Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş “Nuroniy” jamğarmasining kambağallikni
qisqartiriş umummilliy harakatida faol iştirok etişlari uçun yurtdoşlarimizga murojaati

Hurmatli yurtdoşlar!

Jannatmonand yurtimiz — Özbekistonning bugungi va kelgusidagi taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yölidagi islohotlar zamirida, eng avvalo, inson qadru qimmatini yuksaltiriş, har bir vatandoşimizning baxtli-saodatli, farovon va mazmunli yaşaşiga erişişdek ezgu ğoya mujassam.

Davlatimiz rahbari Şavkat Mirziyoyev Prezident bölib saylangan ilk kunlardanoq xalqimizning erkin, farovon, baxtli-saodatli yaşaşi uçun zarur şaroit hamda imkoniyatlarni yaratişni öz oldiga oliy maqsad qilib qöydi.

Jonajon Vatanimizning tinçligi, osoyiştaligi, xalqimiz farovonligi yölida Özbekistonimiz tarixida mutlaqo yangi, xalqçil islohotlar hayotga tatbiq etildi. Bugungi kunda barçamiz ularning natijasini öz hayotimiz, farzandlarimizning orzu-niyatlari röyobida körib turibmiz.

Yaqin-yaqingaça Özbekistonda aholining kambağallik darajasi haqida deyarli gapirilmasdi. Yillar davomida aholi örtasida kambağallik tufayli yuzaga kelgan muammolarga köz yumib kelindi. 2020 yilda Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev mamlakat aholisining kambağal qatlami mavjudligini, bu borada juda muhim islohotlar amalga oşirilişi zarurligini kun tartibiga olib çiqdi. Davlatimiz rahbarining uşbu masalaga jiddiy, şaffof munosabat bildirib, uni asosiy kun tartibiga olib çiqişining özida katta bir maʼnaviy jasoratni körib turibmiz.

Prezidentimiz taşabbusi bilan yurtimizda kambağallikni qisqartiriş, aholi bandligini taʼminlaş, xalqimiz turmuşini yaxşilaş yölida qilingan tizimli işlar va islohotlar natijasida joriy yil boşida 5,8 foizni taşkil etgan kambağallik darajasi bugungi kunga kelib, 3,9 foizga tuşdi. Ehtiyojmand aholi soni 2,2 milliondan 1,5 millionga kamaydi.

Bugunga kelib, Prezidentimiz taşabbusi bilan kambağallikni qisqartiriş umummilliy harakatga aylanmoqda. Bu oddiy harakat emas! Bu mamlakatimizning yangi taraqqiyoti sari qöyilayotgan ulkan qadamdir! Bu xalqimiz farovonligi yölida bir tan- bir jon bölib harakat qilişimizga undovçi çorlovdir!

Aziz yurtdoşlar, piru badavlat nuroniylar, hoji ota, hoji onalar, “mahalla yettiligi”, “buvijonlar maktabi” faollari, ota-onalar, yoşlar, barça-barçamiz ana şu umummilliy harakatda faol iştirok etaylik!

Muhtaram nuroniylar!

Sizlar yurtimizning, mahallalarning maʼnaviy ustunlarisiz! Ikkinçi jahon uruşi yillaridagi maşaqqatli hayot, uruşdan keyingi yillardagi oçarçilik, qimmatçilik davrlarini körgansiz! Eng oğir davrlarda ham xalqimiz bir tanu bir jon bölib, ahillik, hamjihatlikda, bir-biriga mehr-oqibat körsatib, sinovlardan ötgan kunlarni yaxşi eslaysiz!

Vaholanki, öşa davrlarda xalqimiz kambağallikning eng oğir davrini boşidan keçirgan edi. Oyoqqa turiş, farzandlarni baxtli-saodatli köriş uçun ota-onalar, bobo-buvilar qançalik maşaqqatli mehnat qilganiga guvoh bölgansiz!

Bugungi saodatli kunlarimizda yoşlarga, eng avvalo, tinçlik-osoyiştalik va tökin-soçinlik qadrini tuşuntiraylik! Kambağallik ayb emas, kambağallikdan çiqişga urinmaslik, mehnat qilmaslik ayb ekanini qöni-qöşnilarimiz, mahalla-köydagi yaqinlarimizga uqtiraylik.

Şukrlar bölsinki, mamlakatimizda ijtimoiy himoya tizimi yaxşi yölga qöyilgan. Yangilangan Konstitutsiyamizda Özbekiston ijtimoiy davlat deb eʼlon qilindi. Davlatimiz qiynalib yaşayotgan, turmuş şaroiti oğir keksalar, nogironlar, boquvçisini yöqotgan oilalar va ularning farzandlari turmuş şaroitlarini yaxşilaş uçun barça imkoniyatlarni yaratmoqda. Afsuski, tört muçasi soğlom böla turib, arzimagan dardini rökaç qilib, işlamay, atrofdagilardan yordam kutib, boqimandalik kayfiyatiga tuşib qolayotgan hamyurtlarimiz ham oramizda bor ekani açinarli holdir!

Xalqimizda “Quş uyasida körganini qiladi” degan naql bor. Afsuski, boqimandalik kayfiyatiga tuşgan xonadonlar farzandlari ham şu illatga örganib qolmoqda. Ularga farzandlari baxtu saodati uçun harakat qilişlari kerakligini biz Ikkinçi jahon uruşining eng oğir yillarida ham juda katta mehnat evaziga janggohlardagi millionlab askarlarni oziq-ovqat va kiyim-keçak bilan taʼminlagan xalqning farzandlari ekanimizni tuşuntiraylik!

Uşbu amaliy saʼy-harakatlar jarayonida boqimandalikni “kasb” qilib olgan xonadon egalari bilan bevosita işlab, ularning dunyoqaraşini tamomila özgartiriş, ongi va qalbida mehnatga, işlaşga iştiyoqni oşiriş, aniq bir ezgu maqsad yölida harakatga keltiriş, taʼbir joiz bölsa, “uyğotiş” zarur. Buning uçun siz özingizdagi bor bilim-malaka va tajribadan şu qadar ustalik bilan foydalanişingiz lozimki, ular “davlat va hukumat menga nima berdi?” deb emas, balki “Men öz kuçim, bilim, iqtidorim va mehnatim bilan, avvalo oilamga, undan keyin mahallamga, Vatanimga nima bera olişim mumkin?!” degan savolni köndalang qöyişi kerak. Işonç bilan aytiş mumkinki, bugun öziga şunday savol bergan kişi aslo boqimandalikka berilmaydi, aksinça, bunyodkorlik, yangilaş va yaratiş yölidan boradi. Şu yölda izlanadi va natijalar qayd etadi.

Şunday ekan, boqimandalik ularning farzandlariga meros bölib ötmasligi uçun tarğibot işlarimizni kuçaytiraylik! Tarğibotni vazifa emas, balki maşğulot deb bilişimiz lozim. Zero, doimiy odatga, maşğulotga aylangan har bir ezgu iş öz samarasini bermay qolmaydi.

Hurmatli imom-xatiblar, otinoyilar!

Sizlar hamişa xalqimizning issiq-sovuq maʼrakalarida, quvonçli va qayğuli kunlarida odamlar orasida bölasiz. Ilmu maʼrifatingiz bilan minglab yurtdoşlarimizni töğri yölga boşlaysiz. Bugungi kunda mahallalarda ayrim toifa odamlar orasida paydo bölayotgan dangasalik, boqimandalik kayfiyati jamiyatimiz uçun oğriqli muammo ekanini yaxşi bilasiz!

Muqaddas hadislardagi “Bergan qöl olgan qöldan xayrliroqdir” degan purhikmat sözlarni bugun atrofimizda yaşayotgan, öz muammolarini hal etişni boşqalar zimmasiga yuklab, boqimandalik kayfiyatiga berilayotgan ayrim hamyurtlarimizga tuşuntiraylik!

Zero, ona xalqimiz “Mehnat bilan topilgan non eng totli neʼmatdir” degan naqlni bejiz aytmagan. Har bir insonni halol mehnati, izlanişi, salohiyatini yuzaga çiqarişi evaziga topadigan daromadi va şu orqali odamlarga manfaatli bölişi özgaça zavqlantiradi. Bu hayot zavqini his etiş ham saodatga yetaklovçi omil ekanini juma maʼruzalari va maʼrifiy yiğinlarda odamlarga hayotiy hikmatlar bilan tuşuntiraylik! Baraka omillari, kambağallikni keltirib çiqaruvçi zararli odatlar va illatlar haqida yurtdoşlarimizga keng tuşunça beraylik!

Oramizda ehsonini oşkor etmaydigan badavlat, tadbirkor, barakali insonlar bor. Ularga ham işlaşga şaroiti böla turib, ehson kutib yaşayotgan oilaga kundalik taomini berişdan köra, şu oila aʼzolarini işga yönaltiriş, kasb-hunar örgatib, iş bilan taʼminlaşning savobi ulkanroq ekanini uqtiraylik. Muqaddas dinimizda sadaqai joriya orqali odamlar aynan mana şunday xayrli işlarga tarğib etilganini yaxşi bilamiz.

Şu bilan birga, peşona teri evaziga topgan mablağlarini orzu-havas yölida havoga sovurayotgan hamyurtlarimiz ham yöq emas. Töy va boşqa oilaviy marosimlarini dabdabali ötkaziş uçun, maşinasiga boşqalarnikiga öxşamaydigan raqam oliş, hatto çaqaloğini tuğruqxonadan olib çiqiş uçun juda katta miqdordagi pullarini sarflab yuborayotgan, keyin esa qarzga botib qolayotganlar atrofimizda yaşamoqda. Tejamkorlik barakaning kaliti ekanini ularga tuşuntiraylik. Ixçam va çiroyli töylar, oilaviy tadbirlarni taşkil etişda özimiz boşqalarga ibrat bölaylik.

Hurmatli vazirlik va idoralar, hokimliklar mutasaddilari!

Kambağallikni qisqartiriş umummilliy harakatini amalga oşirişda, xalqimiz hayotiga bugungi islohotlarni olib kirişda, ayniqsa, sizlarning iştirokingiz juda muhim.

Prezidentimiz raisligida 11 sentyabr kuni kambağallikni qisqartiriş işlarini keyingi sifat bosqiçiga olib çiqiş masalalari muhokamasiga bağişlab ötkazilgan videoselektor yiğilişida bu borada sizlarga yangi vazifalar belgilab berildi. Prezidentimiz bundan buyon hukumatdan tortib, tuman taşkilotigaça barça böğindagi rahbarlarning kundalik işi oilalarni kambağallik şaroitidan olib çiqiş bölişi kerakligini taʼkidladi.

Bu yil har bir mahalla töliq xatlovdan ötkazilişi, “kambağal oilalar portreti” işlab çiqilişi, oilalarni kambağallikdan olib çiqiş bilan şuğullanişda har bir mutasaddi taşkilot vakillari vijdonan işlaylik.

Mahallalardagi şaroitlarni yaxşilaş, kelasi yili mahallalar infratuzilmasini rivojlantiriş, şaroiti eng oğir 300 ta mahallada suv nasoslari va quyoş panellari örnatiş, 500 ta mahallada elektr, yöl, internet va boşqa infratuzilma masalalari hal etilişi ham kambağallikni qisqartiriş yölidagi salmoqli qadamlar böladi.

Birgina Qöşrabot tumanida aholining 1,5 mingi tomorqada band bölgani bilan suv muammoligi uçun kam hosil olayotgani, 610 nafari tadbirkor bölgani bilan faoliyatini kengaytirişga imkoniyat yöqligi bois, daromadi yetarli emasligi, 660 nafari kasbiy könikmasi yöqligi sababli işsiz ekanini Prezidentimiz alohida taʼkidladi.

Bunday muammolar yurtimizning barça hududlarida mavjud. Ularga yeçim topiş, aholi örtasida kambağallikni qisqartirişda masʼuliyatni his etib Prezidentimizga kamarbasta bölaylik, sergaklik va ğayrat-şijoat namunasini körsataylik.

Nuridiydalarimiz bölgan qadrli yoşlar!

Sizlar yurtimiz kelajagining egalarisiz!

Mamlakatimizda sizlarning ilm olişingiz, salohiyatingizni yuzaga çiqarişingiz, baxtli-saodatli yaşaşingiz uçun keng imkoniyatlar yaratilgan. Ulardan unumli foydalaning. Dunyoda bu şaroit va imkoniyatlarni orzu qilib yaşayotgan qançadan-qança imkonsiz yoşlar borligini unutmang!

Qança köp öqib-örgansangiz, jamiyatga aralaşib, el-yurtga manfaatli bölişga urinsangiz, şaxs sifatida takomillaşib boraverasiz. “Parij — 2024” Olimpiadasi ğoliblari, ayniqsa, “Parij — 2024” Paralimpiya öyinlari iştirokçilari va ğoliblari ham sizlarning tengdoşlaringiz. Ularning Olimpiada öyinlari, Paralimpiya bahslariga yetib borişining özi katta ğalaba! Bu yölda qilingan mehnatlar oson bölmagan. El-yurtning suyumli öğil-qizi böliş yölida ulardan ibrat oling. Ona Vatan şonu şarafini qalbiga jo etib intilganlar hamişa el-yurtning ardoğiga va baxtli hayotga erişişini unutmang!

Siz ham imkoniyat va salohiyatingizni yuzaga çiqariş yölida harakat qiling. Sport, sanʼat, madaniyat, ilmu maʼrifat yölida intiling. Ota-bobolaringiz asrab-avaylab kelayotgan kasb-hunarlarni puxta egallang. Xalqimizda “Ota kasbida baraka bor” degan gap bejiz aytilmagan! Eng avvalo, oilangizga kelayotgan baraka yöllarini örganing. Tengdoşlaringizni ham ğayratli, şijoatli bölişga çaqiring. Afsuski, bugun orangizda öz orzu-maqsadlarini aniq belgilay olmagan yoşlar talaygina. Tört muçasi soğ böla turib, işlamayotgan, biror kasb-hunarning boşini tutmaganlar bor. Barakaning kaliti mehnatda ekanini ularga tuşuntiring. Sizlarning bugungi saʼy-harakatlaringiz, orzu-intilişlaringiz bevosita ona Vatanimiz kelajagini belgilab berişini unutmang!

Hurmatli usta boğbonlar, bobo dehqonlar!

Özbekistonimizning har bir qariç yeri oltinga tengdir. Siz yer bilan tillaşiş sanʼatini puxta egallagan hayot akademiklarisiz!

Har bir oilaning içki imkoniyatlarini yuzaga çiqariş, ayniqsa, tomorqaçilikni rivojlantiriş, turli kasb-hunarlar orqali aholimizning daromad topişiga kömaklaşiş ham dolzarb vazifamiz.

Tomorqa beqiyos xazina ekanini yoş oilalar hayotiga singdiriş uçun bu borada “ustoz — şogird” anʼanalarini hayotga keng tatbiq etaylik. Har bir xonadonda kattami-kiçikmi, issiqxonalar qurib, pomidor, bodring, kökat va limon parvarişlaşni yoşlarga örgataylik. Mehnat ortidan keladigan qut-baraka, baxtli va fayzli hayot qadrini joylarda turli yiğin va maʼrakalarda, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarğib etaylik.

Mamlakatimiz aholisida yarim million gektarga yaqin tomorqa mavjud. Afsuski, undan haliyam töla foydalanişni bilmaydigan oilalar bor. Sayxunobod tajribasi, Uyçi tajribasi asosida tomorqadan qanday foydalanişni qöşnilarimizga, taniş-bilişlarimizga örgataylik. Tomorqa bizga Allohning buyuk neʼmati ekanini, undan samarali foydalanişimiz zarurligini uqtiraylik.

Prezidentimiz taşabbusi bilan lalmi, böz, yaylov va yangi özlaştirilgan yer maydonlaridan 60 ming gektar yer yoşlarga berildi. Ayni paytda davlatimiz rahbari yana 50 ming gektar yer 100 mingta kambağal oilaga bölib berilişini taʼkidladi.

Yoşlar va yoş oilalarga yer bilan tillaşişni, qayerga qanday ekin ekişni, ekinlarni qanday parvarişlaşni özimiz örgatmasak, ularning mehnati va harakati besamar ketaveradi. Yer bilan tillaşişni bilmasa, kambağal qanday boy bölsin?!

Atrofingizdagi qiynalib yaşayotgan, öziga munosib iş topa olmayotgan mahalladoşingizni yoningizga oling. Prezidentimiz taşabbusi bilan kambağallarga ajratiladigan yerlardan qanday foydalanişni ularga örgating.

Aziz hunarmandlar, yurtimiz iqtisodiyoti tayançi bölgan tadbirkorlar!

Sizlar hunarni asraş, uni keyingi avlodlarga yetkaziş böyiça xalqimizning azaliy qadriyatlarini uluğlab kelmoqdasiz. Biznes yuritişning, tadbirkorlikning turli yönalişlarida iş boşqarişning sir-asrorlaridan xabardorsiz.

Prezidentimiz aholini iş bilan taʼminlaş hamda kambağallikni qisqartirişda sizlarga katta işonç bildirmoqda.

Biz, keksa avlod vakillari yaxşi bilamizki, bugun, ayniqsa, sönggi yetti yilda tadbirkorlarga berilgan imkoniyatlar ilgari sira bölmagan. Garçi qonimizda tadbirkorlik bölsa-da, yaqin ötmişda, tadbirkorlik va hunarmandlik biznesi bilan şuğullangan odamlar qattiq qoralanar edi. Kimdir tadbirkorlik qilsa, “çayqovçi”, “olibsotar” degan tamğa qöyilardi. Öşa davrlarda oramizdan boy çiqmasin deb kuraşilar edi. Endilikda esa har bir insonning salohiyatini yuzaga çiqariş, boylarni köpaytiriş, kambağallikni qisqartiriş uçun yurtimizda juda katta harakatlar qilinmoqda.

Biroq “Qöldan berganga quş töymas” degan gap bejiz aytilmagan. Kambağallikdan qiynalgan oila vakillariga bir martalik yordam bergandan köra, ularni kasb-hunarli qilib, iş bilan taʼminlaş savobliroq amaldir.

El-yurtimiz farovonligi yölida hayotda öz yölini topa olmay, qiynalib, kambağallikdan aziyat çekib yurgan hamyurtlarimizni yoningizga oling, kasb-hunar örgatib, hayotda öz yölini topişiga kömaklaşing. Odamlarni iş bilan taʼminlaşni şarafli yumuş deb bilaylik.

Hurmatli “mahalla yettiligi” faollari!

Sizlar mahallaning pastu balandini, oilalarning moddiy imkoniyatlarini hammadan yaxşi bilasiz.

Davlatimiz rahbari mahalla tizimini mustahkamlaşga, mahallalarimizni obod qilişga alohida eʼtibor qaratmoqda.

Mahallada kambağallikni qisqartiriş, tadbirkorlik loyihalariga 35 trillion söm arzon kredit, 7 trillion söm subsidiya berilgan. Mahallalarni obod qiliş, boğça, maktab, tibbiyot, yöl, suv va elektr infratuzilmasi uçun 120 trillion söm ajratilgan.

Ötgan oyda yurtimizga Kambağallikni qisqartiriş böyiça xalqaro konferensiyaga kelgan 60 dan ortiq mamlakat ekspertlari Özbekiston qisqa muddatda yaratgan tajribani yuqori baholadi. Ammo respublikamizdagi 15 ta tumanda kambağallik 20 foizdan yuqoriligi körsatilmoqda. Bu tumanlarda kambağallikni qisqartiriş uçun uç yilda 1,7 trillion söm arzon kredit va subsidiya berilgan.

Bu eʼtibor zamirida ham inson manfaatlarini himoya qiliş, qadr-qimmatini yuksaltirişdek ezgu maqsad borligini mahalla ahliga tuşuntiraylik.

Oilalarga kirib, xonadonning işga yaroqli barça aʼzolarini mehnat qilişga, işlab, oilasini oyoqqa turğazişga ruhlantiraylik. Mehnat zavqini odam özida his qilmasa, oila boy bölmasligini tuşuntiraylik.

Aslida, hammaning ham farovon hayot keçirgisi keladi. Biroq bunday yaşaş uçun kimdadir bilim, könikma va tajriba yetişmaydi. Ana şunday oilalar vakillariga öz salohiyatini, bilim va könikmalarini oşirişga yordam beraylik! Zamonaviy kasb-hunarlarni örgataylik.

Mehnat qilişga qodir bölmagan, davlatimizning ijtimoiy himoyasiga muhtoj mahalladoşlarimizni ham qöllab-quvvatlaylik.

Idoralar, vazirliklar va hokimliklar bilan hamkorlikda “mahalla yettiligi” aholini daromadli işlarga joylaştiriş böyiça imkoniyatlar yaratildi. Bundan unumli foydalanaylik. Kambağal oila aʼzolari bilan dildan gaplaşib, kim nimaga qiziqişi va qanday yumuşga könikmasi borligini aniqlaylik.

Öziga işonçi yöqolgan, boqimandalik kayfiyatiga tuşib qolgan ayrim hamyurtlarimizni soğlom hayotga qaytariş “mahalla yettiligi”ning muhim vazifasiga aylansin!

Aziz hamyurtlar!

Şu obod va jannatmonand yurt hammamizniki!

Mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligi bayrami munosabati bilan xalqimizga yöllagan tabrigida Prezidentimiz: “Bugun şiddatli hayotning özi barçamizni yanada ulkan marralar sari daʼvat etmoqda. Öz kuçimiz va salohiyatimiz bilan barpo etgan mustaqil davlat, erkin va ozod jamiyatni yanada kuçli, yanada gözal va obod etiş boş vazifamizga aylanmoqda”, deya alohida taʼkidladi. Davlatimiz rahbari taʼbiri bilan aytganda, “yurtning kuçi birlikda, qadri esa tinçlikdadir”.

Bir bölsak — yagona xalqmiz, birlaşsak — Vatanmiz! Yangi Özbekistonimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yölida “Kambağallikdan — farovonlik sari” umummilliy harakatida faol iştirok etib, Prezidentimizga kamarbasta bölaylik.

Mahallalarimizda kambağallik darajasidagi oilalar qolmasligiga erişaylik. Yangi Özbekistonimizning barqaror rivojlanişi va taraqqiyotini taʼminlaşga har birimiz munosib hissa qöşaylik.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan