16 sentyabr — Xalqaro ozon qatlamini himoya qiliş kuni 

Mazkur sana BMT tomonidan 1994 yilda joriy etilgan bölib, insoniyatning tabiat oldidagi katta masʼuliyatini eslatib turadi.

Ozon qatlami — Yer atmosferasining stratosfera qismida joylaşgan bölib, u Yerni quyoşning zararli ultrabinafşa nurlaridan muhofaza qiladi. Agar bu nurlar yer yuziga erkin yetib kelsa, inson salomatligiga, hayvonot va ösimlik dunyosiga hamda okeanlar ekotizimiga katta zarar yetadi.

Ozon qatlami insoniyat uçun tabiiy qalqondir. Uşbu qalqonning şikastlanişi:

— teri saratoni (melanoma)ning ortişi;

— köz kasalliklari (katarakta);

— immun tizimining susayişi;

— qişloq xöjaligi mahsulotlari hosildorligining pasayişi;

—    biologik turlar sonining kamayişiga olib kelişi mumkin.

1987 yilda 46 ta davlat Monreal Protokolini imzolab, ozon qatlamini muhofaza qiliş uçun birgalikda harakat qilişga kelişib olgan. Uşbu protokolga muvofiq, davlatlar ozonga zararli moddalar işlab çiqariş va ulardan foydalanişni bosqiçma-bosqiç töxtatişga kirişgan. Bugungi kunda bu hujjatni 190 dan ortiq davlat imzolagan — bu uni insoniyat tarixidagi eng keng qamrovli va samarali ekologik kelişuvlardan biriga aylantiradi.

BMT maʼlumotlariga köra, agar Monreal Protokoli amalda bölmaganida, 2050 yilga kelib, ultrabinafşa nurlar taʼsiri ikki barobarga oşardi va milliardlab insonning salomatligiga salbiy taʼsir körsatar edi.

Özbekiston ham Monreal Protokoli va uning ilovalarini ratifikatsiya qilgan davlatlardan biri sifatida, ozon qatlamini muhofaza qilişga oid bir qator çora-tadbirlarni amalga oşirmoqda. Mamlakatda:

Ozonga zararli moddalar importi va eksporti qatʼiy tartibga solingan;

— maxsus laboratoriya va kuzatuv stansiyalarida atmosfera nazorati olib boriladi;

— muhandislik va texnik taʼlim sohasida ekologik taʼlim kuçaytirilmoqda;

Ozon qatlamini muhofaza qiliş böyiça aholi örtasida tuşuntiriş işlari olib borilmoqda.

Unutmaslik kerakki, eski sovutkiç va konditsionerlarni qoidalarga muvofiq yöqotiş, tabiatga zararsiz mahsulotlardan foydalaniş, ekologik odatlarni kundalik hayot tarziga aylantiriş har birimizning    zimmamizdagi muhim vazifalardan hisoblanadi.

Ozon qatlami közimizga körinmasa-da, hayotimiz uçun beqiyos ahamiyatga ega. Uni muhofaza qiliş — faqat olimlar yoki davlatlar emas, balki har bir insonning şaxsiy masʼuliyati hisoblanadi.

Xavfsiz va farovon hayot sari intilar ekanmiz, birinçi galda tabiatni asraş borasidagi muqaddas burçimizni aslo yoddan çiqarmasligimiz lozim.

Internet materiallari asosida tayyorlandi.

By Behzod

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan