Ikromxon NAJMIDDINOV,

 “Nuroniy” jamğarmasi Namangan

viloyati bölimi raisi,

senator, viloyat hokimi maslahatçisi.

Ötayotgan har bir kunimiz Vatanimizning şonli yuksaliş tarixida yorqin sahifaga aylanmoqda, desak, aslo mubolağa bölmaydi. Mamlakatimizda keçayotgan keng kölamli islohotlar, eng avvalo, inson manfaatlarini taʼminlaş va el-yurt farovonligini oşirişday ezgu maqsadlarga xizmat qilayotgani ahamiyatli.

Bugun Yangi Özbekistonimizning ulkan özgarişlar yuz berayotgan barça hududlari qatorida Namangan viloyati ham yangi taraqqiyot bosqiçiga işonç bilan qadam qöydi. Viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini töliq işga soliş hamda aholi turmuş şaroitini yaxşilaşga qaratilgan ezgu taşabbuslar sönggi ön yilda Namanganni misli körilmagan bunyodkorlik va yangilanişlar maydoniga aylantirdi.

Buning amaliy tasdiğini raqamlar ham yaqqol körsatib turibdi: sönggi ön yilda 40 mingdan ziyod yangi korxona iş boşladi, işlab çiqariş hajmi esa 6 barobarga oşişi evaziga 40 trillion sömga yetdi. Şu bois, bugungi Namangan viloyati haqida şunçaki iqtisodiy ösiş hududi emas, balki yangiça fikr, zamonaviy taşabbuslar va imkoniyatlar tutaşgan istiqbolli maskan sifatida söz yuritiş asoslidir.

Iqtisodiyot va sanoat rivojlandi

Viloyatning ayni davrdagi iqtisodiy qiyofasi tadbirkorlik uçun yaratilgan qulay imkoniyatlar va xususiy sektorning jadal kengayişi bilan çambarças boğliq. Ötgan 2025 yil yakunlariga köra, viloyat yalpi hududiy mahsuloti 85,4 trillion sömni taşkil etib, ösiş surʼati 8,2 foizga yetdi. Sanoat mahsulotlari hajmi 40,1 trillion söm, xizmatlar hajmi esa 56,3 trillion sömni taşkil qildi. Viloyatga 3,3 milliard dollar xorijiy investitsiya jalb etilib, eksport hajmi 916 million dollarga yetkazildi.

Aytib ötiş örinliki, bunday natijalarga osonlik bilan yetib kelingani yöq. Mustaqillikning dastlabki davrida davlat mulkini xususiylaştiriş jarayonidagi şoşma-şoşarlik oqibatida “Namangantöqimaçi”, “Notöqimaçi”, “Atlas” kabi yirik sanoat korxonalari bankrotlikka uçrab, köplab iş örinlari yöqotilgan edi. Işlab çiqariş hajmi keskin qisqarib, ayrim korxonalarda faoliyat butunlay töxtab qoldi. Guvohi bölganmiz, bu oğir vaziyat bir neça yillar davomida saqlanib turdi. 2016 yildan boşlab mamlakat iqtisodiyotida tub islohotlarning yangi bosqiçi boşlanişi bilan vaziyat jiddiy ravişda özgardi. Davlatimiz rahbari taşabbusi bilan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş, tadbirkorlikni har tomonlama qöllab-quvvatlaş va xususiy sektor uluşini oşirişga qaratilgan tub çora-tadbirlar Namangan iqtisodiyotiga ham yangi surʼat bağişladi.

Işlab çiqariş quvvatlari ortib, investitsiyalar oqimi jadallaşdi, eksport salohiyati esa muttasil yuksalib bormoqda. Bugungi kunda viloyatdagi 72 ta kiçik sanoat zonasida taşkil etilgan korxonalarda 75 mingta yangi iş örni yaratilgani bu jarayonlarning amaliy samaradorligidan dalolat beradi. Namangan viloyati endilikda çin maʼnoda farovonlik va taraqqiyotning zamonaviy manziliga aylandi.

Sanoat, şaharsozlik, uy-joy va yöl-transport infratuzilmasidagi özgarişlarni qiyosiy tahlillar ham tasdiqlaydi: 2000 yilda viloyatdagi 631 ta sanoat korxonasida 38,1 ming nafar işçi mehnat qilgan bölsa, bugun 4423 ta zamonaviy sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Yaʼni sanoat subʼyektlari soni qariyb 6,8 barobarga köpaydi. 2025 yilda sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 40,1 trillion sömga yetdi, sohadagi yangi iş örinlari esa 39 mingtani taşkil etdi.

Bunyodkorlik loyihalari kengaymoqda

Zamonaviy texnologiyalar asosida raqobatbardoş mahsulotlar çiqarişning yölga qöyilişi eksport imkoniyatlarini tobora kengaytirmoqda. Uy-joy qurilişi sohasida ham ulkan muvaffaqiyatlarga erişildi. Masalan, 2017 yilda viloyatda 180 xonadonli 8 ta köp qavatli uy qurilgan bölsa, 2025 yilning özida qariyb 170 ta köp qavatli turar joy barpo etilib, 8500 ta oila şinam va zamonaviy xonadonlarga ega böldi.

Bunyodkorlik işlarining kölami yildan-yilga kengayib bormoqda. Jumladan, 2026 yilda Namanganda 8 ta “Yangi Özbekiston” qiyofasidagi köçani töliq rekonstruksiya qiliş belgilangan. Uşbu loyihalarning tamal toşi nuroniylar iştirokida qöyilgani ham bunyodkorlik jarayonlari xalq bilan hamohanglikda amalga oşirilayotganining ifodasidir.

Şuningdek, yöl va köpriklarni modernizatsiya qilişga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bundan 19-20 yil avval Sirdaryo orqali Namangan va Andijonni boğlovçi köprik qurilişidagi murakkabliklar hali ham hammaning yodida. Bugun esa bir neça yildan buyon deyarli yaroqsiz holga kelib qolgan tor “Norin – Andijon” köprigi rekonstruksiya qilinib, avtomobillar qatnovi uçun tört yölakli zamonaviy köprik barpo etilmoqda.

Namanganliklarning köp yillik orzularidan biri bölgan “Pop–Namangan” avtomobil yölini kengaytiriş işlari ham xorijiy hamkorlar iştirokida boşlandi. Loyiha doirasida önlab köpriklar va yöl ötkazgiçlar qurilişi közda tutilgan. Eng muhimi, uşbu magistral yölning modernizatsiya qilinişi faqat transport qatnovini yengillaştirib qolmay, uning atrofida yangi işlab çiqariş quvvatlari, xizmat körsatiş şoxobçalari barpo etilişiga, minglab yangi iş örinlari yaratilişiga xizmat qiladi.

 Bugungi Namangan manzarasiga qarab, bir haqiqatni teran anglaş mumkin: taraqqiyot bir-biri bilan uzviy boğliq jarayonlardan taşkil topadi. Yaʼni yangi korxona yangi iş örnini, yangi yöl yangi investitsiyani, yangi uy-joy esa insonning farovon hayotini taʼminlaydi.

Qişloq xöjaligi: daromadli sohaga aylandi

Viloyatning sönggi ön yildagi taraqqiyoti haqida söz yuritganda, qişloq xöjaligidagi tub özgarişlarni tilga olmaslikning iloji yöq. Çunki namanganliklar hayoti azaldan yer, dehqon mehnati va baraka bilan çambarças boğlangan. Biroq mustaqillikning dastlabki yillarida agrar sohada şakllangan munosabatlar kutilgan samarani darhol bera olmagan edi.

Sobiq davlat va jamoa xöjaliklari örnida fermer xöjaliklari taşkil etilgan bölsa-da, ularning erkin va samarali faoliyat yuritişi uçun zarur mexanizmlar töliq şakllanmagandi. Davlat buyurtmasi, mahsulotlarni sotişdagi qatʼiy narxlar, yetiştirilgan hosilni erkin tasarruf etiş imkoniyatining çeklangani dehqonning mehnatga bölgan manfaatdorligini susaytirdi. Sohadan yetarliça xabardor bölmagan mutasaddilarning fermerlarga asossiz körsatmalar berişi ham rivojlanişga salbiy taʼsir körsatdi, oqibatda paxta va ğalla hosildorligi pastligiça qoldi.

Muhtaram Prezidentimizning saʼy-harakatlari bilan sönggi ön yillikda amalga oşirilgan tub islohotlar agrar sohadagi eski yondaşuvlarni mutlaqo özgartirdi. Eng muhimi, mahsulot yetiştiruvçining manfaati ustuvor mezonga aylandi. Bozor munosabatlari asosida erkinliklar kengaydi, davlat buyurtmasi bosqiçma-bosqiç bekor qilindi.

Ekin maydonlarini joylaştiriş, mahsulotni bozor talabidan kelib çiqib sotiş imkoniyati yaratildi. Natijada 2016 yilda viloyatda paxta hosildorligi gektariga 21,7 sentnerni taşkil etgan bölsa, 2025 yilga kelib bu körsatkiç 45,8 sentnerga yetdi, yaʼni hosildorlik 2,1 barobarga oşdi. Şu davrda ğalla hosildorligi ham 118,1 foizga ösib, 2025 yilda har gektardan örtaça 64,5 sentner hosil olindi.

Bugun dalalarimizda ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar va xorij tajribasidan foydalaniş odatiy holga aylanmoqda. Xususan, ayrim xöjaliklarda plyonka ostida qöş qatorlab, xitoy usulida paxta yetiştiriş yölga qöyilib, gektaridan 75-80 sentnergaça hosil oliş imkoniyati yaratilmoqda.

Agrar islohotlar samarasi çorvaçilikda ham yaqqol namoyon bölmoqda. Ilgari çorvaçilik köp hollarda zarar bilan işlagan va mahsuldorlik past bölgan. 2016 yildan esa sohada iqtisodiy munosabatlarni yangilaşga keng yöl oçildi. Ozuqa bazasini mustahkamlaş, ixtisoslaşgan çorvaçilik xöjaliklarini taşkil etiş, xorijdan zotdor çorva hayvonlarini olib keliş hamda parrandaçilik, baliqçilik va asalariçilikni jadal rivojlantiriş çoralari körildi.

Yaratilgan imkoniyatlar nafaqat yirik xöjaliklarda, balki oddiy xonadonlarda ham daromad manbalarining köpayişiga xizmat qilmoqda. Masalan, Namangan şahridagi “Diyor” mahallasida yaşovçi Ölmas Nuriddinovlar oilasi bor-yöği 3 sotix hovlida 2 boş soğin sigir va 6 boş qöy parvarişlab, sut mahsulotlari sotiş orqali kuniga 60-300 ming sömgaça daromad olmoqda. Yangi Namangan tumani “Furqat” mahallasida yaşovçi Ahmadjon Abduqahharov esa xonadonida 600 boş “Araşan” zotli qöy boqib, daromad topiş bilan birga, qöşnilariga ham naslli çorva yetkazib bermoqda.

Bu kabi ibratli misollar viloyatda juda köp. Eng muhimi, dehqon va çorvador öz mehnati mahsulini körib, faoliyatini kengaytirmoqda, bu esa sohani daromadli va istiqbolli tadbirkorlik yönalişiga aylantirmoqda.

 Obodlik har bir inson hayotiga kirib bordi

Sönggi yillarda aholini munosib va zamonaviy turar joylar bilan taʼminlaş borasida ham mutlaqo yangi tizim şakllandi. Ilm-fan yutuqlari va zamonaviy texnologiyalarning joriy etilişi natijasida viloyatda zamonaviy quriliş industriyasi qad kötardi.

Viloyatga bir neça yil rahbarlik qilgan inson sifatida yaxşi eslayman: avvallari uy-joyga muhtoj, yolğiz yoki boşpanasiz qolgan oilalarni turar joy bilan taʼminlaş juda katta muammo edi. Baʼzan ularni vaqtinça eski dala şiyponlari yoki masjid binolariga joylaştirişga töğri kelardi. Bugun esa bu manzara tubdan özgardi. Bunday toifadagi fuqarolar uçun ham zamonaviy va şinam xonadonlar barpo etilib, ularga munosib turmuş şaroiti yaratilmoqda. Yangi Özbekistonning zamonaviy va obod manzarasi şakllanmoqda.

Viloyatda xizmat körsatiş sohasini rivojlantirişga ham alohida eʼtibor qaratilib, şahar va tumanlarda zamonaviy xizmat körsatiş maskanlari, savdo va köngiloçar obʼyektlar, aholi uçun qulay muhit barpo etilmoqda. Bugun odamlarning orzu va maqsadlari ham kengaymoqda. Madaniy dam oliş, tabiat qöynida hordiq çiqariş va oilaviy sayohatlarga çiqiş istagi tobora kuçaymoqda.

Tabiiyki, bu borada turizmni rivojlantiriş muhim ahamiyatga ega. Viloyatning imkoniyatlaridan samarali foydalaniş maqsadida Nanay, Kosonsoy, Çortoq, Çust va Pop tumanlarida zamonaviy turizm majmualari barpo etilmoqda. Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek, mamlakat taraqqiyotining eng muhim omili — çuqur bilim, zamonaviy tafakkur va ilm-fan yutuqlaridir.

Ayniqsa, yoşlarga taʼlim oliş uçun yaratilayotgan imkoniyatlar bu boradagi özgarişlarning eng yorqin ifodasidir. Viloyatimizdagi oliy taʼlim muassasalari soni sönggi yillarda 3 tadan 9 taga yetkazildi, nufuzli xorijiy oliygohlar filiallari oçildi. Bu raqamlar ortida minglab yoşlarning taqdiri va porloq kelajagi mujassam. Taʼkidlaş joizki, inson salomatligini asraş va sifatli tibbiy xizmat körsatiş borasidagi islohotlar ham öz amaliy natijasini bermoqda.

Yaqin yillar içida viloyatda ilğor texnologiyalarga ega önga yaqin ixtisoslaştirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari taşkil etildi. Tibbiyot muassasalari jahon andozalariga mos jihozlandi. Bu orqali bemorlarga körsatilayotgan tibbiy xizmatning sifati va imkoniyatlari kengaymoqda.  Ilgari respublika markazi yoki xorijda bajarilgan murakkab jarrohlik amaliyotlarining endilikda viloyatning özida ötkazilayotgani — Yangi Özbekistonda inson salomatligi va qadri eng yuksak mezonga aylanayotganining amaliy ifodasidir.

Investitsiya muhiti şakllandi

Viloyat iqtisodiyotining jadal rivojlanişida xorijiy sarmoyalarni jalb etiş muhim örin tutadi. 2016 yilgaça investorlar manfaatlarini himoya qiladigan mustahkam kafolatlar tizimi mavjud emas edi. Keyingi yillarda esa investorlar uçun qulay muhit yaratiş, valyuta munosabatlarini erkinlaştiriş va tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş böyiça taşlangan dadil qadamlar sarmoyalar oqimini keskin oşirdi.

Bugun xorijiy sarmoya iştirokida yangi korxonalar, zamonaviy işlab çiqariş quvvatlari taşkil etilmoqda. Xorijiy investitsiyalarni mamlakatga kirib kelayotgan mablağ sifatida baholaş kamlik qiladi. U bilan birga, yangi texnologiya, zamonaviy boşqaruv tajribasi, yangi kasb va könikmalar, yangi bozorlar va yangi imkoniyatlar ham kirib keldi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimiz hayotida röy bergan eng muhim özgarişlardan biri — iqtisodiyotni modernizatsiya qiliş, investitsiya muhitini yaxşilaş va aholi farovonligini oşirişga qaratilgan islohotlardir. Bu jarayonning dastlabki bosqiçlari oson keçmagani, ayniqsa, iqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş bilan boğliq qator muammolar mavjud bölgani hayotiy tajribadan maʼlum. Öşa davrlarning murakkab manzarasiga özim guvoh bölganman. Öşa murakkab davrlarga özim ham guvoh bölganman. Öşa davrda rahbarlarning asosiy eʼtibori byudjet daromadlari, soliq tuşumlari, iş haqi va pensiyalarni moliyalaştiriş kabi kundalik muammolarga qaratilgan edi. Iş haqi va pensiyalarning oylab keçiktirilişi, işlayotgan pensionerlarga pensiyasining yarmi tölanişi kabi holatlar aholiga jiddiy qiyinçilik tuğdirgan. Plastik kartalar joriy etilgan dastlabki davrda bankomatlar va tölov terminallarining yetişmasligi ham köplab noqulayliklarni keltirib çiqargan edi.

Bugun esa ana şu murakkab davrlardan tubdan farq qiladigan yangi iqtisodiy muhit şakllandi.Ötgan yillarga nazar taşlasak, elektr taʼminotidagi uzilişlar ham odamlar hayotiga salbiy taʼsir körsatganini köramiz. Bundan 7-8 yil avval çiroq kuniga bir neça bor, baʼzan kunlab öçib qolardi. Bugun esa energetika tizimida yangi quvvatlar barpo etilib, GES va TESlar rivojlantirilmoqda, quyoş va şamol kabi muqobil energiya manbalaridan foydalaniş kengaymoqda. Eng muhimi, aholi orasida energiya tejamkorligi madaniyati şakllanmoqda.

Tinçlik va yaxşi qöşniçilik — istiqbol garovi

Mamlakat taraqqiyotini qöşni davlatlar bilan döstona munosabatlarsiz tasavvur etib bölmaydi. Ayniqsa, Markaziy Osiyo davlatlari örtasidagi aloqalarning yangi bosqiçga kötarilişi çegara hududlarida yaşayotgan aholi hayotida yaqqol sezilmoqda. Bir vaqtlar çegaradan ötişda murakkabliklar bor edi, bugun esa qarindoşlik va qöşniçilik riştalari yanada mustahkamlandi. Zero, tinçlik va yaxşi qöşniçilik bor joyda işonç, investitsiya, hamkorlik va taraqqiyot böladi. Bugun Namanganga xorijiy hamkorlar qiziqişining ortişi ham ana şu barqarorlik samarasidir.

Yaqinda davlatimiz rahbariga Namangan viloyatini joriy yilda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yanada jadal rivojlantirişga qaratilgan ustuvor loyihalar taqdim etildi va aniq vazifalar belgilab berildi. Işonç bilan aytiş mumkinki, bugungi yutuqlar — bosib ötilgan yölning yakuni emas, balki yangi marralar sari taşlangan dadil qadamlardir.

Yuqoridagilar taraqqiyot evrilişlarining birgina Namangandagi bilganimiz va körganimiz sarhisobi. Anglaş qiyin emaski, boşqa hududlarda ham bu kabi obodonçilik va bunyodkorlik, farovonlik omillari çandon yuksalmoqda. Biz esa erişilgan natijalar bilan çeklanib qolmasdan, ana şu ezgu özgarişlarning faol iştirokçisiga aylanişimiz, yagona Vatan, yagona xalq bölib, farovon kelajagimizni öz qölimiz bilan barpo etişimiz zarur.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan