31 avgust — Qatağon qurbonlarini yod etiş kuni

Yurtimizda har yili 31 avgust sanasida Qatağon qurbonlarining pok ruhlari yod etiladi. Uşbu sana sovet mustabid tuzumi davrida siyosiy qatağon qurboni bölgan minglab vatandoşlar xotirasini abadiylaştiriş maqsadida joriy etilgan. XIX asr oxiri va XX asrning birinçi yarmida Turkiston ölkasida, ayniqsa, sovet hokimiyati davrida keng kölamli siyosiy qatağonlar amalga oşirilgan. Jadidlar, davlat arboblari, olimlar, yozuvçilar, şoirlar, din arboblari hamda milliy istiqlol ğoyalarini ilgari surgan minglab insonlar taʼqib qilindi, qamoqqa taşlandi, surgun qilindi yoki qatl etildi. 1937-1938 yillardagi ommaviy repressiyalar qatağon siyosatining eng oğir bosqiçi hisoblanadi.

Özbekiston mustaqillikka erişgaç, tarixiy adolatni tiklaş va qatağon qurbonlari xotirasini abadiylaştirişga alohida eʼtibor qaratildi.  2002 yil 31 avgustda Toşkent şahri Yunusobod tumanida taşkil etilgan “Şahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasi hududida ozodlik va mustaqillik uçun kuraşgan fidoyilar xotirasini yod etiş maqsadida “Qatağon qurbonlari xotirasi” muzeyi oçildi.

Raqamlarga töxtaladigan bölsak, 1937-1953 yillarda Özbekistonda 100 ming odam qatağonga uçragan. Ularning 13 ming nafari şafqatsiz otib taşlangan. Qançadan-qança oilalar xonavayron bölib, bolalar yetim qolgan. Birgina 1937-1938 yillardagi katta qatağon davrida 7 mingga yaqin vatandoşimiz otilgan.

Har yili 31 avgust kuni respublika böylab xotira tadbirlari, ilmiy-amaliy konferensiyalar, davra suhbatlari va maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar ötkaziladi. Asosiy tadbirlar Toşkent şahridagi “Şahidlar xotirasi” yodgorlik majmuasida taşkil etiladi. Bu yerda davlat va jamoat arboblari, olimlar, talabalar hamda keng jamoatçilik vakillari qatağon qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltiradilar.

Ayniqsa sönggi ön yillikda qatağon qurbonlarining xotirasini yod etiş borasida öziga xos taşabbuslar amalga oşirib kelinmoqda. Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 19 iyuldagi  “Siyosiy qatağon qurboni bölgan yurtdoşlarimiz hayoti va faoliyatini örganiş, tarğib etiş hamda ularning xotirasini abadiylaştiriş borasidagi işlarni kengaytiriş töğrisida”gi 270-sonli qarori şular jumlasidandir.

Hozirgi murakkab va tahlikali davrda mustaqilligimizni har tomonlama mustahkamlaş, tariximizning nomaʼlum sahifalarini tiklaş va ilmiy nuqtai nazardan çuqur örganiş, inson, uning huquq va erkinliklarini oliy qadriyat sifatida eʼtirof etiş, şu asosda yurtdoşlarimiz, ayniqsa, yoş avlodning Vatan taqdiri va kelajagiga daxldorlik tuyğusini, fuqarolik pozitsiyasini kuçaytiriş, ularni bugungi tinç, erkin va ozod hayotning qadriga yetiş ruhida tarbiyalaş maqsadida, Siyosiy qatağon qurboni bölgan yurtdoşlarimizning hayoti va faoliyatini örganiş hamda ularning xotirasini abadiylaştiriş işlarini muvofiqlaştiriş böyiça respublika komissiyasi  taşkil etildi. Mazkur komissiyaning zimmasiga qatağon qurboni bölgan şaxslarning hayoti va faoliyatini örganiş, ularni nomma-nom aniqlaş, tarixiy xizmatlari haqidagi maʼlumotlarni, arxiv va muzeylar, kutubxonalar va turli fondlarda saqlanayotgan hujjatlarni töplaş va tadqiq etiş, ommalaştiriş uçun işçi guruhlar faoliyatini taşkil etiş; qatağon qurbonlarining avlodlari va yaqinlari, öşa davr voqealariga guvoh bölgan insonlarning xotiralarini yozib oliş, oilaviy arxiv va kutubxonalarda saqlanayotgan tarixiy manbalarni, noyob suratlarni töplaş böyiça işlarni muvofiqlaştiriş va yana qator vazifalar yuklandi.

Respublika komissiyasining işçi organi etib, Mudofaa vazirligining umumiy rahbarligida Qatağon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi, Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatçilik kengaşi, Özbekiston Respublikasi Harbiy xavfsizlik va mudofaa universiteti, “Ğalaba boği” yodgorlik majmuasi, “Şon-şaraf” davlat muzeyi masʼul xodimlari va yetakçi mutaxassislaridan iborat guruh belgilandi.

Mazkur qarorga köra, har yili oktyabr oyining birinçi haftasi mamlakatimizda “Siyosiy qatağon qurbonlarini yod etiş haftaligi” sifatida nişonlanmoqda. Qatağon qurbonlari, jumladan, jadidlik harakati namoyandalarining ibratli hayoti va faoliyatini xalqimiz, ayniqsa, yoşlar orasida yanada keng tarğib etiş maqsadida, “Nuroniy” jamğarmasi, Özbekiston mahallalari uyuşmasi “Şahidlar xotirasi” jamoat fondi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Yoşlar işlari agentligi hamkorligida xalqimizning mustaqillikka erişiş yölidagi köp asrlik mardona kuraşi, bu yölda siyosiy qatağonga uçragan yurtdoşlarimizning hayoti va faoliyati hamda ularning xotirasiga bağişlangan maʼnaviy-maʼrifiy tarğibot tadbirlari, davra suhbatlari, taʼlim muassasalari va mahallalarda uç avlod uçraşuvlari taşkil etilmoqda.

Qatağon qurbonlarining hayoti va faoliyatiga doir çet ellardagi mavjud manbalarni izlab topiş hamda örganişda xorijdagi ilmiy-tadqiqot markazlari, nufuzli universitet va fondlar hamda soha mutaxassislari bilan yaqindan hamkorlik işlari yölga qöyilib, bu borada qator natijalarga erişib kelinmoqda. Olib borilayotgan amaliy saʼy-harakatlar jarayonida şaxsiy va oilaviy arxivlarda saqlab kelinayotgan qatağon qurbonlari faoliyatiga bevosita daxldor bölgan qölyozma, kitob, surat va buyum şaklidagi tarixiy-madaniy aşyolarning davlat muzeylari fondlariga qabul qilib oliş bilan boğliq taşabbuslarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Xulosa qiliş mumkinki, xalqimiz hurligi, farovonligi hamda taraqqiyoti yölida öz jonini fido etgan ajdodlarimizning xotirasi  qalblarimizda mangu yaşaydi. Yurtboşimiz taʼkidlaganlaridek, “Eng katta maktab, eng katta tarbiya — tarixning özi. Yoşlarimiz tariximizni yaxşi bilişi, boşqalardan emas, özimizning bobolarimizdan namuna olişi kerak. Buning asosini mukammal qilib, yoşlarga munosib tilda, qiziqarli tarzda, ijtimoiy tarmoqlar orqali yetkaziş, jamiyatga singdiriş zarur. Yoş avlodni şu ruhda tarbiyalasak, öz tanlagan yölimizdan qatʼiy bora olamiz”.

Şunday ekan, har bir işda ajdodlarimizning dono ögitlariga amal qilib, ularning pok ruhlarini yod etgan holda, zimmamizdagi vazifalarimizni ado etişga sidqidildan kirişişimiz lozim. Şundagina közlagan maqsadlarimizga erişamiz, orzularimiz ijobatga aylanadi. “Tilda, fikrda, işda birlik”  ğoyasi biz uçun dasturilamal bölmoği darkor. Zero, ötganlarning xotirasi hamişa porloq, ularning qoldirgan merosi esa biz uçun mangu yölçiroqdir.

U. Eşpölatov.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan