Rauf Parfi — Özbekiston xalq şoiri, mohir tarjimon, bir qator dunyo miqyosidagi mukofotlar sovrindori, özbek şeʼriyatiga yangilik oqimini olib kirgan maʼrifatparvar şoir. U 1943 yil 27 sentyabrda Toşkent viloyati Yangiyöl tumanining Şöralisoy qişloğida dunyoga kelgan.
Ayni kunlarda şoir tavalludiga 83 yil töldi. Şu munosabat bilan u tuğilib ösgan zamin — Yangiyöl tumanida maʼnaviy-maʼrifiy xotira keçasi ötkazildi.
“Kelajak markazi” binosida ötkazilgan tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisining birinçi örinbosari, taniqli jurnalist Şarof Ubaydullayev, ijodkorlar, tuman faollari hamda yoşlar iştirok etdi.
Tadbir davomida Rauf Parfining serqirra ijodiy faoliyati, özbek adabiyoti rivojiga qöşgan munosib hissasi va boy adabiy merosi haqida söz yuritildi.
Taʼkidlaş kerakki, Rauf Parfi şaxs erki, Vatan mustaqilligini kuylagan otaşqalb ijodkor edi. Uning jasorati 60-yillar uçun favqulodda hodisa edi. Şoirning “Karvon yöli”, “Aks-sado”, “Tasvir”, “Xotirot”, “Közlar”, “Qaytiş”, “Sabr daraxti”, “Sukunat” va “Tavba” kabi önlab şeʼriy töplamlari, şuningdek, adabiy qayd, ixçam tadqiqotlardan iborat kitoblari bugun inson qalbi, Vatan, ozodlik va maʼnaviyat tuyğularini teran ifoda etgan bebaho adabiy merosimizga aylangan.
Tadbirda şoir bilan boğliq xotiralar yodga olinib, uning ijodidan namunalar öqildi. Sözga çiqqanlar şoir şaxsiyati va ijodi xususida yoş kitobxonlarga köproq maʼlumot beriş, Rauf Parfi ijodini yoşlarga tuşunarli va oçiq bölişi imkonini oşiriş lozimligi haqida fikr yuritdilar.
Bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar yoş avlodni milliy adabiyotimizga hurmat, kitobxonlik va ijodga mehr ruhida tarbiyalaş, ularda maʼnaviy qadriyatlarga sadoqat tuyğusini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maysara Nazarova.