolmaganmiz. Bu, bizning mahalliy mahsulotlarimiz Koreya bozoriga kirib borişi hamda işlab çiqaruvçilarga mahsulotlarni töğridan-töğri eksport qiliş imkoniyatini bermoqda.

Farğona darvozasiga tutaş katta maydonda xitoylik investorlar iştirokida qurilayotgan “Yevro-Osiyo” bozori Farğona taraqqiyotiga munosib hissa qöşişiga işonamiz. Yaqin ötmişda ham aksariyat xöjaliklarda paxta hosildorligi nari borsa, 20-25, köpida undan ham past bölardi. Prezidentimiz rahnamoligida keyingi yillarda qişloq xöjaligida çuqur islohotlar amalga oşirildi: yerlarni soğlomlaştiriş, xorijiy tajribalarni örganiş va qöllaş, paxtaçilikka zamonaviy texnika va texnologiyalarni keng joriy etiş, dehqonçilik madaniyatini oşirişga eʼtibor kuçaytirilgani şarofatidan agrar tarmoqda umidbaxş buriliş yasaldi. Birgina misol keltiray: Yozyovon tumanidagi mirişkor dehqon otasining izidan borgan umidli yoşlardan Abduvohid Obidov boşliq “Mezon” fermer xöjaligi uç yildan buyon xitoy texnologiyasi asosida çigit ekib, parvarişlab, ötgan yili gektaridan 75 sentnerdan paxta hosili oldi. Qoyil, deysizmi?! Boşoqli don hosildorligi 130 sentnerga yetganiga nima deysiz?! Viloyatimizda bunday fermerlar safi tobora kengayib boryapti va bu qişloq ahli turmuş darajasida öz aksini topib turibdi.

Prezidentimizning qişloq xöjaligidagi yana bir umidbaxş islohotlari paxta maydonlari qisqartirilib, ular örniga iqtisodiy samaradorligi yuqori uzum, meva va boşqa ekinlar ekilişiga keng yöl oçilayotgani dehqon va sohibkorlarning dilidagi iş böldi. Endilikda ekişdan boşlab, saralaş, qadoqlaş, qayta işlaş va eksport qilişgaça bölgan töliq zanjirni qamrab oluvçi zamonaviy agromarkazlar taşkil etilmoqda. Avvallari dehqonu sohibkorlar yetiştirgan mahsulotlariga bozor topolmay sarson bölişgan. Bugungi kunda Farğonamizda mahsulotlarni xarid qiliş, saqlaş, qayta işlaş, eksportga çiqariş bilan boğliq mukammal tizim yaratildi.

Hududda qayta tiklanuvçi energiya manbalari hamda ikki bosqiçli suv tejovçi texnologiyalar örnatilgan. 110 gektar maydonda intensiv boğdorçilik, çorvaçilik va baliqçilikni qamrab olgan kompleks tarmoq rivojiga xizmat qilyapti. Quyoş panellari nafaqat elektr bilan taʼminlaydi, balki ekin uçun soya vazifasini ham ötaydi. Şu orqali ösimliklar ildizi atrofidagi namlikni saqlaydi. Bu, öz navbatida, suv tejamkorligiga xizmat qiladi. Uşbu ajoyib zanjir halqasi haroratni meʼyorda uşlab turiş orqali quyoş panelining barqaror işlaşini taʼminlaydi. Natijada suv sarfi 40, öğit sarfi 35, qöl mehnati 90 foizga kamayişi kuzatilgan, hosildorlik esa 25 foizga oşgan.

Farğonamizning qaysi sohasiga qaramang, ösiş, rivojlanişni köryapmiz. Hududimizning turizm salohiyati oxirgi yillarda jadal yuksalib borayotganiga hammamiz guvohmiz. Haqiqatan ham, vodiy gavhari bölgan göşamizning gözal tabiati kimlarni maftun etmaydi, deysiz. Şohimardondagi, “Karkidon” suv ombori atrofidagi quriliş va bunyodkorliklar, aqlingizni şoşiradi. Qadim Marğilonning taqir daştliklardan iborat massivida şaxsan Prezidentimiz bergan ğoya asosida qisqa muddatda bunyod etilgan “Burhoniddin Marğinoniy” nomi bilan atalgan majmuadagi gözal meʼmoriy yeçimlar,  neça ming yillik tarixni köz oldingizda gavdalantirgan ramzlarni körar ekansiz, inson aqlu zakovatiga tasannolar aytasiz, albatta. Majmuaning oçiliş marosimida iştirok etib, tabrik nutqi sözlagan davlatimiz rahbariga farğonaliklar öz minnatdorliklarini tölqinlanib izhor etdilar. Bugun bu yer nafaqat mamlakatimiz, balki xorijiy sayyohlarni ham çorlayotganiga guvohmiz.

Viloyatimizning öziga xos yangi timsoli bölgan ekoşahar — “Yangi Özbekiston” massivi qurib bitkazildi. Köz öngimizda dunyoning megapolislari bilan böylaşayotgan, şarqona latofat, zamonaviy şaharsozlik va landşaft arxitektura anʼanalari bilan uyğunlaşgan muhtaşam uy-joy massivi böy körsatdi. Bu yerda yaşaş istagidagi yurtdoşlarimiz safi kundan-kun ortib bormoqda. Şaharlarimiz qiyofasini tubdan özgartirib yuborayotgan fayzli va obod köçalar, baland imoratlar xalqimizning fazilatiga xos bunyodkorlik va yaratuvçanlikning yorqin timsolidir.

Köhna Farğonaning janubiy sarhadlariga tutaş, yaqin yillargaça bir giyoh unmagan, toş-şağaldan iborat dala-daştda yangi şahar qurilişining birinçi bosqiçi öz yakuniga yetdi. Umumiy maydoni 300 gektar maskanda 2800 xonadondan iborat 75 ta köp qavatli uy-joy qurib bitkazildi. Ikkinçi bosqiçda yana 25 ta köp qavatli uy foydalanişga topşirilişi hisobiga 1350 oila yangi uy bilan taʼminlanadi.

Keyingi yillardagi hayotbaxş islohotlarning namunasi sifatida Qöqon şahridagi eski yoğ-moy zavodi örnida aholi turmuş darajasini kötariş, farovonligini oşiriş maqsadida qurilgan yangi şaharça bugun nafaqat şahar, balki viloyatimiz körkiga aylandi. “Aziztepa” mahalla fuqarolar yiğinidagi “Movarounnahr”, “Xöjand” va “Istiqlol” köçalari kesişmasidagi “Yangi Özbekiston” massivida 6 ming 335 ta xonadonli 83 ta köp qavatli uylar qad kötardi. Uylarning har jihatdan arzon va sifatli bölişi inobga olingan. Uylar tejamkor quyoş panellari bilan taʼminlandi. Quriliş, obodonlaştiriş bilan boğliq işlar jamoatçilik nazorati asosida örganib borildi. Endi hammasi bir joyda mujassam. Uylarning birinçi va ikkinçi qavatlarida bolalar boğçasi, maktab, tibbiy xizmat, savdo va xizmat körsatiş tarmoqlari qurilayotgani aholiga har tomonlama qulaylik tuğdiradi.

Hunarmandlar şahri bölgan Marğilon yillar davomida uy-joy masalasida muammolar girdobida qolib, bir hovlida uç-törtadan oila yaşaşga majbur edi. Endi hammasi özgardi. Yaydoq dala-daştda qad kötargan majmuaga ulanib ketgan, şundoqqina şoh yöl böyidagi “Yangi Özbekiston” massivi qurilişi qadim kentga yangi hayot nafasini olib kirdi. Bu yerda zamonaviy turmuş tarzi uçun zarur bölgan barça infratuzilma barpo qilingan. Ularni kuzatib, xalqning orzu-umidlari uşalayotgan şunday betakror yurtda yaşayotganingga şukronalar qilasan odam. Hammasi gözal, betakror. Odamlarning dunyoqaraşi, kayfiyati ham şunga munosib özgarib borayotganini körib-bilib turibmiz.

Darhaqiqat, davlatimizning eng katta boyligi, bu — mehnatkaş, ijodkor, yaratuvçi xalqimizdir. Ana şu xalqning duogöyi bölgan, boşidan issiq-sovuqni köp ötkazgan biz, nuroniylar yuqorida tilga olgan yangilanişlarga osonlikça erişilmayotganini hammadan köra yaxşiroq idrok etamiz. Şuning uçun bölsa kerakki, Yangi Özbekistonni bunyod etişda, Uçinçi Renessans poydevorini qöyişda yoşlarni bilim çöqqilariga intiliş, kuraşuvçanlik, zamondoşlarimizni ona Vatanga sadoqatli bölişga daʼvat etuvçi, yurtimiz va elimizga omonlik, obodlik tilab qilayotgan duolarimiz barobarida, özimiz ham şu jarayonlarda faol iştirok etişga harakat qilyapmiz. Ijtimoiy davlatimizda biz, keksalarga körsatilayotgan eʼzozu eʼtibor farğonalik nuroniylarni ham şunday yaşaşga çorab turibdi.

Sakson yoşni ortda qoldirsa ham, ilm-fan taraqqiyoti yölida izlanayotgan, bir neça önlab şogirdlar ustozi, Farğona davlat universiteti professori Turğunoy Egamberdiyeva, anorçilik sirlarini butun dunyoga yoyayotgan, Respublikada xizmat körsatgan qişloq xöjaligi xodimi, quvalik Masturaxon Sayfutdinova oziq-ovqat mahsulotlari yetiştirişdagi yutuqlari uçun Birlaşgan Millatlar Taşkilotining “Jahonning 100 nafar ayol qahramoni” röyxatidan munosib örin egalladi. Yetmiş yoşida ham tadbirkorlik qilib, tinib-tinçimayotgan, yoşlarning öqişi, yuriş-turişiga hamişa boş-qoş bölib, “Bir nuroniy — ön yoşga masʼul” tamoyili asosida hozirgaça 100 nafardan ortiq yoşni hunarmandçilik va boşqa yönalişlarda iş bilan taʼminlanişiga erişgan Furqat tumanilik Muhammadali Eşonqulov, oltiariqlik maʼnaviyatçi, yoşlarni ajdodlarimiz merosidan bahramand etiş yölida bor salohiyatini bağişlayotgan, qator kitoblar muallifi Vahobjon Azimov, jamğarmamiz qoşidagi “Buvijonlar maktabi” sardori Diloromxon Muhamedova, 1000 örinli maktab qurib bergan qöqonlik  tadbirkor Ahmadjon ota Xalilov singari önlab, yuzlab faxriylarimiz nomini ehtirom bilan tilga olgim keladi.

Nuroniylarimiz bugun xalqimizni dorilomon kunlarning qadriga yetib, şukronasiga butun dunyoda nufuzi tobora ortib borayotgan Yangi Özbekistonga sadoqat bilan xizmat qilişga undamoqdalar. Işonç bilan ayta olamanki, biz, farğonaliklar Prezidentimiz rahnamoligida mamlakatimizda davom etayotgan islohotlar samarasidan ruhlangan holda, faollik va fidoyilik körsatib, el-yurt manfaatlarini taʼminlaş yölida kamarbasta bölamiz.

 

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan