“Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi, Özbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi hamkorligida Guliston şahridagi harbiy qismlardan birida “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri ötkazildi.

Unda Özbekiston Qahramoni, senator, “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi raisi Sodiqjon Turdiyev, jamğarmaning Sirdaryo viloyati bölimi raisi Ötbosar Abdiyev, harbiy xizmatçilar, faxriylar, örta va yoş avlod vakillari  iştirok etdilar.

Tadbirda söz olgan masʼullar katta avlod vakillarining boy hayotiy tajribasi va ibratli yölini yoş avlodga yetkaziş, harbiy xizmatçilarda Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini mustahkamlaş ustuvor vazifalardan biri ekanligini taʼkidladilar.

Uç avlod vakillarini bir davrada jamlagan mazkur uçraşuvda Vatan tinçligi va osoyiştaligini asraş, mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlaş, yoşlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalaş borasidagi işlar xususida söz yuritildi. Nuroniylar öz hayotiy tajribalari, bosib ötgan yöllari, mehnat faoliyati davomida orttirgan saboqlari bilan örtoqlaşib, yoşlarni Vatanga munosib farzand bölişga, har bir işga masʼuliyat bilan yondaşişga çaqirdilar.

Öz navbatida, harbiy xizmatçilar ham yurtimizda tinçlik va barqarorlikni taʼminlaş, xalqimiz osoyiştaligini himoya qiliş yölidagi xizmatlari, harbiy qismda yaratilgan şaroitlar va kundalik faoliyatlari haqida sözlab berdilar.

Tadbir davomida yoşlar ham öz taassurotlarini bayon etib, savollariga nuroniylar hamda harbiy xizmatçilardan atrofliça javoblar oldilar.

Oybek Esirgapov,

“Nuroniy” jamğarmasi

Sirdaryo viloyati bölimi mutaxassisi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan