Buxoro viloyati Ğijduvon tumani “Özanon” mahallasidagi 39-umumtaʼlim maktabida hozirgi kunda 753 öquvçi taʼlim-tarbiya olmoqda. Ularga 73 nafar birinçi va oliy toifali, yuqori malakali pedagog-xodimlar dars berişmoqda. Ayni ilm maskani reyting böyiça tumanda, viloyatda oldingi örinlarda bormoqda. Har yili maktab bitiruvçilarining 70-75 foizi mamlakatimizning nufuzli oliy öquv yurtlariga talabalikka qabul qilinmoqdalar. Maktab bitiruvçilari orasida fan nomzodlari, falsafa doktorlari, fan doktorlari, şifokor, muhandis va boşqa sohalar böyiça imtiyozli diplomlar olib, xalq xöjaligining turli sohalarida faoliyat olib borayotgan sobiq öquvçilar köpçilikni taşkil qiladi.

Jumladan, Buxoro viloyati hokimining turizm, madaniyat, moddiy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari böyiça örinbosari Botir Şahriyorov va boşqalarning faoliyatini fikrimizga yaqqol misol qiliş mumkin.

Yaqinda uşbu bilim maskanida “Nuroniy” jamğarmasi tuman bölimi, “Tarxanon” MFY “Keksalar maslahati” guruhi va tuman xalq taʼlimi nuroniylar jamoatçilik kengaşi taşabbusi bilan “Keksalar hayoti — yoşlarga ibrat” şiori ostida “Uç avlod uçraşuvi” maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri bölib ötdi.

Unda tuman xalq xöjaligining turli sohalarida fidokorona mehnat qilib, hozirgi paytda keksalik gaştini surayotgan ilm, fan, taʼlim, madaniyat sohalari vakillari iştirok etdilar.

Dastlab uzoq yillar xalq taʼlimi bölimi rahbari bölib faoliyat olib borgan fidoyi inson — xalq taʼlimi tuman bölimi nuroniylar jamoatçilik kengaşi raisi Hamid Bafoyev boşçiligida darslar kuzatilib, özaro tahlil qilindi. Darslar tugagaç, “Yoş sanʼatkorlar” tögaragi iştirokçilari tomonidan sahna körinişlari namoyiş qilinib, kuy-qöşiqlar ijro etildi.

Tadbirda Hamid Bafoyev, ayni maktabda 30 yildan ortiq vaqt davomida direktor bölib işlagan Muhammad Neʼmatov, direktor örinbosari vazifasida mehnat qilgan Negmurod Norovlar söz olib, öz tajribalari bilan örtoqlaşdilar. Şuningdek, yozuvçi, şoira, qator kitoblar muallifi Zuhra Hamroyeva özining yangi şeʼrlaridan öqib berdi.

Uçraşuv yakunida maktab rahbari Hayot Şamsiddinov yoşi uluğ ustozlarga mazkur tadbirdagi qizğin iştirok uçun ulkan minnatdorlik izhor etdi. Bu kabi tadbirlarning bardavom bölişi yoş avlod kamolotida hal qiluvçi omillardan ekanligini taʼkidladi.

Olimjon Ğaybullayev,

Buxoro viloyati.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan