Inson hayotida avlodlar örtasidagi maʼnaviy boğliqlik, hayotiy tajriba va ezgu maqsadlarning avloddan-avlodga ötişi jamiyat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etadi. Keksa avlodning boy hayotiy tajribasi, örta avlodning taşabbuskorligi va yoşlarning şijoati bir maqsad yölida birlaşsa, bunday hamjihatlik yurt taraqqiyotining mustahkam tayançiga aylanadi.
Toşkent şahar Yunusobod tumanining “Billur” mahallasida “Yagona xalq, yagona Vatan, yagona maqsad!” şiori ostida navbatdagi “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri bölib ötdi.
Unda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi örinbosari Şuhrat Usmonov, jamğarmaning Toşkent şahar bölimi raisi, senator Rustam Kalonov, Yunusobod tumani hokimining birinçi örinbosari Avazbek Tölaganov, “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi raisi Iqbolxon Aşrapova, nuroniy otaxonu onaxonlar, örta va yoş avlod vakillari iştirok etdilar.
Oçiq va samimiy muloqot tarzida taşkil etilgan tadbirda “Billur” mahallasida istiqomat qiluvçi 85 yoşli olim, texnika fanlari doktori, professor, fantast yozuvçi va rassom Qudrat Döstmuhammad özining hayotiy tajribasi hamda ibratli saboqlari bilan örtoqlaşdi. Şuningdek, sportning beşkuraş turi böyiça xalqaro musobaqalar ğolibi, maktabni oltin medal bilan tamomlab, bugungi kunda Toşkent davlat yuridik universitetida davlat granti asosida tahsil olayotgan iqtidorli yoşlardan biri Samira Abzalova öz yutuqlari, maqsad va rejalari, hozirda yoşlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar haqida söz yuritdi.
Hozirda muhtaram Prezidentimiz taşabbuslari bilan yurtimizda faol nuroniylar iş olib bormoqdalarki, ularning bevosita iştirokida amalga oşirilayotgan loyihalar özining munosib samaralarini bermoqda.
Buning yorqin isbotini joylarda ötkazilayotgan “Uç avlod uçraşuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarida yaqqol körişimiz mumkin. Uşbu tadbirlar örta, ayniqsa, yoş avlod vakillari uçun öziga xos ibrat, hikmat va rağbat bölib xizmat qilayotganligi ayni taşabbuslarning ahamiyatini yanada oşirmoqda.
Şuningdek, poytaxtimizning Çilonzor tumanidagi 202-sonli umumtalim maktabida ham “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri ötkazilib, unda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi örinbosari Şuxrat Usmonov, poytaxtlik faol nuroniy va yoşlar iştirok etişdi.
Muloqotlar davomida nuroniylar yoşlarga özlarining boy hayotiy tajribalaridan sözlab, Vatanga sadoqat, ona yurtga çin dildan xizmat qiliş, xalq manfaatlari yölida fidoyilik körsatiş muhimligini aytib ötdilar.
Ularda iştirok etgan yoşlar olam-olam taassurotlarga ega böliş bilan bir qatorda, öz maqsadlarini yanada aniqlaştirib, kelgusidagi rejalarini yana bir karra mustahkamlab oldilar.
Hojiakbar Vapayev,
Toşkent şahri.