Katta avlodning hayotiy tajribasi — yoşlar tarbiyasida muhim maktab
Vatanga sadoqat, yurt tinçligi va xalq osoyiştaligini asraş, milliy qadriyatlarga hurmat bilan munosabatda bölişi — har bir avlod zimmasidagi muhim vazifa. Bu ezgu fazilatlarni yoşlar qalbiga singdirişda katta avlod vakillarining hayotiy tajribasi, ibratli yöli va samimiy nasihatlari alohida ahamiyat kasb etadi. Çinoz tumanidagi harbiy qismda taşkil etilgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbiri ham ana şu maqsadga xizmat qildi.
Tadbirda “Nuroniy” jamğarmasi respublika Boşqaruvi, jamğarmaning Toşkent viloyati hamda Çinoz tumani bölimi vakillari, Içki işlar organlari faxriylari, yoşlar hamda harbiy xizmatçilar iştirok etib, Vatanga muhabbat, fidoyilik va yuksak masʼuliyat xususida fikr almaşdilar.
Samimiy muloqot davomida faxriylar yoş harbiy xizmatçilarga özlarining boy hayotiy tajribalari haqida sözlab berdilar. Ular harbiy burçni şaraf bilan ado etiş, xizmat intizomiga qatʼiy rioya qiliş, har qanday vaziyatda masʼuliyatni his etiş, kasbga sadoqat va maʼnaviy barkamollik kabi fazilatlarning ahamiyatini alohida taʼkidladilar. Zero, harbiy xizmat nafaqat jismoniy çidam va kasbiy mahoratni, balki mustahkam iroda, yuksak vatanparvarlik tuyğusi va xalq oldidagi burçga sadoqatni ham talab etadi. Şu maʼnoda, faxriylarning hayot yöli va xizmat davomida orttirgan tajribalari yoşlar uçun öziga xos ibrat maktabidir.
Uçraşuvda yoş avlodni yurt taqdiriga daxldorlik hissi bilan tarbiyalaş, tinçlikning qadriga yetiş, xalq osoyiştaligini taʼminlaşdek şarafli vazifani çuqur anglaş masalalariga ham eʼtibor qaratildi.
— Avlodlar örtasidagi uzviylikni mustahkamlaş, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylaş va yoşlar tarbiyasida katta avlod tajribasidan samarali foydalaniş maqsadida “Uç avlod uçraşuvi” maʼrifiy tadbirlarini muntazam taşkil etib kelmoqdamiz, — deydi “Nuroniy” jamğarmasi Çinoz tumani bölimi raisi Mirsoat Mirsodiqov. — Bunday uçraşuvlarda kattalar öz hayotiy tajribalarini yoşlar bilan örtoqlaşsa, yoşlar ularning ibratli hayot yölidan xulosa çiqaradilar. Bu esa mehr-oqibat, hurmat va hamjihatlikni mustahkamlaşda muhim örin tutadi.
Bunday uçraşuvlar öz mazmun-mohiyatiga köra, avlodlar örtasidagi maʼnaviy köprik vazifasini ötamoqda. Zero, kattalarning hayotiy saboqlari, yoşlarning izlaniş va intilişlari birlaşgan joyda ezgulik, hamjihatlik va vatanparvarlik tuyğulari yanada mustahkamlanadi.
Nigora Örolova,
Toşkent viloyati.