Mustaqilligimizning 35 yillik bayrami arafasida Surxondaryo viloyati Denov tumanida ham keksa nuroniylarimizga eʼtibor va ehtirom körsatilmoqda.
Jumladan, “Nuroniy” jamğarmasi Denov tumani bölimi raisi Azamat Xolmatov va bir guruh nuroniylar “Özgariş” mahallasida istiqomat qiluvçi 100 yoşdan oşgan Qurbonoy momo xonadoniga taşrif buyurdilar.
Uçraşuv davomida Qurbonoy momoning xalqimiz manfaatlari yölidagi uzoq yillik mehnatlari, fidoyiligi alohida eʼtirof etilib, bayram munosabati bilan samimiy qutlandi va momoga bayram sovğalari topşirildi.
Öz navbatida, xonadon fariştasi bölgan tabarruk momo mamlakatimizda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar, ayniqsa, keksa avlod vakillariga qaratilayotgan yuksak eʼtibor va ğamxörlik uçun minnatdorlik izhor etdi. Yurtimiz tinçligi, xalqimiz farovonligi hamda Vatanimiz ravnaqini sörab, duolar qildi.
Zulxiya jÖrayeva,
“Nuroniy” jamğarmasi
Denov tumani bölimi mutaxassisi.