Bugungi kunda yoş avlodni milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalaş, ularda Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat, mehnatsevarlik, masʼuliyat va ezgulik tuyğularini şakllantiriş muhim vazifalardan biridir. Bu borada hayot tajribasiga boy nuroniylarning ögitlari, ibratli hayot yöli va yoşlar bilan bevosita muloqoti alohida ahamiyat kasb etadi.

Şu maʼnoda, mahallalar, taʼlim muassasalari, mehnat jamoalari va turli taşkilotlarda ötkazilayotgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari özining mazmun-mohiyati bilan muhim maʼnaviy-tarbiyaviy ahamiyat kasb etmoqda.

Hayotning katta maktabini bosib ötgan, köpni körgan, turmuşning aççiq-çuçugini anglagan nuroniylarning  bir oğiz pand-nasihati, hayotdan kelib çiqqan xulosasi yoşlarga katta saboqdir. Yoş avlodni munosib tarbiyalaş, ularni yot ğoyalar taʼsiridan asraş, tarix, madaniyat, milliy mafkura asoslarini töğri tuşuntiriş, ularda milliy ğururni şakllantiriş alohida ahamiyatga ega.  Öz navbatida, respublikamiz böylab keksa  donişmand nuroniylar iştirokida taşkil etilayotgan “Uç avlod uçraşuvi” tadbirlari ayni maqsadga yönaltirilgan bölib, nafaqat yoşlarga töğri yöl körsatiş, nasihat qiliş fonida keçmoqda, balki hayotiy misollar vositasida tarğibot-taşviqot işlari tizimli taşkil etilmoqda.

Xorazm viloyati Xonqa tumanida ötkazilgan  maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda viloyatning turli hududlaridan kelgan nuroniylar, örta avlod vakillari hamda yoşlar iştirok etdi. Uçraşuv davomida milliy qadriyatlarni asrab-avaylaş hamda kelgusi avlodga yetkaziş, yoşlarning maʼnaviy-axloqiy tarbiyasini yuksaltiriş kabi muhim masalalar yuzasidan samimiy va mazmunli muloqot ötkazildi.

Tadbir doirasida iştirokçilar uçun “Bir piyola çoy ustida” erkin suhbat taşkil etilib, unda avlodlar örtasidagi hamjihatlik va özaro hurmat, hayotiy tajribaning yoşlar tarbiyasidagi örni haqida fikr almaşildi. Sanʼat vakillarining ijodiy çiqişlari hamda badiiy dastur tadbirga kötarinki kayfiyat va özgaça şukuh bağişladi.

Surxondaryo viloyatida ham şunday xarakterdagi tadbirlar davom etmoqda. Xususan, Boysun tumanida taşkil etilgan “Uç avlod uçraşuvi” da prokuratura tizimi faxriylari, mehnat faxriylari, tuman hokimi, prokurori va yoşlar iştirok etdilar.

Uçraşuvda yurtimizda amalga oşirilayotgan islohotlar, yoşlarga yaratilayotgan imkoniyatlarga alohida urğu berilib, yoşlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş, ularni vatanparvarlik va yurtga sadoqat ruhida tarbiyalaş masalalari xususida fikr yuritildi.

Darhaqiqat, nuroniylarning köp yillik hayotiy tajribasi, boy maʼnaviy merosi, pand-nasihat va ögitlari yoş avlodni milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat va yuksak maʼnaviyat ruhida tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi. Şu bois, yurtimizda avlodlar örtasidagi uzviylikni taʼminlaş, nuroniylarning hayotiy tajribasi va ibratini yoşlar tarbiyasiga samarali tatbiq etişga muhim vazifalardan biri sifatida qaralmoqda.

U. Eşpölatov.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan